Mavzu: Globallashuv jarayonining innovatsion rivojlanishi va uning


  Oʼzbekiston hukumati tomonidan, innovatsiyalarni rivojlantirish va


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana06.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1693818
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Globallashuv jarayonining innovatsion rivojlanishi va uning Oʼzbekistonga

1. 
Oʼzbekiston hukumati tomonidan, innovatsiyalarni rivojlantirish va 
iqtisodiy modernizatsiya qilish 
Innovatsion faoliyatni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, milliy innovatsiya 
tizimini rivojlantirish, yuqori samarali texnologiyalarni joriy etishning yangi 
mexanizmlarini ishlab chiqish, ilm-fan hamda texnikaning ustuvor yo'nalishlarini 
jadal rivojlantirish mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan keng ko'lamli 
iqtisodiy islohotlarning muhim yo'nalishlaridandir. Davlatimiz rahbarining 2008 yil 
15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq 
etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga 
muvofiq o'tkazib kelinayotgan Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar 
respublika yarmarkasi davlat, ilm-fan, ishlab chiqarish va biznesning bu boradagi 
sa'y-harakatlarini samarali birlashtirish, innovatsiya jarayoni ishtirokchilarini 
qo'llab-quvvatlash hamda ularning barcha darajadagi o'zaro hamkorligini 
ta'minlashga xizmat qilmoqda 
Anjumanda vazirlik va idoralar, iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida 
faoliyat ko'rsatayotgan davlat hamda xususiy korxonalar, O'zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, oliy o'quv yurtlari, ilmiy va innovatsiya 
markazlari, shuningdek, olim va ixtirochilar ishtirok etdi. Tadbirda ishlab 
chiqarishni optimallashtirish, resurslarni tejash, mahalliy xomashyodan foydalanish, 
import o'rnini bosish va eksport ko'lamini kengaytirishga qaratilgan 650 dan ziyod 
yangi texnologiya, ishlanma hamda g'oyalar taqdim etildi. Yarmarkaning o'tkazilishi 
samarasida bu yangiliklarning aksariyati yaqin vaqt ichida sanoat, qishloq xo'jaligi, 
sog'liqni saqlash, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, ilm-fan va ta'lim sohalarida 
keng qo'llaniladi. 
Avvalgi yarmarkalardan farqli ravishda, bu galgi tadbirda tashkil etilgan 
«Ekotexnologiya» bo'limida mamlakatimiz olimlari tomonidan yaratilgan va joriy 
etishga tayyor 40 istiqbolli ishlanma namoyish etildi. Jumladan, yosh olim Ilyos 
Xudoynazarovning «Biosalvent» ishlanmasi sho'rlangan erlarning meliorativ 
holatini yaxshilash, suvni tejash va tuproq unumdorligini oshirishga mo'ljallangan. 



Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va 
mineral resurslar qo'mitasi korxonalari ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilot va 
kompaniyalar bilan qiymati 300 million so'mlikdan ortiq qator shartnomalar tuzdi. 
Masalan, «O'zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan gidrogeologik 
quduqlarda erosti suv sathi va haroratini avtomatik o'lchash qurilmasini o'rnatish 
uchun kelishuvga erishildi. 
Yarmarka oliy o'quv yurtlarining ilm-fan sohasidagi innovatsion salohiyati 
ham yil sayin yuksalib borayotganini ko'rsatdi. Mamlakatimiz oliy ta'lim 
muassasalarida o'tkazilayotgan tadqiqotlar tarmoq va korxonalarning muayyan 
ehtiyojlariga xizmat qiladigan va ahamiyatga molik ko'plab vazifalarni hal etishga 
qaratilgani bilan g'oyat muhimdir. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va 
ularni ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar 
bunga yaqqol misol bo'la oladi. Xususan, yarmarkada faol ishtirok etgan Mirzo 
Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti bunday hamkorlik samarasida 
yangiliklarni hayotga tatbiq etish bo'yicha qariyb 300 million so'mlik shartnoma 
tuzdi. Oliy o'quv yurtining o'qituvchi-professorlari va talabalari birgalikda ishlab 
chiqqan elektron namlikni o'lchash asbobi va pereferik ko'ktomirlarni ko'rish uchun 
mo'ljallangan moslama katta taassurot qoldirdi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermer xo'jaliklarini rivojlantirishga 
xizmat qiladigan texnologiyalar mamlakatimizning barcha hududlaridan 
yarmarkaga kelgan ishtirokchilarda qiziqish uyg'otdi. Yarmarkada namoyish etilgan 
istiqbolli «Farovon» sabzi navi farg'onalik fermer Muhiddin Saydalievning e'tiborini 
tortdi. Bu nav gektaridan 50-60 tonna hosil olish, sabzi urug'ini chetdan keltirishni 
kamaytirish imkonini beradi. 
Shuningdek, yarmarka davomida ishtirokchilar mamlakatimizda innovatsion 
iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog'liq dolzarb masalalarni muhokama etish 
imkoniyatiga ega bo'ldi. Shu munosabat bilan o'tkazilgan ikkinchi Toshkent xalqaro 
innovatsiya forumida innovatsion faoliyatning me'yoriy-huquqiy bazasini yanada 
takomillashtirish, oliy ta'lim sohasida innovatsiyalarning o'rni, innovatsion 
iqtisodiyot uchun axborot oqimini tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi. Yarmarka 



doirasida yosh dizaynerlar tomonidan yaratilgan liboslar namoyish qilindi, yosh 
olim va talabalar «Robot-shou» tashkil etdi.
Yakunlangan IX Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika 
yarmarkasi mamlakatimizda ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish 
mexanizmini yanada mustahkamlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ilmiy hamda 
innovatsion faoliyatni har tomonlama qo'llab-quvvatlash o'z samarasini 
berayotganini yana bir bor tasdiqladi. Olimlarimiz tomonidan yaratilgan ilg'or 
texnologiya va ishlanmalarning joriy etilishi natijasida import o'rnini bosadigan 
hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish kengaymoqda, yangi ish o'rinlari 
tashkil etilmoqda. Bularning barchasi innovatsion faoliyat mamlakatimiz iqtisodiy 
va ijtimoiy taraqqiyotida muhim omil bo'layotgani ifodasidir 




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling