Mavzu: Golji aparati Xamidòva Nargiza
Download 0.91 Mb.
|
Golji (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Golji apparati
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu: Golji aparati Xamidòva Nargiza Tel : +998938397722 ADU Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 305- guruh 3-bosqich talabasi Anotatsiya: Golji apparati, plastinkasimon apparat — hamma eukariot hujayralar uchun xos organoid. Golji kompleksini Golji (1898) nerv hujayralarida kashf qilgan. Strukturaviy va funksional birligi — diktiosoma. Hujayra sitoplazmasida birbiri bilan umumiy toʻr orqali bogʻlangan 20 ga yaqin diktiosomalar boʻladi. G.k. koʻpincha sentriollarni oʻrab turadi, hujayraning G.k. joylashgan qismida ribosomalar deyarli boʻlmaydi. Sekretor hujayralarda G.k. hujayraning apikal qismida joylashadi Kalit so’zlar: Naychalar, vezikula, endoplazmatik toʻr, Oqsil va lipidlarKirish: Vezikula (pufakcha)lar endoplazmatik toʻrdan ajralib chiqqach qayerga boradi? Oʻzlarining soʻnggi manzillariga transport pufakchalarida yetib borishlaridan oldin lipid va oqsillar saralanadi va tartiblanadi. Ushbu saralash, yoʻnaltirish, oʻrash va tarqatish jarayonlari Golji apparati (Golji majmuasi) – membrananing yassi disklaridan iborat organellada sodir boʻladi. Golji apparatining qabul qiluvchi tomoni sis qismi, qarama-qarshi tomoni esa trans qismi deb nomlanadi. Endoplazmatik toʻrdan ajralgan pufakchalar sis qismga borib, u bilan birlashadi va ichidagi qismlarni Golji apparatining lumeniga boʻshatadi. Oqsil va lipidlar Golji apparati boʻylab harakatlanadi va turli xil modifikatsiyalarga uchraydi. Qand molekulalarining qisqa zanjirlari qoʻshilishi yoki olib tashlanishi mumkin yoki boʻlmasa fosfat guruhlari ham oʻrash maqsadida biriktirilishi mumkin. Oqsilga qoʻshilayotgan uglevod guruhining (binafsharang) tarmoqchalarini olish va berish jarayoni koʻrsatilgan. Nihoyat, modifikatsiyalangan oqsillar saralanadi (aminokislotalar ketma-ketligi yoki oʻralgan kimyoviy moddalarning turiga qarab) va Golji apparatining trans qismidan ajraluvchi pufakchalarga joylanadi. Ushbu pufakchalarning baʼzilari oʻzining ichidagi qismlarni vakuola yoki lizosoma kabi organoidlarga olib boradi. Qolganlari esa oqsillarni hujayra tashqarisiga ajratib, plazmatik membrana bilan birlashadi. Juda ham koʻp miqdorda oqsil ishlab chiqaruvchi hujayralarda Golji apparatining sisternalari soni boshqa hujayralarga nisbatan ancha koʻp boʻladi. Bunga misol tariqasida hazm qilish fermentlari ajralib chiqadigan soʻlak bezlarini yoki antitana sintezlovchi immun tizimini koʻrsatish mumkin. Bundan tashqari, Golji apparati oʻsimlik hujayralarida polisaxaridlar (uzun zanjirli uglevodlar)ni hosil qilishda qatnashadi. Bu polisaxaridlarning ayrimlari hujayra devorining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Funksiyasi — oqsillarni modifikatsiyalash (glyukozalash, sulfatlash, fosforlash, qisman polipeptid zanjirni parchalash va b.), ajratiladigan mahsulotlarni granulalar holida taxlash, ayrim polisaharidlarni sintezlash, hujayra membranasini hosil qilish, lizosomalarni sintezlash. Oqsillar membranali pufakchalar ichida endoplazmatik toʻrdan G.k. ga oʻtadi. G.k.da ulardan murakkab oqsillar (lipoproteidlar, mukoproteidlar, mukopolisaharidlar) hosil boʻladi. Tayyor mahsulotlar pufakchalarda toʻplanadi. Pufakchalar diktiosomalar uchidagi xaltachalardan sitoplazmaga chiqib, u yerda toʻplanadi yoki mikronaychalar orqali hujayradan tashqariga chiqariladi. Oʻsimlik hujayralarida G.k. hujayra devori tarkibiga kiradigan gemitsellyuloza va pektinni sintezlaydi, polisaharidli shilimshiq modda sintezida ishtirok etadi. Bir hujayrali hayvonlarda G.k. elementlari qisqaruvchi vakuollar hosil qiladi. G.k. granulotsitlar uchun granulalarni va spermiylar akrosomalarini shakllantiradi. Hujayra boʻlinishida G.k. alohida diktiosomalarga ajralib ketib, yangidan hosil boʻladigan hujayralar oʻrtasida tasodifan taqsimlanadi. LizosomalarLizosoma hazm qiluvchi fermentlarni oʻz ichiga olgan organella boʻlib, u hayvon hujayralarida qayta ishlovchi organella vazifasini bajaradi. U eski va keraksiz hujayra qismlarini parchalaydi va bu bilan molekulalardan qayta foydalanish imkonini beradi. Lizosomalar ichki membrana tizimining bir qismidir. Golji apparatini tark etgan ayrim vezikulalar lizosomalar bilan bogʻlanadi. [Nega lizosomalar oʻzini oʻzi hazm qilmaydi?] Lizosomalar hujayra ichiga tashqaridan kelgan yot zarralarni ham hazm qilishi mumkin. Masalan, inson immun tizimining bir qismi boʻlgan, makrofaglar deb nomlanuvchi oq qon hujayralarini koʻrib chiqamiz. Quyida koʻrsatilganidek, fagotsitoz deb nomlanuvchi jarayonda patogenni oʻrab olish uchun makrofag plazmatik membranasining bir qismi ichkariga kiradi. Xulosa . Oʻsimlik hujayralarida Golji kompleksi hujayra devori tarkibiga kiradigan gemitsellyuloza va pektinni sintezlaydi, polisaxaridli shilimshiq modda sintezida ishtirok etadi. Bir hujayrali hayvonlarda Golji kompleksi elementlari qisqaruvchi vakuollar hosil qiladi. Golji kompleksi granulotsitlar uchun granulalarni va spermiylar akrosomalarini shakllantiradi. Hujayra boʻlinishida Golji kompleksi alohida diktiosomalarga ajralib ketib, yangidan hosil boʻladigan hujayralar oʻrtasida tasodifan taqsimlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar Yu.N.Islamov - Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti “Biofizika va informatika” Saidalixodjayeva S.Z. — Toshkent tibbiyot akademiyasi “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” Paul Davidovits. Physics in Biology and Medicine. Fourth Edition, 2013 https://uz.wikipedia.org Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling