Chqbt fani dasturining umumharbiy tayyorgarlik bo'limidagi ommaviy qirg'in qurollardan himoyalanish mavzularidagi mashg'ulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasi mundarija


Download 0.6 Mb.
bet12/15
Sana23.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1224811
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
To’lqin zarbasi.Yadro aslahasining asosiy shikastlantiruvchi faktorlardan biri hisoblanadi. To’lqin zarbasi deganda yuqori haroratli, tovush tezligidan yuqori tezlikka ega bo’lgan siqilgan muhit tushuniladi. Qurolni portlatilgan muhitga qarab, u havodagi, suvdagi va yerdagi to’lqin zarbalariga bo’linadi.
Yorug’lik nurlanishideganda elektromagnit nurlar tushunilib, unga ultrabinafsha, infraqizil va ko’rinadigan nurlar kiradi. Bunda nurlanishning manbai yadro portlaganda hosil bo’ladigan yarqirashdan, ya’ni yuqori haroratli yadro zaryadi, havo, tuproq va toshdan iborat. Yorug’lik nurlanishning ta’sir etish vaqti, yadro qurolining quvvatiga bog’liq. Quvvat oshgan sari bu faktorning ta’siri ham ortib boradi
Yorug’lik nurlanishi faktori ta’sirida odamlarning ochiq qolgan joylari kuyadi, ko’zi xiralashadi, hayvonlarning yunglari kuyadi va yengil yonuvchan materiallar yonib ketadi.
I-darajali kuyishda terining usti qizarib jarohatlangani kuzatiladi;
II-darajali kuyishda esa terini ustida suvga to’lgan puffakchalar paydo bo’ladi;

  1. -darajali kuyishda terining chuqur qismlarida kuyish ro’y beradi;

  1. -darajali kuyishda teri qorayib ketib, teri osti to’qimalar juda qattiq jarohatlanadi. Odamlar II va III darajali kuyganida ishga yaroqsiz hisoblanadilar.

Yorug’lik nurlanishi, to’lqin zarbasi faktorlari bilan birgalikda ta’sir etganda yong’in, portlash, yashash joylaridagi kommunikatsiyalarni izdan chiqaradi.
Yorug’lik nurlanishi faktorlaridan saqlanish uchun: o’z vaqtida ogohlantirish, himoya inshootlarida, tabiiy chuqurliklarda saqlanish, shaxsiy himoya vositalaridan va yong’inga qarshi omillardan foydalanish darkor.
O’tuvchi radiatsiya.O’tuvchi radiatsiya - gamma nurlar va neytronlar oqimidan tashkil topgan. Radiatsiya nurini manbai yadro aslahasi portlaganda ketadigan yadroviy reaktsiya hamda yadrolarni radioaktiv parchalanishidan hosil bo’ladi. Radiatsiya faktorining ta’sir vaqti 15-25 s. ni tashkil etadi. Bu faktorni asosiy shikastlantiruvchi ta’siri - nurlantirish dozasi (D) hisoblanadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling