Mavzu: Globallashuv jarayonining innovatsion rivojlanishi va uning
O’zbekistonda texnologiyalarni o'rnatish va innovatsion
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Globallashuv jarayonining innovatsion rivojlanishi va uning Oʼzbekistonga
2. O’zbekistonda texnologiyalarni o'rnatish va innovatsion
inkubatorlar yaratish Biz yashayotgan zamonaviy dunyoni ilg'or texnologik loyihalar, g'oyaviy ishlanmalarsiz tasavvur etish qiyin. Barcha sohalarda engillik, qulaylik yaratayotgan innovatsiyalarga bugun jahonning aksariyat davlatida, hatto, eng katta boylik sifatida qaralmoqda. Tub mohiyati “yangilanish, yangicha yondashuv” ma'nosini anglatuvchi innovatsiya bevosita fan-texnika yutuqlarini aks ettiradi. Yangi g'oya, ishlanmalar esa turli xildagi ixtirolarni yaratishga yo'l ochadi. Mamlakatimizda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi so'nggi yillarda sezilarli darajada faollashganiga guvoh bo'lyapmiz. Hayotimizning barcha jabhalariga innovatsion yondashuv, yaratuvchanlik ruhini olib kirish davlat siyosatining pirovard maqsadiga aylanib bormoqda. Bu jarayonda esa loyihalarni amaliyotga tadbiq etadigan, zamonaviy texnologiyalarni yaratishni rag'batlantiradigan markazlar, xususan, innovatsion biznes inkubatorlar faoliyati muhim rol o'ynaydi. Prezidentimiz joriy yil 20-avgust kuni Tadbirkorlar bilan bo'lib o'tgan ochik muloqotda ishbilarmonlar o'z faoliyatida innovatsiya va ilg'or yondashuvlarni keng joriy etishi, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish haqida gapirar ekan, O'zbekistonda biznes inkubatorni joriy qilish masalasiga ham alohida to'xtalib o'tdi. Biznes inkubator hayotimizga zamonaviy tushuncha sifatida kirib kelgan bo'lsada, u jahonda XX asrning 60-80-yillarida kichik va o'rta biznes yuritish malakalari va tadbirkorlik madaniyatini tarbiyalash bilan shug'ullanadigan ixtisoslashgan muassasa tarzida paydo bo'lgan. 1985-yilga kelib jahonda 70 ga yaqin biznes inkubator mavjud bo'lgan bo'lsa, 1992-yilda ularning soni 472 taga, 1995- yillarda 1100 taga etdi. Hozir esa dunyo bo'yicha 2000 dan ortiq yirik biznes inkubatorlar ish olib boradi. Ular innovatsion markazlar, texnopollar, texnoparklar, ilmiy parklar va xokazo ko'rinishida faoliyat yuritadi. Biznes inkubator, deganda yosh tadbirkorlarning loyihalarini g'oyadan boshlab tijoratlashtirishgacha qo'llab-quvvatlaydigan jarayon tushuniladi. Ya'ni, bu 10 tizim asosan, xo'jalik yurituvchi subyektlarga dastlabki faoliyatida bozor iqtisodiyoti bo'yicha zarur bilimlarni o'rgatish, biznes reja tuzish, mablag'lar topish, xalqaro grantlar olishda ko'maklashish, tadbirkorlik g'oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish va joriy etish, shuningdek, kichik va o'rta korxonalarga menejment va marketing xizmatlari ko'rsatish kabi vazifalarni bajaradi. Ko'pgina mamlakatlarda inkubatsiya dasturlari mintaqaviy yoki milliy hukumatlar tomonidan moliyalashtiriladi. Yurtimizda birinchi biznes inkubator 1995-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining YUNIDO tashkiloti va O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi hamkorligidagi “O'zbekistonda biznes inkubatorlar tarmog'ini shakllantirish va rivojlantirish” loyihasi asosida tashkil etilgan. Ammo ushbu faoliyat yaqin vaqtgacha aytarli darajada rivojlantirilmadi. Mamlakatimizda zamonaviy faoliyat turlari, yo'nalishlar, xususan, biznes inkubatorlar so'nggi yillardagina rivojlana boshladi. Birin-ketin innovatsiya markazlari, texnoparklar ish boshladi. Ularda iqtidorli yoshlar birlashib, tegishli tashkilotlar ko'magida o'z g'oya, ishlanmalarini hayotga tadbiq etib kelmoqda. Xususan, 2019-yil 1-martda Jizzax shahrida loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshida ish boshlagan biznes inkubator yosh tadbirkorlarning istiqbolli biznes loyihalarini to'g'ri yo'naltirib, ularga moliyaviy yordam ko'rsatib kelmoqda. Farg'ona viloyatida 2020-yil iyun oyida tashabbuskor yoshlarning g'oya va ishlanmalarini ixtirolarga aylantirishga ko'maklashish maqsadida “Loyihalar fabrikasi” faoliyati yo'lga qo'yildi. Sirdaryo viloyatida esa “Biznes akselerator” o'z ishini boshladi. Kelgusida Samarqand, Navoiy, Surxondaryo, Qoraqalpog'iston Respublikasi va boshqa barcha viloyatlarda (shaharlar) ham shunga o'xshash yosh g'oyachilar uchun biznes inkubatorlar, loyihalar fabrikalarini tashkil etish nazarda tutilgan. Yaponiyalik olimlar bilan hamkorlik Davlatimiz rahbarining 2022-yil 19- sentyabrdagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida O'zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish to'g'risida”gi qarori bu borada tashlangan faol qadamlardan yana biri sanaladi. 11 Yaponiya bilan ilm-fan, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va boshqa masalalarda yo'lga qo'yilgan hamkorlik doirasida tashkil etilgan O'zbekiston- Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi bugungi kunda bir qator vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, yosh mutaxassislar va talabalarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ularning ilmiy va texnikaviy g'oyalarini sanoat namunalari, uskunalar, texnologik jarayonlar va yechimlarda mujassamlashtirish, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirishlari uchun maksimal darajada qo'lay shart-sharoitlarni shakllantirish, ular tomonidan o'tkaziladigan tadqiqot ishlarining yuqori darajada sifatli bo'lishini ta'minlash, innovatsion faoliyat natijalarining transferi va tijoratlashtirilishi, startap loyihalarni amalga oshirishga ko'maklashish shular jumlasidandir. So'nggi yillarda markaz dunyo ilmiy hamjamiyatiga qo'shilish yo'lida qator qo'shma loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Pandemiya sharoiti sabab tegishli ilmiy yo'nalishlar bo'yicha mahalliy va xorijiy tashkilotlar, ilmiy va ta'lim muassasalaridan kelib tushadigan buyurtmalar asosida qo'shma eksperimental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish borasida muhim uchrashuvlar va muzokaralar onlayn tarzda o'tkazilmoqda. Xususan, joriy yilning iyul, avgust oylarida Yaponiyaning Kyushu universiteti olimlari ishtirokida ekologik omillarni hisobga olgan holda yuqori samarali qazib olish texnologiyasini yaratish loyihasi yuzasidan onlayn muzokara bo'lib o'tdi. Muzokara doirasida ushbu qo'shma tadqiqotlarda ishtirok etish uchun mamlakatimiz yosh olimlari, magistrlar, talabalar hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK muhandis olimlaridan iborat jamoani o'zaro tajriba almashish uchun Yaponiyaga yuborish bo'yicha anglashuv memorandumi imzolanishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, markaz olimlari Keio universiteti bilan hamkorlikda Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlovda “Havoning ifloslanishini ko'zatish texnologiyasi” qo'shma amaliy loyihasi bilan ishtirok etmoqda. Loyiha doirasida Keio universiteti professori doktor Okuda dastlabki xaritani o'rganish va yo'l xaritasini muhokama qilish uchun oktyabr oyida O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. 12 Bu boradagi hamkorlik yildan yilga faollashib boryapti. O'tgan qisqa vaqt davomida yurtimizning bir qancha iqtidorli yoshlari Yaponiyaning nufuzli universitetlarida malaka oshirib qaytdi. Zero, Yaponiyaning ilg'or ilm-fan, texnologiyalari tajribalaridan keng foydalanib, ijobiy samara beradigan usullarini mamlakatimizni rivojlantirish yo'lida qo'llash orqali zamonaviy innovatsiyalar barqarorligiga, salohiyat jihatdan jozibadorlikka erishamiz. Bugun ana shunday tajribalarni o'z faoliyatida qo'llayotgan markaz yoshlari sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Ular orasida markazning ilmiy xodimi, avtomatik urug' sepish moslamasi loyihasi muallifi Muzaffar Azizov ham bor. Yosh olim 6- va 8-kirishga ega optik datchikli seyalka (urug', paxta chigiti va makkajo'xori ekish uskunasi) kontrolleri ustida ish olib borgan. Loyiha maqsadi seyalkaning avtomatlashtirish darajasini oshirish hamda ekish jarayonini optimallashtirishga qaratilgan. Zamonaviy uskuna urug'larni sepish jarayonida aniqlik, ularning bir xil taqsimlanishini ta'minlash hisobiga ekish sifatini oshiradi. Toshkent shahridagi “Agregat”AJ zavodi loyiha buyurtmachisi bo'lib, hozirda tashkilot bilan qurilmani moliyalashtirish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Zamonaviy uskunanning sinov tajriba jarayonlari nihoyasiga etgach, uni amaliyotga joriy etish maqsadida ishlab chiqarish bosqichi boshlanadi. Biz so'z yuritayotgan biznes inkubatorlar ana shunday iqtidorli olimlarning g'oyalarini ro'yobga chiqarmoqda. SHu bilan birga, mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida biznes inkubator ortiqcha xarajatlarning shakllanishiga yo'l qo'ymaslik va havf-hatardan ehtiyotkor bo'lishning biznes uchun dolzarb ekanligini ko'rsatadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda biznes inkubator muhitini yaxshilash uchun bir qator moliyaviy chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani boisi ham shundan. Jumladan, yurtimizda biznes inkubatorni o'qitish orqali innovatsion biznes inkubatorlarni rag'batlantirishga jalb etilgan yosh tadbirkorlar o'z malakalarini oshiradilar. Ular O'zbekiston Respublikasi qonunlari, qarorlari, farmoyishlari, tegishli vazirlik qonun hujjatlari, buxgalteriya hisobi, soliq va boshqa iqtisodiy, huquqiy hujjatlar hamda komp'yuter uskunalari va dasturlari bilan ishlashni o'rganadilar. 13 Bir so'z bilan aytganda, mamlakatimizda biznes inkubator tizimining ilg'or xorij tajribasida ijobiy samara bergan usullarini qo'llash orqali ilm-fan va innovatsion texnologiyalar salohiyatidan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan, biznes inkubator faoliyatining samarali tizimini rivojlantirish uchun aniq me'yoriy hujjat (kontsepsiya) yoki qonun loyihasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Biznes inkubatorning halqaro standartlarini amaliyotga joriy etish esa tovarlar va xizmatlar sifati, xorijiy investitsiyalar sonining oshishi va bu orqali bozorda sog'lom raqobat muhitining shakllanishi, eng muhimi, mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling