Chqbt fani dasturining umumharbiy tayyorgarlik bo'limidagi ommaviy qirg'in qurollardan himoyalanish mavzularidagi mashg'ulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasi mundarija


Download 0.6 Mb.
bet13/15
Sana23.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1224811
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Nurlanish dozasibir birlik nurlanayotgan muhitni yutgan ionlantiruvchi nurlar energiyasi miqdoriga teng va kl/kg, rentgen va greylarda o’lchanadi.
Radiatsiya faktorining ta’siri ionlantirish xususiyatiga ega bo’lganligidan nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi.
I-darajali nurlanish kasalligi 100-200 rad nur olganda kuzatilib, bunda holsizlanish, og’ir bo’lib ketish, bosh aylanishi, harorat ko’tarilishi alomatlari kuzatiladi.
II-darajali nurlanish kasalligi 200-400 rad nur olganda paydo bo’lib, bunda bosh og’rib, aylanadi, asab tizimlari buziladi, tez-tez qusish, ich ketish kuzatiladi va qondagi leykotsitlar miqdori 2 marta kamayib ketadi.
II-darajali nurlanish kasali 400-600 rad nur olganda kuzatilib, bunda kuchli bosh og’rig’i, qusish, hushdan ketish, qon siyish, terilar qizarib, qondagi leykotsit, eritrotsitlar miqdori kamayishi kuzatiladi. Bu holda o’z vaqtida tuzatish omillari bajarilganda inson 3-6 oydan keyingina tuzalishi mumkin.
IV-darajali nurlanish 600 rad. olganda kuzatilib, bunda kasallik juda og’ir kechib, o’lim bilan yakunlanadi.
Nurlanish kasalligiga uchragan odamlarda infektsiyaga qarshilik ko’rsatish (immunitet) keskin kamayib, to’qimalarni kislorodga to’yinmaganligi hamda qonni ivimaslik xususiyatlari paydo bo’ladi.
Radiatsiya nurlaridan ishonchli saqlaydigan vosita - bu himoya inshootlari hisoblanadi. Himoya inshootlari gamma nurlarini turli darajada susaytiradi, chunki ular turli xil materiallardan qurilgan bo’ladi. Eng ishonchli himoya inshooti - bu qo’rg’oshindan, temirdan, temir-betondan va hokazo materiallardan qurilgan boshpanadir.
Radioaktiv ifloslanish. Yadro qurolining bu ta’sir faktori boshqa shikastlovchi faktorlar ichida alohida o’rin tutib, uning ta’sir doirasi nafaqat qurol portlatilgan hudud, balki o’nlab, yuzlab km uzoqlikdagi joylarni o’z ichiga oladi. Bu faktor uzoq vaqt davomida katta hududni zararlab, insonlarga, hayvonot dunyosiga qattiq shikast yetkazadi. Radioaktiv zararlanishning manbai yadroviy portlovchi moddaning parchalangan qismlari, parchalanmagan yadroviy zaryadlar, aktivlangan tosh, tuproqlardan tashkil topgan bulut hisoblanadi. Bularning hammasi atmosferaga ko’tarilib eng yuqori balandlikka yetgandan keyin turg’unlashadi va meterologik sharoitlarga qarab, har-xil uzoqlikka tarqalib, yerga tushadi va o’sha yerdagi jamiki narsalarni zararlaydi.
2.2. Kimyoviy qurollarning turlari va xususiyatlari.
Turli zaharlovchi moddalar va ularni joylarda changlatish uchun manzilga yetkazib beruvchi vositalar kimyoviy qurollar deyiladi.
Odamlar va hayvonlarni, o’simliklarni, shuningdek havoni, joylarni, suv, oziq-ovqatlarni hamda turli buyumlarni zararlovchi zaharli kimyoviy birikmalar zaharlovchi moddalar (ZM) deyiladi. ZM birinchi marta birinchi jahon urushida, ya’ni 1915 yil 22 aprelda nemis armiyasi tomonidan qo’llanilgan. Ular xlor, fosgen, difosgen, iprit, xlorpikrin kabi ZM ni keng qo’llaganlar. Bunga javoban boshqa mamlakatlar ham kimyoviy qurol qo’llashgan. Xlor qo’llanilgan birinchi gaz atakasi ingliz-frantsuz qo’shinlaridan 15000 kishini zaharlanishiga olib kelgan. SHulardan 5000 kishi o’lgan. Birinchi jahon urushi davrida hammasi bo’lib bir milliondan ko’proq kishi ZM bilan zaharlangan.
1925 yilda zaharlovchi moddalarni harbiy maqsadlarda qo’llashni taqiqlash haqida Jeneva bitimi tuzilgan edi. Ammo bu bitimga AQSH va Yaponiya shu kunga qadar imzo chekmagan.
Kimyoviy qurollar - nishonga tez va o’ylangan maqsadga to’la erishish darajasi bo’yicha ta’sir etishiga qarab eng xavfli va qudratli qirg’in qurol hisoblanadi. CHunki uning juda kichik dozasi ham juda qisqa vaqtda ta’sir etib hamma narsani zaharlaydi. Yana uning zaharlilik kuchi ma’lum vaqt mobaynida havoda, suvda, yerda hamda o’simlik dunyosida saqlanib turadi.
Dastlab kimyoviy qurollar unitar tarzda ishlatilgan, ya’ni bitta zaharli modda kimyoviy qurol sifatida qo’llanilgan. Keyinchalik binar - kimyoviy qurol yaratildiki, buning oldini olish va qurol asoratidan qutilish juda ham muammo hisoblanadi. Binar - ikki va undan ortiq zaharli moddasi bo’lgan qurol demakdir. Kimyoviy qurollarni ta’sir darajasini oshirish uchun ular ishlatilganda par, aerozol yoki tomchi holatiga o’tkaziladi.
Kimyoviy qurollar shikastlash xususiyatiga ko’ra: asabni fallajlovchi, (zoman, zarin, Vi iks), terini zaharlovchi (iprit, azotli iprit), umumiy zaharlovchi (sinil kislotasi, xlortsian) bo’luvchi (fosgen, difosgen), qaltiratuvchi (xloratsetofenon, adamsit), ruhiyatga ta’sir etuvchi (LSD-dietilamidlizergin kislotasi va Bi-zet).
Zaharlovchi moddalar zaharlash xususiyatiga hamda taktik qo’llanishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • O’ldiruvchi - Vi-iks, zarin, zoman, iprit, azotli iprit, sinil kislotasi, xlortsian, fosgen;

  • Vaqtinchalik faoliyatni yo’qotuvchi - Bi-zet;

  • Qaltiratuvchi - Xloratsetofenon, adamsit, Si-es, Si-er.

O’ldiruvchi zaharli moddalar ta’sir doirasining uzunligiga qarab turg’un va noturg’un xillarga bo’linadi. Ba’zi turg’un zaharli moddalarning ta’sir vaqti bir necha kundan, haftalargacha cho’zilishi mumkin. Mana shundaylar qatoriga Vi-iks, zoman, iprit kiradi.
Turg’un bo’lmagan zaharli moddalar tezda parchalanib ketadi va ularning ta’sir etish vaqti ham qisqa bo’ladi. Masalan, sinil kislotasi, xlortsian, fosgen.
Yana ximiyaviy qurollar organizmga ta’sir etish vaqgiga qarab tez hamda sust ta’sir etuvchi xillarga bo’linadi. Tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarga - zarin. zoman, sinil kislotasi, xlortsian Si-er kirib, ularning ta’siri bir necha daqiqada kuzatiladi. Sekin ta’sir etuvchi zaharli moddalarga Vi-iks, iprit, fosgen, Bi-zet kirib, ularning ta’siri bir necha vaqtdan keyin kuzatiladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling