Chqbt fani dasturining umumharbiy tayyorgarlik bo'limidagi ommaviy qirg'in qurollardan himoyalanish mavzularidagi mashg'ulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasi mundarija
Saf, qurol bilan harakat qilish va taktik mashg‘ulotlardagi usullar
Download 0.6 Mb.
|
1.2.Saf, qurol bilan harakat qilish va taktik mashg‘ulotlardagi usullar
Harbiy vatanparvarlik, ommaviy – mudofaa ishlari umumiy rejasi sinfdan va o’quv muassasadan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi (direktor o’rinbosari) tomonidan ishlab chiqiladi va o’quv yurti direktori tomonidan tasdiqlanadi. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi rahbari tomonidan maxsus tayyorlangan bo‘linma komandirlari, a’lochilar va texnik vositalar yordamida ko‘rsatilishi mumkin. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi rahbari tomonidan saf, qurol bilan harakat qilish va taktik mashg‘ulotlardagi usullarni shaxsan namoyish qilish, o‘quvchilar uchun namuna, bir bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi. Odatda harakat va usullarni qismlar bo‘yicha ko‘rsatish qisqa tushuntirish bilan olib boriladi. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi rahbarining tashqi ko‘rinishi, saf tayyorgarligi, o‘quvchilarni harbiy xizmatga, ofitserlik kasbiga bo‘lgan intilishlarini tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Mashg‘ulotlarda shaxsiy namoyish bilan bir qatorda, ayniqsa saf tayyorgarligida, yaxshi tayyorlangan bo‘linma komandirlari tomonidan bajarilayotgan harakatlardan ham keng foydalanish kerak. O‘quvchilar tomonidan harbiy qismlarga tashrif buyurilganda, ularga bo‘linmalarning saf, o‘t ochish, harbiy ish asoslari bo‘yicha namunaviy harakatlari namoyish qilinishi maqsadga muvofiqdir. 4. Mashq- bu biror bir harakat yoki usullar bo‘yicha malakalar hosil qilish va ularni rivojlantirish maqsadida murakkablashtirilgan holatda ko‘p marotaba takrorlash uslubidir. Mashqlar jarayonida o‘quvchilar qurollar va texnikalardan foydalanish, ularni sozlash qoidalari, taktik, o‘t ochish, texnik vazifalarni echish usullari, saf mashqlari bo‘yicha amaliy malakalarni egallaydilar. O‘quvchilar tomonidan maqsadni, mashqlar bajarilishini tartibliligini tushunish katta ahamiyatga egadir. O‘rganish davomida murakkab harakatlarni qismlarga bo‘lish mumkin. Mashqlar jarayonida avval, harakatlarnito‘g‘ri bajarishga, keyin esa, uni tezlatishga harakat qilinadi. Amaliy ish - qurol va texnikalarni sozlash, ularni asrash va boshqa harakatlarni bajarishda o‘quvchilarni o‘qitishning eng muhim uslublaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mustaqil o‘rganish- o‘quv materialini maketlar, sxemalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar va qurollarni qismlarga yoyish va yig‘ish usullari yordamida amalga oshiriladi. U odatda, qo‘llanmalar, me’yoriy hujjatlar va boshqa adabiyotlarii o‘rganish va takrorlash bilan birga olib boriladi. Mustaqil ish sifatini oshirishda CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi rahbari tomonidan uni tashkillash, topshiriqlar hajmini aniqlashda ko‘rsatiladigan yordam katta ahamiyatga egadir. O‘qitish amaliyotida mashg‘ulotda o‘qitish va tarbiyalashning bir necha uslublaridan foydalanuvchi kompleks uslub keng tarqalgan. Hozirgi sharoitlarda o‘quv jarayonini samaradorligini oshirish dolzarb vazifalardan biridir. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi tizimida ilg‘or rahbarlar tajribasiga asosan, o‘qitishning quyidagi zamonaviy uslublari keng yoyilmoqda. Dasturlangan o‘qitish uslubi- o‘quv materialini bir necha qismlarga bo‘lishni nazarda tutadi. Bu uslub jarayonida mashg‘ulot rahbari o‘quv joylaridan xar bir qism o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganligi haqida malumot olib turishni taqazo etadi. Muammoli o‘qitish uslubida -o‘quvchilarga so‘ngi xulosalar e’lon qilinmaydi, balki, haqiqatni topish, to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib beriladi. O‘rganilayotgan material muammoli xususiyatda bo‘lishi uchun shunday savolni topish kerakki, u o‘quvchilar tomonidan nafaqat muammoli bo‘lib qabul qilinishi, balki yana ularni hayajonlantirib, ularda bu savolga javob topishga qiziqish uyg‘otishi zarur. Mashg‘ulotlarda muammoli vaziyatlarni yaratish, o‘quvchilarni o‘quv materialiga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularni fikrlash qobiliyatini faollashtirishga imkon yaratadi. Bilim va malakalarni bosqichma-bosqich shakllantirish uslubi - mashg‘ulotlarda harakatlarning namunali jadvallarini, o‘quv-mashq haritalarini, chizmalar, foto-suratlar va boshqalardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu uslub amaliy ishlarning tartibli ravishda amalga oshishiga imkon yaratadi. O‘quvchilar yuqoridagi vositalardan foydalangan holda, harakatlarni avval sust tezlikda bajaradilar. O‘quv topshiriqlari o‘quvchining shaxsiy nutqiga tayangan holda bajariladi, ya’ni ular bajarayotgan harakatlarini ovoz chiqarib olib boradilar. Bu uslub bir vaqtni o‘zida bilim va malakalarni egallashga imkon yaratadi, bu esa o‘quv jarayonini samaradorligini oshirishga sabab bo‘ladi. Bu uslub yangi texnika va qurollarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Ma’lumki, inson xotirasida 10% o‘qiganlarini, 20% eshitganlarini va 30% ko‘rganlarini saqlab qoladi. Bir vaqtni o‘zida eshitish va ko‘rish esa 50% materialni xotirada saqlab qolsa, so‘zlangan narsalarni 70% ni, so‘zlab va o‘sha xarakatlarni bajarsa, 90% ni saqlab qolishi mumkin. SHuning uchun ham, o‘z nutqiga tayangan holda o‘quv topshiriqlarini bajarishga asoslangan bu uslub eng zamonaviy uslublardan biri bo‘lib hisoblanadi. 10. Tayanch rejalar asosida o‘qitish uslubi -SHatalin uslubi deb nomlan gan bu uslubning mazmuni shundan iboratki, bu erda o‘quv materiali tayanch rejalar asosida o‘quvchilarga etkaziladi. Tayanch rejalar o‘quv materialini muhim tomonlarini, sanalarni, ta’rif, atama va ular o‘rtasidagi aloqalarni o‘z ichiga oladi. Bu uslubda o‘qitishda o‘quv materialini mustahkam o‘zlashtirilishiga, uni takrorlash uchun vaqtni qisqartirishga erishiladi. 11. Musobaqa uslubi - bu harakat yoki biror bir usulni kim tezroq va yaxshi bajarishga yo‘naltirilgan uslubdir. U o‘quvchilarda musobaqalashish ruhini, faollarga ergashish, qoloqlarga yordam berish kabi xislatlarni shakllantirishga yordam beradi. Musobaqa uslubi taktik tayyorgarlik, o‘t ochish, saf tayyorgarligi va boshqa predmetlardan harakat va usullarni bajarishda, normativlar topshirishda qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtga kelib Qurolli Kuchlarimiz yuqori jangovar xususiyatlarga ega bo’lgan zamonaviy qurol aslaha bilan taominlangan. Tarixdan maolumki zirhli qurol aslaha va texnikalarning to’rtta asosiy turlari mavjud bo’lib, ular: tanklar, broneavtomobillar, o’ziyurar artilleriya moslamalari va zirhli transporterlardan (BTR) tashkil topgan edi. Har bir harbiy qism qurol-aslahasi tarkibida belgilangan turdagi o’qotar qurol hamda qo’llanilishiga ko’ra texnika va qurol-aslahaga egadir. Motoo’qchi bo’linmalarda qurol-aslaha sifatida quyidagi turdagi o’qotar qurollar mavjud: PM rusumli Makarov pistoleti. AK-74 rusumli Kalashnikov avtomati; RPK-74 rusumli Kalashnikov pulemyoti; PK rusumli Kalashnikov pulemyoti; SVD rusumli Dragunovning merganlik miltig’i; Qurol-aslaha sifatida RPG-7 rusumli tankka qarshi qo’l granatomyotlari, AGS-17 turdagi avtomatik granatomyotlar, SPG-9 rusumli stanokka o’rnatilgan tankka qarshi granatomyotlari mavjud. Tuzilmasiga bog’liq holda har bir motoo’qchi batalon belgilangan turdagi jangovar texnikaga ega. Bu jangovar texnika turlariga: BTR-70 va BTR-80 bronetransportyorlarini, PJM-1 va PJM-2 piyodalarning jangovar mashinalarini, BRM-1K va BRDM-2 jangovar mashinalari xamda T-62 va T-72 rusumli tanklarini kiritish mumkin. Ushbu texnika va qurol-aslahalar batalon komandirining buyrug’i bilan shaxsiy tarkibga biriktiriladi. O’qotar qurollarning raqamlari harbiy xizmatchilarning harbiy guvohnomalariga yozib qo’yiladi. Haydovchilar (mexanik-haydovchilar) ning familiyasi va ismi shariflari esa jangovar mashinaning formulyariga yoziladi. O’qotar qurollar qurol saqlash uchun xonadagi maxsus javonlarda saqlanadi. Texnika va qurol-aslahalar harbiy qismlarning parklarida shu texnika va qurol-aslahalarni saqlash uchun jihozlangan maxsus saqlash joylarida saqlanadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling