Mavzu: Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari reja. Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari


Predmetli faoliyat -ilk bolalik davrida etakchi faoliyat sifatida


Download 66.35 Kb.
bet3/4
Sana26.06.2023
Hajmi66.35 Kb.
#1655224
1   2   3   4
Bog'liq
Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari

Predmetli faoliyat -ilk bolalik davrida etakchi faoliyat sifatida. Ilk bolalik davridagi bolalar so’zlay boshlagan bo’lishiga qaramay, ular hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalarni to’g’ri idrok qila olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yo’q. Bunday murak­kab tushunchalar kundalik hayot davomida sekin-asta hosil qilib bori­ladi.
Bir yoshgacha bo’lgan bolalarning diqqati nihoyatda beqaror va ixti­yorsiz bo’lsa, ikki yoshga tulgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola o’sib ulg’aygan sari uning diqqati barqarorroq bo’la boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko’pmi barqaror bula boshlagani shunda ko’rinadiki, bola o’zini qiziqtirgan biron narsa bi­lan uzoq vaqt mobaynida shug’ullana oladi. Ikki yoshga to’lib, uch yoshga qadam qo’ygach so’zlarni tushunadi. So’z boyligi orta borgach, bolaning o’ziga xos bo’lgan situativ tili xaqikiy tilga aylanadi. Bu yoshdagi bolalarning tafakkurlari o’ziga xos xususiyatlarga hamda konkret xarakterga ega. Ular ayni chog’da idrok qilib typgan nar­salari haqida juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning tafakkur jarayonlarida harakat elementlari ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham ularning tafakkurlari ba’zan harakatli ta­fakkur deb ham yuritiladi. Ilk bolalik davridagi bolalarda hali tafakkurning fikriy ope­ratsiyalarini, ya’ni analiz, umumlashtirish kabilarni ko’ramiz. Ular qo’llaridagi o’yinchoqlarini yoki qo’llariga tushgan narsalarni amaliy aylantirib, paypaslab, buzib analiz qiladilar. Lekin sintez qilishga hali qurbi etmaydi. Bu yoshning oxiriga kelib tafakkurning o’sishida nutqning roli juda oshadi. Bolalik so’zlarni mumkin qadap ko’proq bilib olib, ulardan so’z tafakkurida keng foydalana oladilar. Bu esa fikrlash operatsiyalarining o’sishiga yordam beradi. Bolada so’zlar vosi­tasi bilan analiz va sintez qilish, abstraktsiyalash hamda umumlashti­rishning dastlabki alomatlari ko’rina boshlaydi.
Tafakkurning o’sishida yana bir muhim bosqich shundan iboratki , ilk bolalik yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushunchalarni bilib olishga va bu tushunchalarning eng muhim belgilarini o’zlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Uch yoshga to’lay deb qolgan bola, katta yoshdagi hamma odamlarning ishga bar vaqt ketishlarini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga «dadang endi barvaqt ishga ketmaydi» deyilsa, u hayron bo’lib qoladi. Chunki katta odam bo’lgan adasining ishga bormasligi, uning tushunchasiga to’g’ri kelmaydi. Uning tushunchasida hamma katta odamlar ertalab barvaqt ishga ketishi kepak. Shuning uchun hech bir o’ylab o’tirmay, «dadam kattalar-ku?» deb javob beradi. Bolalar tushun­chalardan foydalanib, sodda xulosalar chiqarishga o’rgana boshlaydilar. Ular bir necha xukmlardan foydalanib, katta, kichik, baland, past, ko’p, oz kabi sodda xulosalar chiqara oladilar, bu esa tafakkurining yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan biri bo’lmish xayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu asosan ix­tiyorsiz xayol bo’ladi. Ular hali ma’lum maqsad asosida ixtiyoriy tarzda hayol yurgiza olmaydilar. Bola ikki yoshga to’lgach, uning o’yinlarida jiddiy o’zgarish ro’y be­radi. Bolaning o’yiniga endi taqlidiy harakatlar qo’shiladi. Bola kat­talardan ko’rgan-bilganlarini o’yinda tilidan takrorlay boshlaydi. Bu davrda bola mashinasini u yoqdan bu yokka siljitish yoki tepalikdan sirg’antirib tushirish bilan cheklanmay, haydovchilarning xarakatlarini bajaradilar. Mashinaning motori ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va hokazo.
Nutqning o’sishi bola xayolining o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bolalar kattalarning gaplariga tushunadigan bo’lgach, har xil ertak va hikoyalarni qizikib tinglaydigan bo’ladi. Bolalar o’zlari biladigan, o’zlariga yaxshi tanish bo’lgan narsalar haqidagi hikoyalarni joni dili bilan eshitadilar. Har bir hikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasav­vurlar yuzaga keladi. Bola bu tasavvurlari yordamida xayol qilish qobiliyatiga ega bo’ladi. Bola hikoyalarni eshitish orqali olgan tasav­vurlarini so’zlar bilan ifodalaydi. So’z esa bolaning narsalarni boshqacha idrok qilishiga, ularning boshqa narsalarga o’xshashligini aniqlashiga va ana shunday o’xshashliklarni aniqlash asosida yangi ob­razlar, yangi tasavvurlar yaratishga yordam beradi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda barcha psixik jarayonlar ma’lum darajada rivojlanar ekan, bu umuman ular ongining rivojlanishiga zamin yaratadi. Tili chikib, idrok va tafakkuri anchagina o’sgan bola tevarak-atrofdagi har turli narsalarga ongli munosabatda bo’la bosh­laydi. Bola o’zining turli ehtiyojlarini anglab, o’zining shaxsini shakllantira boshlaydi. Mashxur fiziolog I.M.Sechenovning tili bi­lan aytganda, bola ana shu davrdan boshlab, o’z sezgilarini tevarak at­rofdagi narsalardan ajratib, o’z-o’zini anglay boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarning so’z boyligida o’z shaxsini bildiruvchi «men» degan olmosh tez-tez uchrab turadigan bo’ladi. Ana shu tariqa bola juda elementar tarzda bo’lsa ham o’zini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Binobarin, ana shu davrdan boshlab ilk bolalik davridagi bolalarning shaxsiy (individual) xususiyatlari kamol topa boshlaydi.


3. Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to’g’risidagi xilma-xil o’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kel­maydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo’lishi lozim:
a) taassurotlar tarkib topishi;
b) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositala­rining muhayyoligi;
v) bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kiri­shuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.
D.B.Elkonin o’z tadqiqotida rolli o’yinning syujeti bilan bir katorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha, o’yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatini aniqrok aks et­tirishi o’yinning mazmunini tashkil qiladi.
A.P.Usovaning tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, rolli o’yin ishti­rokchilarining safi yosh ulg’ayishiga qarab, jinsiy tafovutlarga bino­an kengayib boradi:
a) uch yoshli bolalar 2-3 tadan guruhga birlashib, 3-5 daqiqa birga o’ynay oladilar;
b) 4-5 yoshlilar guruhi 2-5 ishtirokchidan iborat bo’lib, ularning hamkorlikdagi faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi, o’yin davomida katnashchilar soni ortib ham boradi;
v) 6-7 yoshli bolalarda rolli o’yinni guruh yoki jamoa bo’lib bir­ga o’ynash istagi vujudga keladi, natijada avval rollar taqsimlanadi, o’yinning qoidalari va shartlari tushuntiriladi (o’yin davomida bola­lar bir-6irlarining harakatini qattiq nazorat qiladilar).
Eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o’yinlar katta rol yynaydi. Bog’cha yosh davrida harakatining o’sishida o’yinning ta’si­ri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o’yinni tashkil qilishning o’zidayok mazkur yoshdagi bolaning harakatini o’stirish va takomillashtirish uchun eng qo’lay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o’yinning bola harakatiga ta’sir etishini saba­bi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko’nikmalarini sub’ekt aynan o’yin paytida emas, balki 6evosita mashg’ulot orqali o’zlashtiradi. Uchinchidan, o’yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Shu boisdan o’yin faoliyati hatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mustaqil maqsadra aylanadi.
Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o’yinlarda ko’prok so’zlarni eslab kolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini idpok ochishga yordam beradi. Tajribada yig’ilgan ma’lumotlarni taxlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi
a) o’yinda bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi;
b) shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, hatti­-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo’ladi va oson amalga oshadi.
Bola ruhiy rivojlanishida o’yinning ahamiyati
O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bog’cha yoshidagi bolalarda o’z xulqini boshqarish, ko’nikmalarini tarkib toptirishga bog’liq psixologik muammoni o’rgangan olimlar fikricha, biror maqsadra yo’naltirilgan mashg’ulotga nisbatan o’yinda xulq ko’nikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniksa, bu omil bog’cha yoshi davrining xususiyati sifatida o’zining yorqin ifoda­sini topadi. Кatta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, mu­sobaqa paytida o’yindagiga qaparanda yuqoriroq ko’rsatkichga ham eri­shishlari mumkin. Yuqoridagi muloxazalar asosida umuman aytganda, o’yin va o’yin faoliyati bolada o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolaning aqliy o’sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib utish kerakki narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, sub’ekt o’yin paytida faol qapakat qilishga o’rinadi. Chunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan ta­savvur qilinayotgan. fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ett­iruvchi harakat rejasiga utadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga xayoliy ko’rinishga o’tishida unga tayanch nuqtasi bo’lishi ke­rak, voholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o’tovchi nar­salarning aksariyatidan o’yinda bevosita, ob’ekt sifatida foydalaniladi. O’yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alo­matlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yakkol narsa bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Yuqorida aytilganidek, narsa bilan o’yin harakatlarining takomilla­shuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashtirish hisobida amalra oshiriladi. O’yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko’rinishidagi mantiqan iz­chil yig’iq shaklga o’tishning asosini tashkil qiladi.
Psixolog J.Piaje o’yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e’tibor bilan qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shaklla­nishining tayanchi, degan xulosaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to’g’ri yo’li ekanligini bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o’zgartirish bilan bolada tafakkur va aql­ zakovat o’sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir. Aslida narsa­larni qayta nomlash emas, balki o’yin harakatlarining xususiyatini o’zgartirish bolaning aqliy o’sishiga sezilarli ta’sir o’tkaza oladi. Darhaqiqat, o’yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko’rinishi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo’ladi va shuning uchun o’yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyati­ning dastlabki ko’rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy kamol topi­shida yoki uning umumiy kamolotida o’yinnin muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali o’z ifodasini topadi.
Bola o’yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yakkol shakllari tarkib topa bosh­laydi. Rolli o’yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakl­lantirishda xam zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning hissiy-tuyg’ularini ko’zgatuvchilar bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi. Chunki o’yin davomida bolada har xil xoxish va istaklar tug’ila boradi, bular boshqa narsalarning tashqi alomatlari o’ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug’iladi.
Rolli o’yin - bog’cha yoshidagi bolalarning etakchi faoliyatidir. Rol­li o’yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muhim faoliyati bo’lib, ular bunday o’yinda guyo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Shu boisdan o’yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oi­laviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlarini umumlashtir­gan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning tur­mush tarzi, his-tyyg’usi, o’zaro muomala va muloqotlarining xususiyat­larini, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatlarini yakkol voelik tarzida ijro etish uchun turli o’yinchoklardan, shuningdek, ularning vazifasini utovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini kamrab oladigan rolli o’yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obraz­larining kengayishi natijasida vujudga keladi, mohiyati va mazmuni jihatidan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.
Rolli o’yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri - bolada o’z hatti-harakatlarini kattalar hatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga o’xshatish tuyg’usining mav­judligidir. Xuddi shu sababli kattalar va ularning hatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki ibrat namunasi bo’ladi va kattalarning xulq-atvori, yurish-turishining ham ob’ekti, ham sub’ekti hisoblanadi.
Bolaning psixik rivojlanishi qanday bo’ladi, u qanday shakllanadi va unga ta’sir etuvchi omillar nimadan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri psixolog va pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy masalasi bola psixik taraqqiyotini o’rganishdan iborat ekan, bu masalani hal qilishda, uni tushuntirib berishda turli xil qarashlarni o’rganish, tahlil qilish muhimdir. Bolalar psixikasini taraqqiy etishini tushuntirib berishga o’ringan eng keksa nazariya “Bola katta yoshli kishining kichik nusxasi” degan so’z bilan ta’riflanadi. Bu nazariya tarafdorlari bola sifat e’tibori bilan katta yoshli kishidan hech bir farq qilmaydi. Bola bo’yi, shuningdek tasavvurlari, xotirasi, diqqati, tafakkuri va boshqa jarayonlaridan anchayin kichkina bo’lgan katta yoshli kishilardir deb ko’rsatishga o’rinadi. Lekin bola psixikasining sifat jihatidan o’ziga xosligini tushuntirib bera olmaydilar va taraqqiyotning asosiy sabablarini yoritib bera olmaydilar.
XVII asrdan boshlab filosofik va psixologik yo’nalishlarda bolaning taraqqiyoti haqida kurash boradi: psixologik yo’nalish tarafdorlari psixik taraqqiyot butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog’liq deydilar. Xo’sh, odam psixikasi va hatti harakatlarida bor bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarni nima bog’laydi – tabiiy, tug’ma xususiyatlarmi yoki hayot davomida orttirgan xususiyatlarmi? degan muammoda turlicha qarashlar maydonga keldi.
“Ideyalar tug’ma bo’ladi” degan nazariyaning yorqin namoyodasi Dekart (1596-1650) edi. Uning fikricha, tug’ma ideyalar intellektda boshlang’ich holatda bo’ladi bu ideyalar moyillik sifatida “tug’ma bo’lib, faqat keyinchalik to’la anglanguncha sekin asta taraqqiy etadi, shu bilan birga, tashqi tajriba ideyalar faoliyati uchun faqat turtki bo’lib xizmat qiladi, ularning yanada takomillashuvi uchun, material hisoblanadi deb ko’rsatildi. Кeyinchalik bunday qarashlar filosofiya doirasidan chiqib, burjuaziya ideologlari tomonidan keng foydalanila boshlandi. Burjua psixologiyasi psixikasining tabiati biologik omillarga bog’liq degan nuqtai nazarda turdilar, ya’ni psixik xususiyatlar tug’ma paydo bo’ladi, ularning inson dunyoga kelishidan oldinroq unda bo’lgan biologik imkoniyatga bog’liq deb ko’rsatdilar. Ular inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, biologik tuzilishiga joylashtirilgandir, psixik taraqqiyot esa, irsiy yo’l bilan azaldan belgilanib organizmga joylashtirilgan shu xususiyatlarning pishib etilish jarayonidan iborat emish. Jumladan, har bir odam qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (imkoniyatlarning nixoyasi, eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan, “qobiliyatlarning tabiiy fondi” tomonidan ilgaridan belgilab qo’yilgan emish.
So’nggi vaqtlarda mikrobiologiyaning nasliy xususiyatning gen bilan bog’liq bo’lgan mexanizmini yoritishdagi yutuqlari munosabati bilan “gen aslohalarining tug’ma darajasi”, shaxsning xususiyatlari va qobiliyatlari genlarda rejalashtirilganligi haqida fikr yuritila boshladi. Angliyalik genetik Sh.Auerbax bu fikrni nihoyatda aniq va obrazli qilib ifodalab berishga o’rindi. “Har bir odam, - deb yozgan edi u, - xuddi karta boz qo’liga karta olib o’yin boshlagani kabi, o’z hayotini, qo’liga genlarni olib boshlaydi. Ba’zan karta shunchalik yomon so’ziladiki, hatto sal-pall yutuqni ham, orzu qilish qiyin bo’ladi. Ayrim hollarda karta shunday ajoyib so’ziladiki, muvaffaqiyat qozonish uchun hech qanday harakat qilmasa ham bo’laveradi.” Uning fikricha “Aqliy taraqqiyot darajasi, maxsus qobiliyatlar, shaxsiy sifatlar – genetik faktorlar bilan muhit faktorlari o’zaro munosabatining natijasidan iboratdir” (Genetika M.Atomidat, 1966, 157-158 bet). Bu fikrdan: yuksak iste’dodli kishilarning ko’payishiga xayrixoxlik bildirish lozim; insoniyatning eng yaxshi namoyondalarini ko’paytirish kerak “iste’dodsiz” kishilar esa ko’payishdan o’zlari saqlashlari kerak” – degan xulosa chiqadi. Ideyalar tug’ma bo’ladi degan nazariya bir tomomnlama nazariyadir, chunki bu nazariya bolaning psixik jihatdan o’sish sabablarini faqat irsiyatda deb biladi. Bu nazariya texnik taraqqiyotini odddiy takrorlanishdan iborat qilib qo’yadi. Ular har bir yangi avlod nega oldinga siljishini, bilimlar, qobiliyat va imkoniyatlari kengaytib va chuqurlashib borish sabablarini, irsiyat esa ajdodlardagi sifatlarning faqat mustahkamlanib va takrorlanib qolishiga sabab bo’lishini tushuntirib bera olmaydi.
Bolaning psixik taraqqiyotidagi qarama-qarshiliklar va rivojlanish qonuniyatlari. Bolaning psixik taraqqiyoti murakkab jarayondir. Buni hal etishda bolalar psixologiyasi, avvalo hayotda sinalgan, tajribalarda pishib etilgan quyidagi asoslarga suyanadi: 1) Taraqqiyot, o’sish, rivojlanish qarama-qarshiliklar kurashi va ziddiyatlardan iboratligi; 2) bolalar kamoloti haqidagi fanga xilof nazariyalarni, qarshiliklarni tanqidiy tahlil qilinganligi; 3) hozirgi kunga qadar bolalar psixologiyasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, tajribalarning natijalari; 4) komil insonni tarbiyalashda erishilgan amaliyot natijalari. Bularga asoslanib bolaning psixik taraqqiyoti qanday rivojlanadi, unga ta’sir etuvchi omillar nimadan iborat, unda biz nimalarga e’tibor berishimiz lozim degan murakkab masalalarni hal qilishimiz mumkin.
Ma’lumki bola psixikasining taraqqiyoti (o’sish-miqdoriy jihatdan ortish; taraqqiyot ham miqdor, ham sifat jihatidan o’zgarishdir. bola jismonan o’sadi, psixik jihatdan taraqqiy qilishi) haqida 2 xil qarashlar mavjud. 1-qarashlarga muvofiq, taraqqiyot avvalgi narsaning oddiy takrorlanishidan, organizmida mavjud bo’lgan muayyan sifatlarning shunchaki ko’payishi yoki kamayishidan iborat. Bunday yo’nalish tarafdorlari o’z-o’zidan shaxs taraqqiyotining tub sabablarini ochib bera olmaydilar. 2- qarashlarga muvofiq, taraqqiyot ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar kurashidan iboratdir. Bu ilmiy yo’nalish bo’lib, bola taraqqiyotini organizmning xususiyatlari bilan tashqi muhit sharoiti organizmga tobora yangi talablar qo’yadi; organizm yangi sharoitga moslashar ekan, yangi sifatlar hosil qila boshlaydi va taraqqiy qiladi. Demak, psixik taraqqiyot ham qarama-qarshiliklar kurashidan iboratdir. Bu qarama-qarshiliklar: 1-dan bolaning shu choqqacha erishgan taraqqiyot darajasi, imkoniyatlari bilan yangi ehtiyojlariga orasidagi qarama-qarshiliklar, unda ehtiyoj oldin paydo bo’ladi, lekin imkoniyat etarli bo’lmaydi. Misol: hali yurishga o’rganmagan bola yurib ketishiga ehtiyoj sezadi, lekin bola o’z muvozanatini saqlay olmagani, oyoqda tik tura olmagani uchun u yura olmaydi. 2-nchidan bolaning eski xulq–atvor shakllari bilan yangi hatti-harakatlari, yangi tashabbuslari orasidagi qarama-qarshilk (taqlid-tashabbus). Ya’ni bunda tashabbus oldin paydo bo’ladi va boladan mustaqillikni talab qiladi, lekin mustaqil harakat qilish uchun bola kattalarga taqlid qilishdan voz kechishi va mustaqil harakatlanishi kerak. 3-dan, bolaning hayot mazmuni bilan uning shakli o’rtasidagi qarama-qarshilik. Hayot mazmuni ilgari, hayot shakli esa keyinshakllanadi. Misol: maktab hayotini mazmuni hammaga tanish. 1-sinfga qadam qo’ygan bola maktab qoidalarini hali yaxshi tushunmaydi. Lekin maktabda tizimli ta’lim jarayoni bolani o’z talablariga ko’niktira boshlaydi, bunda bolada ko’pgina psixologik qiyinchiliklar ro’y beradi. Bola esa avvalo qiynalib, keyinchalik unga o’rganib, yangi hayot shakliga o’rganadi. Bolalar hayotida uchraydigan turli qiyinchliklar, qarama-qarshilik va ziddiyatlar bolani psixologik tomondan rivojlanib, shakllanib borishiga sabab bo’ladi. Bolani psixik taraqqiyoti qanday shakllanishidan qat’iy nazar, u mo’ayyan qonuniyatlarga bo’ysunadi. Lekin muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar (keng ma’noda olganda) ikkilamchidir. Chunki bu qonuniyatlarning o’ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatiga va tarbiyaga bog’liqdir.
Psixik taraqqiyot va ta’lim. Taraqqiyot bolaning ijtimoiy tajribalarini o’rganish, o’zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy taraqqiyot bolalarga ta’lim –tarbiya va o’zaro munosabatlar orqali ta’sir etadi. Bolalarning psixik jihatdan o’sishida ta’lim va tarbiya shakllantiruvchi rol o’ynaydi, degan g’oya XIX asrning o’rtalarida avj ola boshladi. Bolaning taraqqiy etishi bilan ta’lim - tarbiyaning o’zaro munosabati haqidagi masalani hal etishga o’rinayotgan yo’nalishlar vujudga keldi. Bular 3 xil yo’nalishda faoliyat ko’rsatadilar. Birinchi xil yo’nalishi tarafdorlari ijtimoiy ta’lim-tarbiya bilan psixik taraqqiyot o’rtasida hech qanday munosabat yo’q dedilar. Ikkinchi xil yo’nalishi namoyondalari psixik taraqqiyot bilan ta’lim tarbiya o’rtasida hech qanday farq yo’q deb ko’rsatdilar. Uchinchi xil yo’nalishi namoyondalari psixik taraqqiyot bilan ta’lim tarbiya boshqa – boshqa jarayon bo’lsa ham bir – biriga mos keladigan ya’ni bir biriga ta’sir o’tkazadigan jarayondir.deyish bilan dastlabki ikki nazariyani kelishtirishga o’rindilar. Bu nazariya namoyondalari bolaning psixik taraqqiyotida tarbiya va aktiv faoliyatning rolini payqamaydilar.
Rus psixologi L.S. Vigotskiy yuqoridagi yo’nalishlarning fikrlarini ko’p jihatdan ilmiy tahlil qilib chiqdi va ta’lim jarayoni taraqqiyotga mos kelmaydi degan g’oyani ilgari surdi. Uningcha ta’lim jarayoni taraqqiyotidan ilgarilab ketadi, bolalar psixikasining taraqqiyoti uning ketidan ergashib boradi va unga eng yaqin istiqbol ochib beradi deb uqtiradi.
L.S. Vigotskiyning fikricha taraqqiyotning 2 bosqichi bor:
1. Aktual taraqqiyot bosqichi (ya’ni bolaning katta yoshdagi kishilar yordamisiz mustaqil harakat qila olishi).
2. Eng yaqin taraqqiyot zonasi bosqichi (bolaning katta yoshdagi kishilar yordami bilan qilinadigan hatti-harakatlari) bor. Bolaning psixik rivojlanishi ya’ni taraqqiyot yo’li uning eng yaqin istiqbolidir. Taraqqiyotning bu ikki bosqichi bolaning hozirgi vaqtda qanday ekanligi, ya’ni qanday bilim, ko’nikma va bilimlarga, xarakter sifatlariga ega ekanligi va kelajakda bolaning qanday bilim, ko’nikma va malakalarga, xarakter sifatlariga ega bo’la olishiga imkoniyat beradi. L.S.Vigotskiyning nazariy-ilmiy fikrlari pedagog A.S.Makarenko fikriga mos keladi. U ham har bir bolaning komolot imkoniyatlariga va taraqqiyotning istiqbol yo’llarini aniqlash lozimligiga e’tibor beradi. A.S.Makarenko “shaxs loyixasini tuzishga”: o’z tarbiyalanuvchilarida hosil bo’lgan ijobiy sifatlarni mustahkamlash, takomillashtirish va salbiy sifatlarni esa oldini olish, to’xtatish yoki ularga barham berish uchun ijobiy sifatlarga tayanishga intilar edi.


XULOSA
Go’dаklik dаvri bоlаning tug’ilgаnidаn bir yoshigаchа bo’lgаn dаvrni o’z ichigа оlib, bu dаvrdа bоlа tаshqi muhitgа mоslаshishi uchun mа`lum dаrаjаdа yеtilgаn nеrv tizimigа egа bo’lаdi. Go’dаklik dаvri insоn hаyotidаgi оrganiq ehtiyojlаrni (kislоrоdgа, оvqаtgа, issiq yoki sоvuqqа) qоndirishgа nisbаtаn yo’nаltirilgаn hаtti-hаrаkаtlаrning tug’mа, instinktiv shаkllаri sоf hоldа kuzаtilаdigаn yagоnа dаvr hisоblаnаdi.
Insоngа хоs bo’lgаn hаtti-hаrаkаtlаrni vа yangi tаjribаlаrni egаllаsh uchun bеqiyos imkоniyatlаrning bоrligi go’dаklik yoshidаgi bоlаlаrning аsоsiy хususiyatlаridаndir. Оrganik ehtiyojlаrning yеtаrli dаrаjаdа qоndirib bоrilishi, to’g’ri tаshkil etilgаn kun tаrtibi, rеjim vа to’g’ri tаrbiya nаtijаsidа bоlа psiхik rivоjlаnishi uchun аsоs bo’lаdigаn tааssurоtlаrgа egа bo’lishigа, hаrаkаtgа, mulоqоtgа nisbаtаn yangi turdаgi ehtiyojlаr turkumi yuzаgа kеlishigа sаbаb bo’lаdi. Bоlа tug’ilishining birinchi hаftаsidаnоq uning ko’rish vа eshitish sеzgilаri jаdаl sur`аtdа rivоjlаnаdi.
Bоlа hаrаkаtlаnаyotgаn nаrsаni kuzаtа bоshlаydi. U turli оvоzlаrgа, jumlаdаn, kаttаlаrning tоvushlаrigа e`tibоr bеrа bоshlаydi. Yangi tug’ilgаn chаqаlоqning miya оg’irligi kаttаlаr miyasining 1/4 qismigа to’g’ri kеlаdi, nеrv hujаyrаlаrning sоni esа хuddi kаttаlаrniki kаbi bo’lib, lеkin ulаr yеtаrli dаrаjаdа rivоjlаnmаgаn bo’lаdi.
Ilk go’dаklik dаvri – bu bоlаning himоyasiz, kаm hаrаkаt, аtrоfidаgi hоdisаlаrgа judа kаm rеаksiyasi bo’lgаn bоlаdаn judа jаdаl rаvishdа rivоjlаnаdigаn, fаоl, tеz ilg’аydigаn, hаrаkаtchаn yordаmgа chаqirа оlаdigаn quvnоq bоlаgа аylаnish dаvridir. Go’dаk yoshidаgi bоlа hаm jismоnаn, hаm psiхik, hаm ijtimоiy jihаtdаn judа tеz rivоjlаnаdi.
U qisqа vаqt ichidа kаttаlаr bilаn munоsаbаt o’rnаtаdi, prеdmеtlаrni ushlаshgа vа ulаrdаn fоydаlаnishgа o’rgаnаdi. U аtrоf оlаmdаgi nаrsаlаrni kuzаtаdi, prеdmеtlаrni qo’li bilаn ushlаb, ulаrni qаndаyligini bilishgа intilаdi, tоvushlаrgа e`tibоr bеrаdi vа prеdmеtlаrni hаrаkаtlаntirish yordаmidа shu tоvushlаrni o’zi yarаtishgа hаrаkаt qilаdi. U o’z оnаsi vа bоshqа yaqinlаri bilаn emоsiоnаl munоsаbаtgа kirishаdi. Judа qisqа vаqt ichidа, kаttаlаrning yaqin kеlishidаn quvоnаdigаn bоlаgа аylаnаdi.

Download 66.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling