Mavzu: Globallashuv jarayonining innovatsion rivojlanishi va uning


  Oʼzbekistonda yangi texnologiyalar rivojlantirishga yo'naltirilgan va


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana06.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1693818
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Globallashuv jarayonining innovatsion rivojlanishi va uning Oʼzbekistonga

3. 
Oʼzbekistonda yangi texnologiyalar rivojlantirishga yo'naltirilgan va 
startaplarni qo'llab-quvvatlash 
Bugun dunyoda intellektual salohiyat mahsuli bo'lgan g'oya va innovasiyalar 
bejiz qadrlanmayapti. Zero, har qanday ilm-fan yangiligi bevosita mamlakat 
iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi. Jumladan, yangi yoki takomillashtirilgan 
texnologik jarayon shaklida amalga oshiriladigan ijodiy mehnat — startaplarga 
e'tibor qaerdaki katta bo'lsa, shu erda taraqqiyot yanada yuqori darajaga 
ko'tarilmoqda. Chunki o'zini oqlagan startaplar o'sha sohani an'anaviy biznesga 
qaraganda tezroq rivojlantiradi va yangi ish o'rinlari yaratadi. Shuning uchun 
startaplar va ularni yarata oladigan yangicha fikrlovchi intellektlar bugungi kunda 
hamma jamiyat uchun zarur. 
Startaplar nima o'zi? Uning o'ziga xosligi nimada? Har qanday istiqbolli urinish 
bu atamaga mos keladimi? Uni shakllantirish va rivojlantirish mamlakat 
iqtisodiyotiga qay darajada ta'sir etadi? 
Startap — endigina boshlanayotgan, ishga tushirilayotgan innovasion loyiha 
demakdir. Startap muallifi faoliyati va mutaxassisligiga ko'ra, nafaqat tadbirkor, 
hatto talaba, muhandis yoki iqtisodchi ham bo'lishi mumkin. Innovasion loyihani 
to'laqonli biznesga aylantiradiganlar orasida tadbirkor va ilmiy xodimlar uchraydi. 
Lekin ba'zida startap bir kishi tomonidan yaratilib, ishlab chiqarish bilan ham, o'z 
mahsulotini ilgari surish bilan ham o'zi shug'ullanadi. Muxtasar aytganda, startap — 
bu ilgari mavjud bo'lmagan biznes loyihasi. Har qanday startap g'oyasi yangilik, 
yangi mahsulot, yangi texnologiyalar va ilgari amaliyotga tatbiq etilmagan 
faoliyatga asoslanadi. 
Innovasion g'oya, noan'anaviy biznes, yuqori texnologik echimlarga 
asoslanganlik, bozordagi potensial talab, investision jozibadorlik, o'suvchanlik, 
jamoaviy qadriyatlar — har bir ishtirokchi o'z ixtisoslashuvi doirasidan chiqib, 
umumiy ish uchun hissa qo'shishga tayyor bo'lishi bunda asosiy mezon hisoblanadi. 
Dunyoda Index Ventures xalqaro venchur kapital firmasi tomonidan tuzilgan 
ro'yxatda AQSH, Kanada, Avstraliya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, 


15 
Pol`sha, Italiya va Shvesiya startaplar uchun sharoitlar muttasil yaxshilanayotgan 
davlatlar qatoriga kiritilgan. 
Ayniqsa, Buyuk Britaniyada jahon miqyosida e'tirof etilgan ishbilarmonlik 
muhiti mavjud bo'lib, doimiy ravishda startaplarning o'sishi rag'batlantirib 
borilmoqda. Buyuk Britaniyaning startap ekotizimi ulkan bozor imkoniyatlarini 
taklif etadi. Chunki mamlakat bozori o'zgarishlarga tez moslashadigan 
texnologiyaga asoslangan tuzilishga ega, biznes qilish oson. 
Ko'pgina yirik xalqaro kompaniyalarning global yoki Evropa bo'yicha 
qarorgohi Buyuk Britaniyada joylashgan. 
Bundan tashqari, ko'plab texnologik va innovasion kompaniyalar Britaniyani 
afzal ko'radi. Mamlakatning aksariyat shaharlarida umumiy va o'ziga xos kichik 
tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan, hukumat ko'magida rejalashtirilgan texnologik 
markazlar mavjud. 
Britaniyaning muvaffaqiyati siri nimada? Buyuk Britaniyaning geografik 
joylashuvi, qulay sharoit kabi qator omillar uni iste'dodlar va imkoniyatlar uchun 
ideal uchrashuv joyiga aylantirgan. 2010 yildan buyon Britaniya hukumati 
tomonidan mamlakatda startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha 
bir qancha choralar amalga oshirildi. Londonda Tech City tashkil qilindi, 
tadbirkorlar va investorlar uchun katta soliq imtiyozlari joriy etildi. Buyuk Britaniya 
Evropaning texnologiya va innovasiya markazi sifatida shakllanish uchun 2012 
yilda amaldagi daromad solig'i stavkasini 50 foizgacha, 2014 yilda korporativ soliq 
stavkasini 22 foizgacha kamaytirdi. Buning natijasida u dunyo miqyosida ikkinchi 
va Evropada startap ekotizimi shakllangan etakchi mamlakatlardan biriga aylandi. 
London esa, texnologik investisiyalarni Silikon vodiysidan keyin eng ko'p 
moliyalashtiradigan investision hudud va startap ekotizimi rivojlangan TOP-5 
shaharlar sirasiga kiradi. 
Ushbu davlatda 250 dan ortiq biznes inkubator va 200 ga yaqin akselerator 
faoliyat yuritadi. Mamlakatda umumiy startaplar soni 2015-yilda 608 110 ta bo'lgan 
bo'lsa, 2021 yilga kelib, bu ko'rsatkich qariyb 672 000 taga etgan. Mavjud 
startaplarning 19 foizga yaqini muvaffaqiyatga erishgan, 217 tasi “yunikorn” 


16 
(unicorn (yunikorn) — aktivlarining kapitallashuvi 1 milliard AQSH dollariga etgan 
kompaniya) darajasiga etgan. “Forbes” tahliliy ma'lumotlariga ko'ra, yana 126 ta 
kompaniya ana shunday yuqori potensialga ega bo'lishi kutilmoqda. 
Buyuk Britaniyada texnologiya sektori mamlakat iqtisodiyotidan 2,6 barobar 
tez o'smoqda. Kompaniyalar har yili milliardlab funtlik venchur kapital 
qo'yilmalarini oladi. Birgina 2020 yilning o'zida Britaniyaning investisiya fondlari 
tomonidan texnologik kompaniyalar 11,2 milliard funt kapital bilan 
moliyalashtirilgan. Shuningdek, 2019-yildan Sturgeon Capital investisiya fondi 
tomonidan O'zbekistondagi IT Park 3 ta startapi uchun 4 million funtlik venchur 
kapital kiritilgan. 
Hozirgacha Buyuk Britaniyada qiymati 92 milliard dollarlik startaplar 
moliyalashtirilgan bo'lib, ular, asosan, moliyaviy texnologiyalar (Fintech) va ta'lim 
texnologiyalari (Edtech) sohalariga yo'naltirilgan. 
O'zbekistonda 
Mamlakatimizda yoshlarning iqtisodiyotimizga naf 
keltiradigan har qanday g'oyasi va salohiyatli yangiligi e'tibordan chetda emas. Bu 
borada tizim mavjud — Innovasiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi 
milliy ofisi, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash 
jamg'armasi, Ilg'or texnologiyalar markazi, Yoshlar texnoparklari, Yoshlar 
akademiyasi, “Yashnabod” innovasion texnoparki, shuningdek, “UzVC” milliy 
venchur fondi faoliyat yuritmoqda. Bularning bari startaplarni tijoratlashtirish uchun 
investisiyalarni jalb etish, moliyalash, ishlanmalarni tanlash, xalqaro ko'rgazmalar 
tashkil etish singari va yana bir qancha vazifalarni amalga oshiruvchi tizimdir. 
— Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan 2022-2026-yillarda jami 90 ta startap 
loyiha tanlov asosida moliyalashtirilgan,
— deydi vazirlikning Startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish 
boshqarmasi boshlig'i Aziz Ilhomov.
— Ular qatorida sog'liqni saqlash sohasida 18,7 milliard so'mlik 20 ta, axborot 
texnologiyalari sohasida 14,5 milliard so'mlik 18 ta, qishloq xo'jaligi sohasida 14,1 
milliard so'mlik 22 ta, transport va energetika sohasida 9,6 milliard so'mlik 11 ta, 
qurilish sohasida 4,5 milliard so'mlik 7 ta, oziq-ovqat sohasida 3,3 milliard co'mlik 


17 
5 ta, mashinasozlik, ta'lim va boshqa sohalarda 5,6 milliard so'mlik 12 ta startap 
loyiha bor. Ularning umumiy qiymati 70,3 milliard so'mni tashkil etadi. Ushbu 
loyihalar orqali hozirgacha 674 ta yangi ish o'rni yaratildi. 
Ta'kidlash joizki, ular orasida nafaqat mahalliy bozorga mo'ljallangan, balki 
eksportga yo'naltirilayotgan loyihalar ham ko'p. 
— Topinamburdan shifobaxsh biologik faol qo'shimchalar ishlab chiqarish va 
eksportga yo'naltirish loyihasini ishlab chiqqanman,
— deydi “PARADISE FLORA” mas'uliyati cheklangan jamiyat direktori Zilola 
Mo'minjonova. 
— Loyihaning asosiy maqsadi yurtimizda etishtirilayotgan va tabiiy holda o'suvchi 
50 dan ortiq turdagi dorivor o'simliklardan inson organizmi uchun zarur bo'lgan 
vitaminlar, makro va mikroelementlar asosida 14 ta biologik faol qo'shimcha ishlab 
chiqarishdir. Tayyor mahsulotning asosiy qismini eksportga yo'naltirish va qolgan 
qismini oziq-ovqat korxonalari, maxsus davolovchi markazlar, sanatoriy, muruvvat 
uylari hamda fitobarlarga talabnoma asosida etkazib berish mo'ljallangan. 
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 1 milliard 382 million 600 ming so'm 
talab etildi. Buning 646 million 600 ming so'mi Innovasion rivojlanish vazirligi 
tomonidan moliyalashtirildi, qolgani “PARADISE FLORA” korxonasi hisobidan 
qoplandi. Korxonada 20 ta doimiy va 30 dan ortiq mavsumiy ish o'rni yaratildi. 
Hozir korxona mahsulotlari Latviya va Rossiyaga eksport qilinmoqda. Yaqin 
kunlarda ular qatoriga Germaniya ham qo'shilishi kutilmoqda. 
Ayni paytda korxonada sanoat zonalari ishchilari va ularga yaqin joylashgan 
aholi uchun zararli ta'sirlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga ko'maklashuvchi 
dorivor o'simliklar jamlanmalarini tayyorlash va sotuvga chiqarish ustida ish olib 
borilyapti. 
Startap loyihalarning har biri yangi turdagi mahsulot, dastur yoki xizmat 
ko'rsatish sohasini o'z ichiga oladi. Turizm sohasida “O'zbekiston turistik 
shaharlarining 3D va VR BOX modellarini yaratish”, “NazzaAR” startap loyihalari 
muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Tibbiyot sohasida “LiPach” teri parvarishi 


18 
uchun gigienik-kosmetik vositasi klinik oldi tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o'tdi, 
“Bioferron” biologik faol qo'shimchasi, implantasiya qilinadigan yuqori 
texnologiyali tibbiy asbob-uskunalarni innovasion ishlab chiqarish yo'lga 
qo'yilmoqda. 
Qishloq ho'jaligi sohasida agrolotok, ko'chatlarni in-vitro usulida ko'paytirish 
laboratoriyasi tashkil etilmoqda. Oziq-ovqat sohasida olma kukunidan 
qandolatchilikda keng foydalaniladigan pektin ishlab chiqaruvchi “Onsite” MCHJ 
tashkil etildi. Yana bir istiqbolli loyiha — biologik mahsulotlarni quritish 
mexanizmini takomillashtiruvchi elektromagnit parchalovchi qurilma ishlab 
chiqilmoqda. Mazkur tizim mahsulot tannarxiga katta ta'sir qiluvchi yakuniy 
bosqichda energiya sarfini qariyb 4-6 barobargacha qisqartirish imkonini beradi. 
Qanday natijalarga erishilmoqda “Medical manufacture center” MChJ rahbari 
Abdurashid Nig'matjonovning implantasiya qilinadigan yuqori texnologiyali tibbiy 
asbob-uskunalarni innovasion ishlab chiqarish loyihasi uchun 1,5 milliard so'm 
ajratilgandi. Ayni paytda korxonaning yillik daromadi 1,7 milliard so'mni tashkil 
etmoqda. Kelgusida bir yillik daromad 10 milliard so'mga etkazilishi ko'zda tutilgan. 
O'zbekiston turistik shaharlarining 3D va VR BOX modellarini yaratish 
bo'yicha ish olib borgan Hakimboy Yo'ldoshevning o'tmishga virtual sayohat qilish 
imkonini taqdim etuvchi loyihasiga Innovasion rivojlanish vazirligi Ilm-fanni 
moliyalashtirish va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan 947 
million so'm ajratilgandi. Ayni paytda mazkur loyihani amaliyotga joriy etgan 
“Wolfsoft” xususiy korxonasining yillik daromadi 5 milliard so'mni tashkil 
etmoqda, 32 nafar mutaxassisning bandligi ta'minlangan. Muhammad Valievning 
temir yo'l liniyalarini nazorat qiluvchi va sayyohlar uchun ishlab chiqqan mashinasi 
ko'pchilikning e'tiborini tortdi. 1 milliard so'm boshlang'ich mablag' bilan ish 
boshlagan ixtirochining yillik daromadi ayni paytda shuncha, ya'ni 1 milliard so'mni 
tashkil etayotgani startap loyihalarning istiqbolli ekaniga yaqqol dalildir. Investisiya 
boshlangan loyihaning amalga oshishida asosiy komponentdir. Ammo... 
Startap — bu bozorga kirib kelayotgan yangi loyihagina emas. Startap deb 
atash uchun uni ilgari surilayotgan innovasion g'oyani bor kuch va resurslarni 


19 
berishga tayyor bo'lgan jamoa qo'llab-quvvatlashi kerak. Ishga tushiriladigan 
loyihaning yana bir asosiy jihati investorlarning yordamidir. Hatto eng yaxshi 
g'oyani ham investisiyasiz amalga oshirib bo'lmaydi. 
— Ishlab chiqarishga tatbiq etilayotgan loyihalar soni kundan-kunga oshayotgani 
quvonarli, ammo bu borada hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'p, — deydi 
poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot 
texnologiyalari texnologik parki direktorining innovasiyalar bo'yicha o'rinbosari 
Jahongir Rajabov. 
— Startaplarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash borasida muammolar bor. 
Yurtimizdagi biznes doiralar hamma vaqt ham yangi loyihalarga qiziqish bilan 
qarayvermaydi. Tadbirkorlar kelajagi mavhum loyihalarga pul tikishdan qo'rqishadi. 
Venchur kapital qo'yilmalar va biznes farishtalari kontsepsiyasi rivojlanish 
bosqichida va etarlicha mashhurlikka erishmagan. 
Ayrim sohalarda startaplar etishmaydi, boshqalarida esa, ortiqcha. Ayniqsa, 
ta'lim va sog'liqni saqlash sohalaridagi startaplar mashhur bo'lib bormoqda. 
Masalan, ijtimoiy sohadagi Open Data Challenge 2020 forumida NLS jamoasining 
brayl` alifbosini tanib olish loyihasi g'olib chiqdi va ko'rish qobiliyati zaif odamlar 
uchun ilova yaratilishiga zamin yaratdi. Bu quvonarli, albatta. Ammo bunday startap 
loyihalar qurilish, bank va sanoat kabi sohalar vakillari e'tiboriga muhtojligini ham 
inkor eta olmaymiz. 
O'zbekiston yoshlarida buyuk g'oyalar bor. Ularni amalga oshirish maqsadida 
IT park butun mamlakat bo'ylab IT markazlar ochmoqda, shuningdek, IT akademiya 
kurslari orqali ish beruvchilar ehtiyojini qondiradigan mutaxassislar 
tayyorlanmoqda. 
Bugungi kunda Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan startap ekotizimini 
rivojlantirish, loyihalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida bir qancha tanlovlar e'lon 
qilingan. Jumladan, o'z xarajatlarini o'zi qoplash asosida moliyalashtirish uchun 
ustuvor innovasion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalar 
tanlovlari shular jumlasidandir.


20 
Yagona startaplar platformasi haqida Ekotizim faoliyatini raqamlashtirish, 
mavjud intellektual resurslardan samarali foydalanish, sohaning tizimli tashkil 
etilishini ta'minlash yagona platforma tashkil etishni taqozo etmoqda. Platforma 
startap ekotizimi sub'ektlari ma'lumotlari bazasi (investorlar, startaplar, kovorking 
markazlar, inkubator va akseleratorlar), startap loyihalarni moliyalashtirish va 
monitoring qilishni raqamlashtirish asosida tashkil etiladi. Mamlakatimizdagi 
innovasion faoliyatda tub ijobiy burilishlar xalqaro tashkilotlar tomonidan 
muntazam tarzda e'tirof etib kelinmoqda. Joriy yil O'zbekiston global innovasiya 
tendensiyalarini baholab boruvchi Global innovasion indeks reytingida 7 pog'ona 
yuqorilab, 132 davlat orasida 86-o'rinni egalladi. 
Ilm-fan sohasiga ajratilgan mablag' — bu innovasiya yutuqlari sari tashlangan 
qadam, kelajakka kiritilgan investisiyadir. Zero, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, 
“Xalqimiz dunyoqarashida innovasiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. 
Innovasiya bo'lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo'lmaydi. Bu 
sohadagi o'zgarishlarni xalqimizga keng targ'ib qilmasak, odamlarda ko'nikma 
paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan 
hamqadam bo'lolmaymiz”. 


21 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling