3
Kirish
Globallashuv jarayonining innovatsion rivojlanishi dunyo bo'ylab yangi
texnologiyalar, kommunikatsiya vositalari, ma'lumotlar almashinuvi va tashqi
bozorlarning integratsiyasi bilan bog'liqdir.
Bu jarayon, Oʼzbekistonga ham xos
xususiyatlari bilan ta'sir qilgan va uning innovatsion rivojlanishida quyidagi asosiy
nuqtalarga ega:
Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan
keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror
rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning
muhim omili
bo‘lib bormoqda.
1
O‘tgan davrda fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida zarur
infratuzilma yaratildi, muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi.
Shu
bilan birga, quyidagi tizimli muammolarning mavjudligi, innovatsion g‘oyalar
va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun mavjud imkoniyatlar va
salohiyatdan yetarlicha foydalanmaslik ko‘zlangan islohotlarning
samarali amalga
oshirilishiga hamda mamlakatning jadal innovatsion rivojlanishiga to‘sqinlik
qilmoqda, xususan:
birinchidan, davlat dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy fan va
innovatsion texnologiyalarning yutuqlari va rivojlanish
tendensiyalarini lozim
darajada kompleks tahlil qilish va o‘rganish mavjud emas,
buning oqibatida mazkur
dasturlar aksariyat holatlarda muammolarning oqibatlarini bartaraf etishga
qaratilgan hamda uzoq muddatli rivojlanish masalalarini hal etmayapti;
Do'stlaringiz bilan baham: