Chqbt fani dasturining umumharbiy tayyorgarlik bo'limidagi ommaviy qirg'in qurollardan himoyalanish mavzularidagi mashg'ulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasi mundarija


II BOB. OMMAVIY QIRG'IN QUROLLARDAN HIMOYALANISH MAVZULARIDAGI MASHG'ULOTLARNI TASHKIL ETISH


Download 0.6 Mb.
bet10/15
Sana23.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1224811
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
II BOB. OMMAVIY QIRG'IN QUROLLARDAN HIMOYALANISH MAVZULARIDAGI MASHG'ULOTLARNI TASHKIL ETISH
2.1.Ommaviy qirg‘in qurollarining turlari va ularning tavsifi.
Qirg’in qurollar deganda juda katta miqiyosda vayronagarchilik va yo’q qilish uchun mo’ljallangan qurollar tushuniladi. Bunday qurollar qatoriga yadroviy, kimyoviy, biologik, nurli va boshqa qurollar kiradi.
Qirg’in qurollar nafaqat insoniyatni, balki atrof-muhitni, inshootlarni, kiyim-kechaklarni, moddiy boyliklarni shikastlantiradi. Bunda albatta, zararlanish darajasi, qirg’in qurollarining turiga, xususiyatlariga bog’liq. Jumladan, yadroviy qurollar tirik mavjudotlarni ham, jamiki inshootlar, texnikalarni qattiq shikastlantiradi.
Kimyoviy qurollar ta’sir etgan jamiki mavjudotlar, narsalar zaharlanib, oldingi holatiga qaytarib bo’lmaydigan darajaga tushib qoladi, ya’ni zaharlanadi.
Biologik qurollar orqali asosan tirik mavjudotlarda o’tkir yuqumli kasalliklar tarqatish orqali qo’yilgan maqsadga erishiladi.
Keyingi paytda NATO armiyasida, Rossiya qurolli kuchlari tarkibida nurli qurollar yaratildiki, bular ham qo’llanilganda insoniyatga, atrof-muhitga, inshootlarga, harbiy texnikalarga katta zarar yetkaziladi. Nurli qurollarning ta’sir etish xususiyati termomexanik ta’sirga asoslangan, ya’ni nurlar dastasi nishonga urilganda, u suyuladi yoki parlanadi (bunda nishonning suyulish haroratiga qarab o’zgaradi).
Nurli qurolning shunday xususiyatidan foydalanib, dushmanning harbiy texnikalari, qurollari yaroqsiz holatga keltiriladi. Qurolni odamlarga, atrof-muhitga ta’siri ham termomexanik tarzda ta’sir etadi. Bunday qurollar ayrim davlatlarda sinab ko’rilgan. Jumladan, Xitoy sobiq SSSR chegarasi Xasan ko’li mojarasida bunday quroldan foydalanganligi ma’lum. Nurli qurollarning tipik vakili bu yuqori chastotali oq nurlar dastasi - lazer nuri hisoblanadi.
Yadroviy qurollar va ularning xususiyatlari.
Yadroviy aslahalar keng miqiyosda odamlarni, sanoat va turar-joy markazlarini yo’q qilish, inshootlarni, texnikalarni ishdan chiqarish uchun mo’ljallangan.
Yadroviy qurollar: yadro zaryadidan, qurolni nishonga yo’naltiruvchi qismdan va qurolni boshqaradigan qismdan tashkil topgan. Yadroviy aslahalar turli xil ko’rinishlarda: bomba, mina, snaryad, raketa va torpedalarning jangovar qismi va boshqa ko’rinishlarda tayyorlanadi.
Yadroviy qurollarning ishlashi zanjirli reaktsiya natijasida (termoyaro reaktsiyasi asosida parchalanadigan og’ir yadrolar va yengil yadrolar, vodorod va boshqa element izotoplarining hosil bo’lishi) hosil bo’ladigan ichki yadroviy energiyalarning hisobiga amalga oshadi. Yadroviy qurollarning kuchi trotil ekvivalenti bilan o’lchanadi. Bu degan so’z oddiy portlovchi modda trotil (trinitrotoluol) portlaganda ajraladigan energiya miqdori o’sha portlovchi moddaning portlash kuchiga ekvivalentdir. Totil ekvivalenti tonna (t), kilotonna (kt) va mega tonna (mt) bilan o’lchanadi.
Yadro qurolidagi portlovchi moddaning quvvatiga qarab juda kichik (quvvati 1 kt.gacha), kichik (1-10 kt), o’rtacha (10-100 yet) katta (100 kg-1 mt) va juda katta
(1 Mt. dan yuqori) turlariga bo’linadi. Yaroviy qurollarning vayronagarchilik darajasi qurolning turiga, quvvatiga, joylashgan o’rniga, portlash sharoitiga inshootlarning himoyalanish darajasiga qarab va boshqa sabablar bilan aniqlanadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling