Mavzu: Parmalash va portlatish ishlari Reja Gidrotexnika inshootlari qurilishida Burg‘ilash ishlari


Download 120.22 Kb.
bet5/5
Sana17.10.2023
Hajmi120.22 Kb.
#1706066
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu . BURG‘ILASH - PORTLATISH ISHLARI

3.3-rasm. Aylantirma –zarbali o‘ziyurar burg‘ilash stanogi.
1-zanjirli tirkama; 2-gidroqiskich; 3-yurgizish dvigateli;4- burg‘i shtangasi; 5-boshqarish kabinasi; 6-elektroshkaf; 7-uzatish mexanizmi; 8-kassetalash qurilmasi; 9-aylantiruvchi elektrodvigatel;10-hartum(strela); 11-kabel kiritkich; 12-stanok ramasi.
Fizika – ximyaviy bo‘shatish usullaridan va ishlab chiqarishda nisbatan ko‘proq malum bo‘lgani issiqlik (olovli) usuli hisoblanadi. Bu usulda jinsli murt bo‘shatish hosil bo‘ladi.
Bunday bo‘shatish 250-500 S issiqlikda hosil bo‘ladi, jinsni erib ketishi esa 1200-1700.S da sodir bo‘ladi. Bunday usulni ishlatish uchun ko‘chma transformator yoki elektrostansiyadan foydalaniladi. 380 V kuchlanish asosida ishlaydi. Yoqilg‘i sifatida kislorod gazi va benzin, kerosin hamda dizel yoqilg‘isi ishlatiladi. Kislorod yonish kamerasiga beriladi. Uning yonishida 2500-3000.S issiqlik paydo bo‘lib uchlikdan 1600-1800m/s tezlik bilan chiqadi. Bir vaqtni o‘zida quduqqa suv yuboriladi. Bu esa qizib turgan jinsni bo‘shashiga olib keladi. Maydalangan jins gaz aralashmasi va suv bug‘i bosimi ostida quduqdan burg‘i shtangasi va termobur orqasi (tashqarisi) orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. Bu usul bilan diametri 250 mm.gacha va chuqurligi 17-20 m.gacha quduqni parmalash mumkin.
Burg‘ilash tezligi gruntda 16m/s va undan ko‘p, peschannikda 10m/s; betonda 10-20 m/s, mramirda 11,5-23 m/s ni tashkil etadi.

2.1.Portlovchi moddalarni portlatishda hosil bo‘lgan energiyani yer ishlarini bajarishga qo‘llanishi yer ishlarini bajarishning portlatish usuli deb tushiniladi. Portlovchi moddani portlatishda uning favqulodda qisqa muddatda bir agregat holatidan boshqa agregat holatiga o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu vaqtda to‘lqinli zarba, siqilgan gaz sodir bo‘ladi. U ko‘p miqdorda o‘zidan issiqlik ajratib mexanik ish bajaradi.


Portlovchi modda sifatida qattiq portlovchi moddalar, portlovchi gazlar ( vodorod,metan ,atsetilen va boshqalar) dan foydalanish mumkin . Portlovchi moddalardan qora porox taxminan 0.8 km/s, ammoniy 6 JV –3.8-4.6 km/s detonatsiya tezligiga ega.
Qurilish amaliyotida asosan qattiq ximyaviy portlatish moddalari ishlatiladi. Ximyaviy portlovchi moddalar (PM) tarkibi bo‘yicha alohida va mexanik portlovchi
aralashmalarga farqlanadi. Alohida PM o‘z navbatida birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Birlamchi PM (portlovchi simob , qo‘rg‘oshin azidi) o‘ta sezgir bo‘lib kuchsiz zarbadan, ishqalanishdan, chayqalanishdan, olov va uchqundan tez portlashi mumkin. Shu asosda ularni kapsula- detonatorlarda ishlatilib ikkilamchi PM ni portlatish uchun foydalaniladi.
Ikkilamchi PM (trotil , tetril, geksogen, TEN) tashqi ta’sirga kam sezgir bo‘ladi va ular bilan munasabatda xavfsizroqdir . Ularni ko‘zgatish uchun ozgina birlamchi PM dan foydalaniladi.
Qoya (tosh) larni portlatishda kislorod bilan boyitilgan moddalardan (ammiak va natriy silitrasi) ishlatiladi.
Download 120.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling