Chqbt fani dasturining umumharbiy tayyorgarlik bo'limidagi ommaviy qirg'in qurollardan himoyalanish mavzularidagi mashg'ulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasi mundarija
Download 0.6 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Havoda portlatish ikki xil sharoitda amalga oshiriladi
Yadro portlatishning turlari
Qo’yilgan maqsadga ko’ra, yadro portlatish yer yuzida, yer ostida, suv ostida va har-xil balandlikdagi atmosferada amalga oshiriladi. Yer ustida portlatilganda qurolning yarqirash hududi yarim oy shaklida yer ustida ko’rinadi. Yadro quroli yer ostida portlatilganda yerda voronka hosil bo’ladi, uning diametri va chuqurligi portlatish quvvatiga tuproq tuzilmasiga bog’liq. Yer ustida portlatish, asosan juda mustahkam inshootlarni buzish hamda atrof-muhitni juda katta miqyosda radioaktiv zararlash maqsadida amalga oshiriladi. Suv tagida portlatish bilan juda mustahkam yer ostidagi nishonlarni, gidrotexnik va port inshootlarni buzish uchun qo’llash mumkin. Bu xildagi portlatishning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, bunda gravitatsiya to’lqini hosil bo’lib, u har qanday nishonga katta zarba beradi hamda zarar yetkazadi. Havoda portlatish ikki xil sharoitda amalga oshiriladi: 1. Yerdan kichik balandlikda, ya’ni yerdan 10 km.gacha bo’lgan havoda portlatish. Bunda, qurolning yarqirash hududi yerga tegmagan holda dumaloq ko’rinishda bo’ladi. 2. Yerdan katta balandliqda (yuqori) portlatish Havoda portlatish uncha mustahkam bo’lmagan inshootlarni buzish, odamlarga, texnikalarga keng miqyosda shikast yetkazish maqsadida qo’llaniladi. Masalan, 1958 yilda AQSHda o’tkazilgan sinovning ko’rsatishicha, 1 Mt yadro quroli havoda portlatilganda, yerdan 77 km. gacha balandliqdagi qisqa to’lqinli radio bog’lanishlari, 800-1000 km uzunlikdagi har qanday to’lqinlar umuman buzilgan. Yadro qurolining hamma turdagi portlatishlarida quyidagi ta’sir etadigan faktorlar hosil bo’ladi. Bular to’lqin zarbasi, yorug’lik nurlanishi, singuvchi (o’tuvchi) radiatsiya, radioaktiv ifloslanish va elektromagnit impulslar hisoblanadi. Bu faktorlar portlash energiyasining 50 foizi to’lqin zarbasiga, 30-40 foizi yorug’lik nurlanishga, 5 foizi radiatsiya nurlariga va 15 foizi radioaktiv changlarni hosil bo’lishiga sarflanadi. Neytronli bomba portlaganda esa ajraladigan energiyaning 8-10 foizi to’lqin zarbasiga, 5-8 foizi yorug’lik nurlanishga, 85 foizi esa radiatsiya nuriga va neytronlar oqimiga sarflanadi. Yadro zaryadlarini nishonga elituvchi moslamalariga havoda, suv ostida va suv ustida harakatlanuvchan raketalar, maxsus moslamali samolyotlar, artilleriya va boshqalar kiradi. Masalan, AQSHning qurolli kuchlari tarkibidagi kontinentlararo ballastik raketalar: «Titan», «Minetmen-3», «Minetmen-2», «Pershing-2» va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Hozirgi davrda Pentagonda yangi turdagi, yadro zaryadiga ega bo’lgan raketalarni bunyod etish, nishonga adashmay uradigan turlarini yaratish ishlari keng miqyosda olib borilmoqda. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling