Chqbt fani dasturining umumharbiy tayyorgarlik bo'limidagi ommaviy qirg'in qurollardan himoyalanish mavzularidagi mashg'ulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasi mundarija
Asabni fallajlovchi zaharli moddalar
Download 0.6 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terini zaharlovchi xususiyatli qurollar
Asabni fallajlovchi zaharli moddalar.
Bu guruhga fosfor-organik zaharli moddalar kiradi: zarin, zoman, Vi-iks. Ularning hammasi rangsiz, xidsiz suyuqpiklar bo’lib, bir-biridan uchuvchanligi, turg’unligi va zaharliligi bilan farqlanadi. Bu xususiyatlar ularning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari turlicha bo’lishligidadir. Lekin bu guruhga kiruvchi qurollarning hammasi bir umumiy ta’sir xususiyatiga ega. Ya’ni ular organizmga kirganda fermentlarni o’ldirib, hamma asab impulslarini ingibirlaydi, ya’ni sekinlatib, to’xtatiladi va natijada zaharlanish yuz berib, organizm fallajlanadi. Zarin - uchuvchan, zaharli modda hisoblanib, zichligi 1.1, qaynash harorati 158°S, muzlash harorati esa -5-6°S. U suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Zarin kuchli zaharlovchi modda bo’lib, uning o’rtacha o’ldirish dozasi 0.10 mg/l (1 daqiqa ichida). Uning par holdagisi kuchli ta’sir etadi, ayniqsa, ko’z qorachig’ini tez kichraytirib yuboradi. Zarindan zaharlanishning belgilari: mioz, nafas olishning og’irlashuvi, ko’krak qafasining og’rishi. Vi-iks - yomon uchuvchan, suvda yomon, ammo organik erituvchilarda yaxshi eriydigan, zaharli modda xlsoblanadi.Uning zichligi 1.1, qaynash harorati esa 300°S, muzlash harorati 50°S. Vi-iks tarqalgan joylarda turg’unligi: yozda - bir haftagacha, qishda esa bir oy va undan ko’p. Uning kuchli ta’siri aerozol holda kuzatiladi. Vi-iks nafas yo’llari, teri, kiyim-kechaklar orqali ham ta’sir etib, odamlarni kuchli zaharlaydi. Vi-iksning o’ldirish dozasi 1 daqiqada 0,01 mg/l, teri orqali ta’sir etganda 7 mg/l. ni tashkil etadi. Zoman - xossalari jihatidan zarin bilan Vi-iksni oralig’idagi o’rinni egallab, suvda yomon eriydigan zaharli modda. Zaharliligi zarindan 5 marta kuchli, lekin Vi-iksdan kuchsiz hisoblanadi. Terini zaharlovchi xususiyatli qurollarguruhiga kiruvchi moddalar par va aerozol holda ishlatilib, ular asosan teri va nafas yo’llari orqali ta’sir etadi. Bu guruhning tipik vakili iprit rangsiz, moysimon suyuqlik bo’lib, organik erituvchilarda yaxshi, ammo suvda yomon eriydi. Iprit har-xil g’ovak materiallarga, lak, moy qoplamalariga, rezina mahsulotlariga yaxshi yutilib, ulardan chiqib ketishi juda qiyin. Ipritning zichligi 1.3, qaynash harorati 217°S ga teng. Iprit bilan zaharlangan uchastkalardan uning uchib ketishi sekinlik bilan boradi. SHu sababdan u turg’un zaharli modda hisoblanadi: ya’ni yozda 7-14 kungacha, qishda bir oy va undan yuqori muddatlarda saqlanib turadi. Uning kuchli ta’siri tomchi holda kuzatiladi. Iprit - teri, ko’z, nafas organlari hamda oshqozonichak yo’llarini zaharlaydi. Uning o’rtacha o’ddirish dozasi nafas yo’li orqali ta’sir etganda 1,3 mg/l teri orqali ta’sir etganda 5 mg/l. ga teng. Iprit ta’sirining belgilari: ikki-olti soat ichida terilar qizaradi, 24 soatdan keyin puffakchalar hosil bo’ladi, 2-3 sutkadan keyin esa ular yoriladi. Ipritning antidoti yo’q. XULOSA Davlatimiz mamlakat Mudofaa qobiliyatini kelgusida mustaxkamlash xaqida doimiy g'amxo‘rlik ko‘rsatib, qurolli Kuchlar qudratini oshirish va xalq va avvalom bor butun yoshni o‘z Vatanini himoya qilishga tayyorlash uchun barcha kerakli choralarni ko‘rishiga o‘qituvchi e’tiborini qaratishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Konstitutsiyada yozilganki, Vatan himoyasi davlat eng muxim vazifalariga kiradi, butun xalq ishi xisoblanadi, va bu maqsadda qurolli kuchlar yaratilgan va umumiy xarbiy majburiyat o‘rgatilgan. SHuningdek unda Vatan himoyasi — xar bir fuqaro burchi va qK safida xarbiy xizmat uning faxriy majburiyati ekanligi xaqida gapirilgan. SHu talablardan kelib chiqib, bosh vazifalardan biriga Vatanni himoya qilishga tayyorgarlikni yosh avlodda tarbiyalash kiradi. Bu maqsad uchun yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash xizmat qilishga chaqirilgan. CHaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash sifati uning tarbiyaviy axamiyati xarbiy rahbar pedagogik malakasi va xarbiy darajasi, uning g‘oyaviy-siyosiy yotukligi, uslubiy maxorati xamda o‘quv yurti direktori va butun pedagogik jamoaga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. O‘quv yurtlarida chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash mashg‘ulotlarini tashkillash va o‘tkazishning asosiy talablari. CHaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash bo‘yicha boshqaruv xujjatlar talablariga ko‘ra o‘quv yurti direktori mashg‘ulot o‘tishi va o‘quvchilar tomonidan o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirish sifatini nazorat qiladi xamda o‘quv kurash soni xisobini va texnik kichik kalibrli miltiq yoki uning o‘qlari xolatini nazorat qiladi. Mashg‘ulotlar tekshiruvi xarbiy raxbar-ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordami bilan nazorat vazifalarini mujassam qilishi kerak. Ular shunday xisob bilan rejalashtiriladiki, o‘quv yili davomida ta’lim dasturi barcha bo‘limlari, ayniqsa tashkiliy munosabatda eng muxim va murakkab mavzular bo‘yicha (masalan: «Soldatning jangdagi xarakati», «Siljimaydigan nishon bo‘yicha avtomatdan o‘q otishni olib borish», «Avtomat qism va mexanizatsiyalari ishlarini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar», «Rota bo‘yicha navbatchi mashg‘ulotlari», «Soqchi majburiyatlari», «Usullar tuzilishi va qurolsiz xarakatlar») tuzilsin. Direktor (uning topshirii bo‘yicha xarbiy raxbar) savollar beradi, amaliy xarakat-larni bajarib berilganini so‘raydi. Agar mashg‘ulotda bir qancha o‘quv joylar (masalan: mavzuga ko‘ra uchta o‘q ochish tayyorgarligi) tashkil qilingan bo‘lsa, direktor o‘quvchilar topshiriini xar biri ustida ishlab chiqadigan savollar bo‘yicha tekshirib chiqadi. Savolga javob yoki xarakatni amaliy bajarilishi baxolanadi. Nazorat topshiriqning eng samarali va maqsadga yo‘naltirilgan shakli - bu o‘quv yurti direktori o‘tilgan mavzulardan birini darsdan tashqari vaqtda o‘tishi mumkin (o‘quv yurti oxirida, o‘q ochish tayyorgarligi bo‘yicha kichik kalibrli miltiq va avtomatdan o‘q otish tayyorlov mashqlarini bajarishdan oldin taktik tayyorgarlik bo‘yicha dala mashg‘ulotlariga chiqishdan oldin). o‘quvchilar tomonidan o‘zini tutish, murojaat va forma. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling