Mavzu: Glitserin


Download 66.8 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi66.8 Kb.
#1403750
  1   2   3
Bog'liq
12 mavzu

Mavzu:Glitserin

Reja:1. Glitserinning fizik xossalari. 2.Glitserinning kimyoviy xossalari. 3.Glitserinning sintez usullari

Ma’lumki glitserin bu uch atomli spirt CH2OH – CHOH - CH2OH. YUqori konsentratsiyali glitserin uzoq vaqt va etarli darajada sovutilsa, rombsimon kristallar hosil qilib kristallanadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra glitserin kristallari 17-200C haroratda eriydi.

  • Ma’lumki glitserin bu uch atomli spirt CH2OH – CHOH - CH2OH. YUqori konsentratsiyali glitserin uzoq vaqt va etarli darajada sovutilsa, rombsimon kristallar hosil qilib kristallanadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra glitserin kristallari 17-200C haroratda eriydi.
  • Kimyoviy toza glitserin odatdagi sharoitda rangsiz quyuq suyuqlik bo‘lib, ta’mi shirin. U gigroskop bo‘lganligi uchun havodan massasining 40% gacha miqdorda namlikni yuta oladi. Odam tanasiga surtilgan yuqori konsentratsiyali glitserinning isitish xususiyati ham uning namlikni yutish xossasi bilan tushintiriladi. Manna shu xususiyati tufayli glitserin yopiq idishlarda saqlanadi va texnikada gazlarni quritish uchun foydalaniladi.
  • Glitserin suv bilan hamma nisbatda aralashib, bunda aralashmaning isishi va aralashma g‘ajmining kamayishi kuzatiladi. Tarkibida aralamalari bo‘lmagan toza glitserin suvli eritmalarining zichligi orqali uning konsentratsiyasini maxsus jadvallardan aniqlasa bo‘ladi. 150S haroratda 100% li glitserinning zichligi 1265,57kg/m3. 150 - 300C oralig‘ida haroratning har bir grudusga o‘zgarishi glitserin zichlikning ±6,7kg/m3 qiymatga o‘zgartiradi, deb hisoblash mumkin. 

Aralashmalarsiz toza bo‘lgan, 100% li glitserinning nur sindirish ko‘rsatkichi nD 20=1,47399. Maxsus adabiyotdan glitserin suvli eritmalarining nur sindirish ko‘rsatkichi orqali konsentratsiyasini aniqlash mumkin. 

  • Aralashmalarsiz toza bo‘lgan, 100% li glitserinning nur sindirish ko‘rsatkichi nD 20=1,47399. Maxsus adabiyotdan glitserin suvli eritmalarining nur sindirish ko‘rsatkichi orqali konsentratsiyasini aniqlash mumkin. 
  • Glitserin metil va etil spirtlari bilan aralashadi, atsetonda, spirt va xloroformning bir xil nisbatdagi aralashmasida, hamda spirt : dietil efir = 2 : 1 aralashmasida eriydi. U benzolda, toza xloroformda, petroley efirida erimaydi. Bir litr quruq dietil efirda atiga 2,5g glitserin eriydi. Glitserinning o‘zi ko‘pgina noorganik moddalarni erita oladi (KON, NaON, NaCI, Na2SO4 va boshqalar). Glitserin turli gazlarni erita oladi. Uning bu eritish qobiliyati bosim, glitserinning temperaturasi va konsentratsiyasiga bog‘liq. Atmosfera bosimida 80% konsentratsiyali glitserinning gazlarni eritish xususiyati maksimum bo‘ladi.
  • Glitserin yuqori haroratda yog‘ kislotalar va glitseridlarni ham eritadi. Bunday eritma sovutilganda glitseridlar to‘liq ajralib, yog‘ kislotalar esa molekulyar massasiga bog‘liq ravishda juda oz miqdorda eritmada qoladi.

Download 66.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling