Mavzu: gmo butun dunyo uchun kerakmi? Tayyorladi


Download 19.05 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi19.05 Kb.
#1725401
Bog'liq
Share KREATIV FIKRLASH


KREATIV FIKRLASH


MAVZU:GMO BUTUN DUNYO UCHUN KERAKMI?

TAYYORLADI:TO’LIBOYEV SUHROBBEK

GURUH:EK-64

TEKSHIRDI:MADRAHIMOVA.G

Mutaxassislar 2018-yilning dekabr oyida Yer yuzi aholisi 7,67 mlrd. kishiga yetganligini e’lon qilishdi. Aholi ko‘payib borgani sayin uni oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, turarjoy bilan ta’minlash masalasi har bir davlat siyosatining asosiy vazifalaridan biriga aylanaveradi.


Tadqiqotlarga ko‘ra, Yer yuzida yiliga 4 mlrd. tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ularning aksariyati turli qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadi. Ekspertlar hisoblab chiqishdi: bugungi kunda qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan hosilning deyarli 30-50 foizi (1,2-2 mlrd. tonna) turli sabablarga ko‘ra yo‘qotilmoqda. Jumladan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Yer yuzida yetishtiriladigan donli ekinlarning 5 foizga yaqin qismi turli zararkunandalar oqibatida boy beriladi, bu ko‘rsatkich turli davlatlarda turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi, masalan, Misrda — 25-50 foiz, Polsha, Bolgariya, Germaniyada 5-14 foiz, Hindistonda 15 mln. tonna, Ukrainada 3,5-4,5 mln. tonnaga yetadi.

Qolaversa, qurg‘oqchilik, yovvoyi o‘simliklar va boshqa omillarni ham keltirish mumkin. Ularning ta’sirini qo‘shib hisoblaganda yo‘qotiladigan hosil miqdori yanada ortadi. Birgina Rossiya Federatsiyasida yovvoyi o‘simliklar ta’sirida 20 foizga yaqin hosil yo‘q bo‘ladi. Yuqoridagi omillarni hisobga olganda aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash masalasida muammolar yuzaga keladi. FAO tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Yer yuzidagi har yettinchi odam ochlikdan qiynalyapti. BMTning 2017-yilgi ma’lumotida Nigeriya, Janubiy Sudan, Yaman va Somali kabi davlatlardagi 20 mln. kishining ochlikdan halok bo‘lish xavfi borligi aytiladi. Hatto O‘zbekistonda ham 2 mln. nafarga yaqin inson (aholining 5,8 foizi) to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda.

Yuqoridagi sabab va omillar soha mutaxassislari oldiga aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, buning uchun zarur o‘simlik navlari (ayni vaqtda yer yuzi aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqatning 80 foizi 12 turdagi o‘simlikdan olinadi) va hayvon zotlarini yaratish, ularni yetishtirish biotexnologiyasini mukammallashtirish talabini qo‘ymoqda.
Ko‘pchilik biolog, ekolog, seleksioner va genetik mutaxassislar ushbu muammoni hal etishda turli begona o‘tlarga, zararkunandalarga, kimyoviy moddalar, qurg‘oqchilik, sovuq va boshqa cheklovchi omillarga bardoshli o‘simlik navlari va hayvon zotlarini yaratish, tabiiy seleksiya yo‘li bilan yaratish imkoni bo‘lmagan hollarda ularning genlarini modifikatsiya qilish orqali yaratishni mazkur muammoning yechimi sifatida ko‘rsatadilar.

O‘quvchilarga yanada tushunarli bo‘lishi uchun qo‘shimcha tushuntirishlar berishga harakat qilaman. Tabiiy seleksiya yo‘li degani tabiiy ravishda chatishtirish yo‘li bilan olinadigan o‘simlik navlari va hayvon zotlari olinishiga aytiladi. Masalan, o‘zbek olimlari tomonidan vilt kasalligiga chidamli «Toshkent 1», «Toshkent 2» kabi g‘o‘za navlari oddiy g‘o‘za navlarini yovvoyi g‘o‘za bilan chatishtirish orqali olingan. Yoki bug‘doyning qiltiriqsiz, qurg‘oqchilikka chidamli navlari, sersut Qozog‘iston oqboshi, go‘sht yo‘nalishida boqiladigan Shvits, Santa-Gertruda kabi qoramol zotlari, ko‘p tuxum qo‘yadigan rus oq tovug‘i, Zagorsk kabi zotlar ham ana shunday turdoshlarni o‘zaro chatishtirish orqali olinadi. Lekin organizmlar xromosomasining turlicha sonda bo‘lishi turlararo chatishtirish imkonini bermaydi. Masalan, siz hech qachon uzum bilan olmani chatishtirib yangi olma yoki uzum navini hosil qila olmaysiz, bunga ularning xromosomalar soni turlicha ekanligi yo‘l bermaydi. Yoki baliq bilan qoramol yoki itlarni ham chatirishtirib yangi zot yaratib bo‘lmaydi. Genetikaning fundamental qonunlari bunga imkon bermaydi. Ayni vaqtda ilm-fanning rivojlanishi ana shunday muammolarni bartaraf etish, o‘zaro chatisha olmaydigan uzoq turlarni o‘zaro chatishtirish, ularning genlarini o‘zaro almashtirish imkonini bermoqda.

Xo‘sh bu jarayon qanday sodir bo‘ladi? Keling, buni sizga bir nechta misol bilan tushuntirib berishga harakat qilaman

GMO nima va u qanday hosil qilinadi?


GMO bu geni modifikatsiyalangan (o‘zgartirilgan) organizm bo‘lib, bakteriya, o‘simlik yoki hayvon organizmining qaysidir xususiyati genetik injeneriya usuli yordamida organizmga begona organizm genini kiritish yo‘li bilan o‘zgartiriladi. Bunday jarayonlar aslida tabiatda tabiiy holatda ham uchraydi, bu holatga transformatsiya yoki genlarning gorizontal ko‘chishi deb ataladi. GMO da esa ushbu jarayon odam tomonidan ko‘zlangan maqsad asosida hosil qilinadi.
GMOning afzalliklari
Ayni vaqtda xuddi mana shunday usulda hosil qilingan juda ko‘plab transgen o‘simlik va hayvon turlari mavjud. Ularning zararkunandalarga, qurg‘oqchilikka, turli salbiy tabiiy va antropogen omillarga chidamliligi tufayli yildan-yilga yo‘qotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori kamayib bormoqda. Jumladan, 2014-yilda o‘tkazilgan 147 ta metaanaliz tadqiqotlarining natijalariga ko‘ra, butun dunyoda qishloq xo‘jaligi ekinlari orasidagi GMO hosildorligining zararkunandalar tufayli yo‘qotilishi oddiy o‘simliklarnikiga qaraganda 21,6 foizga past bo‘lgan, shu tufayli pestitsidlarga 36,9 foiz kam xarajat ketdi. Umumiy chiqim 39,2 foizga oz, kirim esa 68,2 foizga yuqori bo‘lgan. (https://journals.plos.org/plosone/article?id=10.1371/journal.pone.0111629)
GMO mahsulotlarining eng muhim xususiyatlaridan yana biri ularni yetishtirish oson, arzon va qulay. Shu bilan birga GMO o‘simlik mahsulotlarini boshqa o‘simliklarga qaraganda yilning istalgan vaqtida topish imkoni mavjud. Shu birga GMO mahsulotlari nisbatan arzonligi, ularni saqlashda maxsus talablar mavjud emasligi bilan ham ajralib turadi.
Ko‘pchilik GMO deganda faqatgina yeyiladigan mahsulotlarni ko‘z o‘ngiga keltiradi, aslida GMO faqat oziq-ovqat uchun ishlatilmaydi. Ular ilmiy tadqiqotlarda, tibbiyotda, farmatsevtika sanoatida, qishloq xo‘jaligida, atrof-muhitni tozalashda ham qo‘llaniladi.
Ilmiy tadqiqotlarda esa GMO organizmlardan ko‘plab kasalliklar qanday yuzaga kelishini aniqlashda keng foydalaniladi. Jumladan, Alsgeymer, saraton kabi kasalliklarning qanday yuzaga kelishi aynan ana shunday organizmlarda o‘rganish asosida aniqlandi
GMO zararli emas!

Men ilm-fan olamining vakili sifatida faqatgina ilmiy asoslangan faktlargagina ishonaman. Chunki ilm-fan tajribada isbotlab berilgan dalillargina asoslanadi. Boshqalarga ham mana shunday ishonchli manbalardagi dalillar asosida xulosa qilishni tavsiya qilaman.



Ko‘pchilik bilan GMO haqida gaplashganimda shu narsaga amin bo‘lamanki, aksariyat odamlar GMO mahsulotlari odamning genini o‘zgartirishiga, uni yegandan so‘ng qandaydir kasalliklar yuzaga kelishi mumkinligiga, nasliy anomaliyalar yuzaga kelishiga ishonadilar.

GMO to‘g‘risidagi yakuniy xulosam shundan iboratki, transgen organizmlar insoniyatni halokatga yetaklovchi yo‘l emas, u insoniyat og‘irini yengil qilish uchun dunyoning minglab olimlari tomonidan uzoq yillar davomida tinimsiz mehnatlar natijasida yuzaga kelgan ilmiy kashfiyotdir. Uning naqadar foydali yoki zararli ekanligini eng odil hakam vaqtning o‘zi ko‘rsatib beradi.
Download 19.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling