Mavzu: Globallashuv jarayonining innovatsion rivojlanishi va uning
Oʼzbekistonda yangi texnologiyalar rivojlantirishga yo'naltirilgan va
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Globallashuv jarayonining innovatsion rivojlanishi va uning Oʼzbekistonga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Startaplar nima ozi
3.
Oʼzbekistonda yangi texnologiyalar rivojlantirishga yo'naltirilgan va startaplarni qo'llab-quvvatlash Bugun dunyoda intellektual salohiyat mahsuli bo'lgan g'oya va innovasiyalar bejiz qadrlanmayapti. Zero, har qanday ilm-fan yangiligi bevosita mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi. Jumladan, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon shaklida amalga oshiriladigan ijodiy mehnat — startaplarga e'tibor qaerdaki katta bo'lsa, shu erda taraqqiyot yanada yuqori darajaga ko'tarilmoqda. Chunki o'zini oqlagan startaplar o'sha sohani an'anaviy biznesga qaraganda tezroq rivojlantiradi va yangi ish o'rinlari yaratadi. Shuning uchun startaplar va ularni yarata oladigan yangicha fikrlovchi intellektlar bugungi kunda hamma jamiyat uchun zarur. Startaplar nima o'zi? Uning o'ziga xosligi nimada? Har qanday istiqbolli urinish bu atamaga mos keladimi? Uni shakllantirish va rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotiga qay darajada ta'sir etadi? Startap — endigina boshlanayotgan, ishga tushirilayotgan innovasion loyiha demakdir. Startap muallifi faoliyati va mutaxassisligiga ko'ra, nafaqat tadbirkor, hatto talaba, muhandis yoki iqtisodchi ham bo'lishi mumkin. Innovasion loyihani to'laqonli biznesga aylantiradiganlar orasida tadbirkor va ilmiy xodimlar uchraydi. Lekin ba'zida startap bir kishi tomonidan yaratilib, ishlab chiqarish bilan ham, o'z mahsulotini ilgari surish bilan ham o'zi shug'ullanadi. Muxtasar aytganda, startap — bu ilgari mavjud bo'lmagan biznes loyihasi. Har qanday startap g'oyasi yangilik, yangi mahsulot, yangi texnologiyalar va ilgari amaliyotga tatbiq etilmagan faoliyatga asoslanadi. Innovasion g'oya, noan'anaviy biznes, yuqori texnologik echimlarga asoslanganlik, bozordagi potensial talab, investision jozibadorlik, o'suvchanlik, jamoaviy qadriyatlar — har bir ishtirokchi o'z ixtisoslashuvi doirasidan chiqib, umumiy ish uchun hissa qo'shishga tayyor bo'lishi bunda asosiy mezon hisoblanadi. Dunyoda Index Ventures xalqaro venchur kapital firmasi tomonidan tuzilgan ro'yxatda AQSH, Kanada, Avstraliya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, 15 Pol`sha, Italiya va Shvesiya startaplar uchun sharoitlar muttasil yaxshilanayotgan davlatlar qatoriga kiritilgan. Ayniqsa, Buyuk Britaniyada jahon miqyosida e'tirof etilgan ishbilarmonlik muhiti mavjud bo'lib, doimiy ravishda startaplarning o'sishi rag'batlantirib borilmoqda. Buyuk Britaniyaning startap ekotizimi ulkan bozor imkoniyatlarini taklif etadi. Chunki mamlakat bozori o'zgarishlarga tez moslashadigan texnologiyaga asoslangan tuzilishga ega, biznes qilish oson. Ko'pgina yirik xalqaro kompaniyalarning global yoki Evropa bo'yicha qarorgohi Buyuk Britaniyada joylashgan. Bundan tashqari, ko'plab texnologik va innovasion kompaniyalar Britaniyani afzal ko'radi. Mamlakatning aksariyat shaharlarida umumiy va o'ziga xos kichik tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan, hukumat ko'magida rejalashtirilgan texnologik markazlar mavjud. Britaniyaning muvaffaqiyati siri nimada? Buyuk Britaniyaning geografik joylashuvi, qulay sharoit kabi qator omillar uni iste'dodlar va imkoniyatlar uchun ideal uchrashuv joyiga aylantirgan. 2010 yildan buyon Britaniya hukumati tomonidan mamlakatda startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha bir qancha choralar amalga oshirildi. Londonda Tech City tashkil qilindi, tadbirkorlar va investorlar uchun katta soliq imtiyozlari joriy etildi. Buyuk Britaniya Evropaning texnologiya va innovasiya markazi sifatida shakllanish uchun 2012 yilda amaldagi daromad solig'i stavkasini 50 foizgacha, 2014 yilda korporativ soliq stavkasini 22 foizgacha kamaytirdi. Buning natijasida u dunyo miqyosida ikkinchi va Evropada startap ekotizimi shakllangan etakchi mamlakatlardan biriga aylandi. London esa, texnologik investisiyalarni Silikon vodiysidan keyin eng ko'p moliyalashtiradigan investision hudud va startap ekotizimi rivojlangan TOP-5 shaharlar sirasiga kiradi. Ushbu davlatda 250 dan ortiq biznes inkubator va 200 ga yaqin akselerator faoliyat yuritadi. Mamlakatda umumiy startaplar soni 2015-yilda 608 110 ta bo'lgan bo'lsa, 2021 yilga kelib, bu ko'rsatkich qariyb 672 000 taga etgan. Mavjud startaplarning 19 foizga yaqini muvaffaqiyatga erishgan, 217 tasi “yunikorn” 16 (unicorn (yunikorn) — aktivlarining kapitallashuvi 1 milliard AQSH dollariga etgan kompaniya) darajasiga etgan. “Forbes” tahliliy ma'lumotlariga ko'ra, yana 126 ta kompaniya ana shunday yuqori potensialga ega bo'lishi kutilmoqda. Buyuk Britaniyada texnologiya sektori mamlakat iqtisodiyotidan 2,6 barobar tez o'smoqda. Kompaniyalar har yili milliardlab funtlik venchur kapital qo'yilmalarini oladi. Birgina 2020 yilning o'zida Britaniyaning investisiya fondlari tomonidan texnologik kompaniyalar 11,2 milliard funt kapital bilan moliyalashtirilgan. Shuningdek, 2019-yildan Sturgeon Capital investisiya fondi tomonidan O'zbekistondagi IT Park 3 ta startapi uchun 4 million funtlik venchur kapital kiritilgan. Hozirgacha Buyuk Britaniyada qiymati 92 milliard dollarlik startaplar moliyalashtirilgan bo'lib, ular, asosan, moliyaviy texnologiyalar (Fintech) va ta'lim texnologiyalari (Edtech) sohalariga yo'naltirilgan. O'zbekistonda Mamlakatimizda yoshlarning iqtisodiyotimizga naf keltiradigan har qanday g'oyasi va salohiyatli yangiligi e'tibordan chetda emas. Bu borada tizim mavjud — Innovasiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi, Ilg'or texnologiyalar markazi, Yoshlar texnoparklari, Yoshlar akademiyasi, “Yashnabod” innovasion texnoparki, shuningdek, “UzVC” milliy venchur fondi faoliyat yuritmoqda. Bularning bari startaplarni tijoratlashtirish uchun investisiyalarni jalb etish, moliyalash, ishlanmalarni tanlash, xalqaro ko'rgazmalar tashkil etish singari va yana bir qancha vazifalarni amalga oshiruvchi tizimdir. — Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan 2022-2026-yillarda jami 90 ta startap loyiha tanlov asosida moliyalashtirilgan, — deydi vazirlikning Startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Aziz Ilhomov. — Ular qatorida sog'liqni saqlash sohasida 18,7 milliard so'mlik 20 ta, axborot texnologiyalari sohasida 14,5 milliard so'mlik 18 ta, qishloq xo'jaligi sohasida 14,1 milliard so'mlik 22 ta, transport va energetika sohasida 9,6 milliard so'mlik 11 ta, qurilish sohasida 4,5 milliard so'mlik 7 ta, oziq-ovqat sohasida 3,3 milliard co'mlik 17 5 ta, mashinasozlik, ta'lim va boshqa sohalarda 5,6 milliard so'mlik 12 ta startap loyiha bor. Ularning umumiy qiymati 70,3 milliard so'mni tashkil etadi. Ushbu loyihalar orqali hozirgacha 674 ta yangi ish o'rni yaratildi. Ta'kidlash joizki, ular orasida nafaqat mahalliy bozorga mo'ljallangan, balki eksportga yo'naltirilayotgan loyihalar ham ko'p. — Topinamburdan shifobaxsh biologik faol qo'shimchalar ishlab chiqarish va eksportga yo'naltirish loyihasini ishlab chiqqanman, — deydi “PARADISE FLORA” mas'uliyati cheklangan jamiyat direktori Zilola Mo'minjonova. — Loyihaning asosiy maqsadi yurtimizda etishtirilayotgan va tabiiy holda o'suvchi 50 dan ortiq turdagi dorivor o'simliklardan inson organizmi uchun zarur bo'lgan vitaminlar, makro va mikroelementlar asosida 14 ta biologik faol qo'shimcha ishlab chiqarishdir. Tayyor mahsulotning asosiy qismini eksportga yo'naltirish va qolgan qismini oziq-ovqat korxonalari, maxsus davolovchi markazlar, sanatoriy, muruvvat uylari hamda fitobarlarga talabnoma asosida etkazib berish mo'ljallangan. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 1 milliard 382 million 600 ming so'm talab etildi. Buning 646 million 600 ming so'mi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirildi, qolgani “PARADISE FLORA” korxonasi hisobidan qoplandi. Korxonada 20 ta doimiy va 30 dan ortiq mavsumiy ish o'rni yaratildi. Hozir korxona mahsulotlari Latviya va Rossiyaga eksport qilinmoqda. Yaqin kunlarda ular qatoriga Germaniya ham qo'shilishi kutilmoqda. Ayni paytda korxonada sanoat zonalari ishchilari va ularga yaqin joylashgan aholi uchun zararli ta'sirlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga ko'maklashuvchi dorivor o'simliklar jamlanmalarini tayyorlash va sotuvga chiqarish ustida ish olib borilyapti. Startap loyihalarning har biri yangi turdagi mahsulot, dastur yoki xizmat ko'rsatish sohasini o'z ichiga oladi. Turizm sohasida “O'zbekiston turistik shaharlarining 3D va VR BOX modellarini yaratish”, “NazzaAR” startap loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Tibbiyot sohasida “LiPach” teri parvarishi 18 uchun gigienik-kosmetik vositasi klinik oldi tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o'tdi, “Bioferron” biologik faol qo'shimchasi, implantasiya qilinadigan yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalarni innovasion ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmoqda. Qishloq ho'jaligi sohasida agrolotok, ko'chatlarni in-vitro usulida ko'paytirish laboratoriyasi tashkil etilmoqda. Oziq-ovqat sohasida olma kukunidan qandolatchilikda keng foydalaniladigan pektin ishlab chiqaruvchi “Onsite” MCHJ tashkil etildi. Yana bir istiqbolli loyiha — biologik mahsulotlarni quritish mexanizmini takomillashtiruvchi elektromagnit parchalovchi qurilma ishlab chiqilmoqda. Mazkur tizim mahsulot tannarxiga katta ta'sir qiluvchi yakuniy bosqichda energiya sarfini qariyb 4-6 barobargacha qisqartirish imkonini beradi. Qanday natijalarga erishilmoqda “Medical manufacture center” MChJ rahbari Abdurashid Nig'matjonovning implantasiya qilinadigan yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalarni innovasion ishlab chiqarish loyihasi uchun 1,5 milliard so'm ajratilgandi. Ayni paytda korxonaning yillik daromadi 1,7 milliard so'mni tashkil etmoqda. Kelgusida bir yillik daromad 10 milliard so'mga etkazilishi ko'zda tutilgan. O'zbekiston turistik shaharlarining 3D va VR BOX modellarini yaratish bo'yicha ish olib borgan Hakimboy Yo'ldoshevning o'tmishga virtual sayohat qilish imkonini taqdim etuvchi loyihasiga Innovasion rivojlanish vazirligi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan 947 million so'm ajratilgandi. Ayni paytda mazkur loyihani amaliyotga joriy etgan “Wolfsoft” xususiy korxonasining yillik daromadi 5 milliard so'mni tashkil etmoqda, 32 nafar mutaxassisning bandligi ta'minlangan. Muhammad Valievning temir yo'l liniyalarini nazorat qiluvchi va sayyohlar uchun ishlab chiqqan mashinasi ko'pchilikning e'tiborini tortdi. 1 milliard so'm boshlang'ich mablag' bilan ish boshlagan ixtirochining yillik daromadi ayni paytda shuncha, ya'ni 1 milliard so'mni tashkil etayotgani startap loyihalarning istiqbolli ekaniga yaqqol dalildir. Investisiya boshlangan loyihaning amalga oshishida asosiy komponentdir. Ammo... Startap — bu bozorga kirib kelayotgan yangi loyihagina emas. Startap deb atash uchun uni ilgari surilayotgan innovasion g'oyani bor kuch va resurslarni 19 berishga tayyor bo'lgan jamoa qo'llab-quvvatlashi kerak. Ishga tushiriladigan loyihaning yana bir asosiy jihati investorlarning yordamidir. Hatto eng yaxshi g'oyani ham investisiyasiz amalga oshirib bo'lmaydi. — Ishlab chiqarishga tatbiq etilayotgan loyihalar soni kundan-kunga oshayotgani quvonarli, ammo bu borada hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'p, — deydi poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direktorining innovasiyalar bo'yicha o'rinbosari Jahongir Rajabov. — Startaplarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash borasida muammolar bor. Yurtimizdagi biznes doiralar hamma vaqt ham yangi loyihalarga qiziqish bilan qarayvermaydi. Tadbirkorlar kelajagi mavhum loyihalarga pul tikishdan qo'rqishadi. Venchur kapital qo'yilmalar va biznes farishtalari kontsepsiyasi rivojlanish bosqichida va etarlicha mashhurlikka erishmagan. Ayrim sohalarda startaplar etishmaydi, boshqalarida esa, ortiqcha. Ayniqsa, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalaridagi startaplar mashhur bo'lib bormoqda. Masalan, ijtimoiy sohadagi Open Data Challenge 2020 forumida NLS jamoasining brayl` alifbosini tanib olish loyihasi g'olib chiqdi va ko'rish qobiliyati zaif odamlar uchun ilova yaratilishiga zamin yaratdi. Bu quvonarli, albatta. Ammo bunday startap loyihalar qurilish, bank va sanoat kabi sohalar vakillari e'tiboriga muhtojligini ham inkor eta olmaymiz. O'zbekiston yoshlarida buyuk g'oyalar bor. Ularni amalga oshirish maqsadida IT park butun mamlakat bo'ylab IT markazlar ochmoqda, shuningdek, IT akademiya kurslari orqali ish beruvchilar ehtiyojini qondiradigan mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bugungi kunda Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan startap ekotizimini rivojlantirish, loyihalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida bir qancha tanlovlar e'lon qilingan. Jumladan, o'z xarajatlarini o'zi qoplash asosida moliyalashtirish uchun ustuvor innovasion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalar tanlovlari shular jumlasidandir. 20 Yagona startaplar platformasi haqida Ekotizim faoliyatini raqamlashtirish, mavjud intellektual resurslardan samarali foydalanish, sohaning tizimli tashkil etilishini ta'minlash yagona platforma tashkil etishni taqozo etmoqda. Platforma startap ekotizimi sub'ektlari ma'lumotlari bazasi (investorlar, startaplar, kovorking markazlar, inkubator va akseleratorlar), startap loyihalarni moliyalashtirish va monitoring qilishni raqamlashtirish asosida tashkil etiladi. Mamlakatimizdagi innovasion faoliyatda tub ijobiy burilishlar xalqaro tashkilotlar tomonidan muntazam tarzda e'tirof etib kelinmoqda. Joriy yil O'zbekiston global innovasiya tendensiyalarini baholab boruvchi Global innovasion indeks reytingida 7 pog'ona yuqorilab, 132 davlat orasida 86-o'rinni egalladi. Ilm-fan sohasiga ajratilgan mablag' — bu innovasiya yutuqlari sari tashlangan qadam, kelajakka kiritilgan investisiyadir. Zero, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, “Xalqimiz dunyoqarashida innovasiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovasiya bo'lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo'lmaydi. Bu sohadagi o'zgarishlarni xalqimizga keng targ'ib qilmasak, odamlarda ko'nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo'lolmaymiz”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling