Mavzu: Parmalash va portlatish ishlari Reja Gidrotexnika inshootlari qurilishida Burg‘ilash ishlari


Download 120.22 Kb.
bet1/5
Sana17.10.2023
Hajmi120.22 Kb.
#1706066
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu . BURG‘ILASH - PORTLATISH ISHLARI

Mavzu:Parmalash va portlatish ishlari

Reja

  1. Gidrotexnika inshootlari qurilishida Burg‘ilash ishlari

  2. Gidrotexnika inshootlari qurilishida Portlatish ishlari


Gidrotexnika inshootlari qurilishi umumiy qurilshdan ma’lum darajada farqlanadi. Bu soha qurilishi aksariyat hollarda aholi yashash joylaridan olisda, tog‘lik joylarida yoki suv yo‘llarida amalga oshiriladi. Shu sababli qurilish ishlarni olib borish uchun murakkab sharoit, qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular tabiiy sharoitni ta’siri hisobiga sodir bo‘ladi. Tog‘lik va tog‘ oldi joylarida yuqori mustahkamli tog‘ jinislarning mavjudligi umumiy qurilish texnikalari va mexanizmlari ishini murakkablashtiradi yoki ularni ishlashi uchun ish ko‘rsatkichlari to‘g‘ri kelmaydi. Skal gruntlar, harsang tosh va boshqa gruntlarda,joyning baland-pastliklari, umuman, joyning geologik, gidrogeologik, metereologik sharoitlari umum qurilish mexanizmlarining ishlashi uchun imkoniyat bermaydi. Bunday murakkab sharoitli joylarda umum qurilish ishlarini bajarishdan farqli alohida texnologiyalardan foydalaniladi. Bu umum qurilish mexanizmlariga ish frontini yaratish bilan bog‘liq ishlardir. Gidrogeologik tomonidan sizot suvi rejimini qurilish obyektiga ta’sirini bartaraf qilish bilan bog‘liq ishlar, o‘ta qattiq va undan yuqori guruhga kiruvchi tog‘ jinislarni yumishatish bilan bog‘liq ishlar, daryodagi suv rejimining o‘zgarishi (gidrografi), toshqin suvlari va boshqa shunga o‘xshash ta’sirlarni bartaraf qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Bu ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan texnika va mexanizimlarni aniqlash va tanlashda asosan ikkita ko‘rsatkichni hisobga olish zarur: birinchidan dastlabki ishni bajarish uchun tanlanayotgan texnologiya va mexanizmlarni texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari, aniqrog‘i bajaradigan ish tannarxining arzon bo‘lishi, ikkinchidan tanlanadigan texnika va mexanizmlarni qo‘llanilish sharoiti hisobga olinishi lozim, chunki bajaradigan ishning tannarxi arzon bo‘lishi mumkin, ammo mazkur texnologiya yoki mexanizmlarning ishlatib bo‘lmasligi sharoitini hisobga olish kerak bo‘ladi. Shu sababdan gidrotexnika inshootlari qurilishini bajarishda loyihachi, injener-texnik va quruvchi xodimlardan yuqorida yozilgan murakkab ish turlarini bajarish uchun yuqori va maxsus bilim hamda tajribani talab etiladi. Qurilish amaliyotida qattiq tog‘ jinslarini yumshatish ishlarini bajarishda mexanik va dinamik ta’sir etuvchi usul va vositalardan foydalaniladi.Shunday ishlardan biri burg‘ilash va portlatish ishlaridir. Burg‘ilash portlatish ishlarining mohiyati shundaki qisqa vaqt ichida katta hajmda yer ishlarini bajarilishidir. Bu usulda bajariladigan ishlar boshqa tur usullarga qaraganda nisbatan arzon bo‘lishi bilan farqlanadi.


  1. Download 120.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling