Mavzu: G`o`zaning kemiruvchi zarakunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi Reja: Kirish I. Asosiy qism


G’o’zaning so’ruvchi zararkunandalari


Download 105.33 Kb.
bet5/8
Sana11.05.2023
Hajmi105.33 Kb.
#1453452
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi G`o`zaning kemiruvchi zarakunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi

G’o’zaning so’ruvchi zararkunandalari. Zararkunandalarning so’ruvchi og’iz aparati faqat suyuq ozuqani yani o’simliklar shirasini so’rishga moslashgan. Xashorotning bunday og’iz aparati kemiruvchi xashorotlarnikaga o’xhash yani xama bo’laklari mavjud bo’ladi lekin ular ancha cho’zilib xartum xosil qilib so’rishga moslashgan. So’ruvchi zararkunandalarga o’rgimchakkana, shira , trips, qandala, oqqanot xamda sikadalar ( saratonlar ) kiradi.
O’rgimchakkana - ( Tetranychus urticae Koch ) o’rgimchaksimonlilar ( Arachnoidea )sinfiga, Acariphormes turkumiga o’rgimchakkanalar ( Tetranychidae ) oilasiga mansub.
Tarqalishi. O’rgimchakkana keng tarqalgan zararkunanda bo’lib O’rta Osiyo respublikalaridan tashqari ko’pgina Evropa va Osiyo mamlakatlarida xam tarqalgan. AQSH va Afrika mamlakatlarida g’o’zaga oddiy o’rgimchakkanadan tashqari bir necha shu oilaga mansub boshqa kanalar xam zarar yetkazadi.
Tashqi ko’rinishi. O’rgimchakkana juda mayda bo’g’moyoqli jonivorlar namunasi bo’lib uni oddiy ko’z bilan zo’rg’a ko’rish mumkin. Tanasi oval shaklda bo’yi 0,3 - 0,6 mm ga boradi. Uning baxor - yozdagi bo’g’ini ko’kish - sariq, qishlab chiqdiganlari esa to’q sariq qizil bo’ladi. Tanasining yon tomonlaridagi ikkita qoramtir dog’lari yaqqol ko’rinib turadi. Urg’chisi riv ojlanishida tuxun, lichinka, pronimfa, deytonimfa va yetuklik ( imago ) davrlarini kechiradi. Tuxumi yumaloq shaklda bo’ladi. Lichinka pronimfa va deytonimfa shaklarida yetuk zotidan kichikligi bilan farq qiladi. Lichinkada uch juft nimfa va imagoda esa to’rt juftdan oyoq bo’ladi.
Xayot kechirishi. O’rgimchakkana qishlovdan juda barvaqt o’rtacha bir kecha kunduzlik xarorat 7,3C dan oshganda chiqadi. O’rgimchakkananing birinchi bo’g’ini begona o’tlarda ayiqsa qo’ypechak kabi o’tlarda rivojlanadi. Begona o’tlar qurib dag’allashganidan keyin o’rgimchakkana odatda shamol yordamida o’rgimchak iplari vositasida, shuningdek ish qurollari va xakozolar yordamida tarqaladi. SHu boisdan dastlab g’o’za va boshqa ekinlarning chekka tomonlari zararlanadi. Dalalarning yo’l yoqalaridagi ekinlar kanadan eng ko’p shikastlanadi. Chunki yo’l changi o’rgimchak iplariga o’rnashib ularni tabbiy kushandal aridan ximoya qiladu, bunday o’simliklardagi zararkunandaga akaritsitlar xam yaxshi tasir qilmaydi. O’rgimchakkana yozda ( iyun - avgust ) 8 - 12 kunda, may oyida esa 25 - 30 kunda bir bo’g’in berib rivojlanadi. Ob - xavo sharoiti xamda g’o’zaning turiga qarab 12 tadan 20 tagacha avlod beradi. Rivojlanish vaqtida ularning 40 % dan ko’prog’I tabbiy ravishda qirilib ketadi. Urg’ochisi o’rta tolali g’o’za navlarida 100 - 160 tagacha tuxum qo’yadi va 30- 40 kun xayot kechiradi. Ingichka tolali navlarida esa 40 - 50 ta tuxum qo’yib 10 - 50 kun yashaydi, begona o’tlarga 30 tagacha tuxum qo’yadi va 10 kundan ziyotroq umur kechiradi. O’rgimchakkana uchun xarorat 26 - 33C xavoning nisbiy namligi 55 - 60 bo’lishi eng mo’tadil sharoit xisoblanadi.
Zarari. O’rgimchakkana g’o’za va ko’pgina boshqa ekin va daraxtlar uning ashaddiy va doimiy zararkunandasidir, u xammaxo’r zararkunanda bo’lib o’simliklarning 200 dan ortiq turida daraxt va butalarning 38 turida xamda ekinlarning 40 dan ortiq turida uchraydi. G’o’za sabzavot, poliz, dukkakli ekinlar, yeryong’oq, gul va bog’zorlar shular jumlasidandir. Kana asosan barglarning orqa tomiga joylashib un ga shikast yetkazadi, bargni juda ingichka kulrang o’rgimchak iplari bilan o’raydi. Uning nomi xam shunga qarab qo’yilgan. O’rgimchakana og’iz apparatining xeliseralarini xujayraga sanchib kiritib undagi moddalarni so’rib oziqlanadi. Zararlangan barglarning ustki tomonida och tusli qattiq zararlangan joylarida esa qo’ng’ir va qizg’ish dog’lar paydo bo’ladi. Kuchli shikastlangan burglar to’kiladi, o’simlik yalong’ochlanadi va juda majmag’il bo’lib qoladi.

G’ozani kemiruvchi zararkunandalari va qarshi kurash choralari. G’o’za tunlami, yoki boshqacha aytganda, ko’sak qurti g’o’zaning eng muhim asosiy zararkunandalaridan biri hisoblanadi. U 120 dan ortiq o’simliklarda rivojlanadi va zarar keltiradi. O’zbekistonda bu zararkunanda keng tarqalgan bo’lib, g’o’za makkajo’xori, pomidor, oshqovoq va boshqa ekinlar hosiliga katta zarar yetkazadi (Nasriddinov K.1970 y). G’o’za tunlamining biologiyasi, ko’pchilik olimlar tomonidan o’rganilgandir. Plotnikov (1928), Narziqulov (1981), Xo’jayev (1991y) ma’lumotlariga ko’ra agarda bir o’simlikda g’o’za tunlami ikki avlodi rivojlanish davrida bir dona lichinkasi bo’lganda hosildorlik 3 – 9% ga kamayadi. Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida kapalaklarning birinchi ko’plab uchish davri paxta shonalayotganida (20 may bilan 20 iyun o’rtasida) boshlanadi (Rodd, Glushenkov, Somov, Yevstropov).
Kapalaklar 5—10 sm chuqurlikdagi tuproq 200 gacha isigandan keyin 5—10 kun o’tgach g’umbakdan chiqa boshlaydi. Qishlab chiqqan g’umbaklarning bir qismi may oxiri—iyun o’rtasi va hatto oxirigacha diapauzaga kiradi (Lozina Lozinskiy, Rodd, Glushenkov). Markaziy Osiyo o’simliklarni himoya qilish stansiyasining kuzatish natijalariga ko’ra (Glushenkov), ko’sak qurti kapalaklarining birinchi ko’plab uchishi havoning o’rtacha sutkalik harorati 15°S dan yuqori bo’lganida boshlanadi; qishlayotgan g’umbaklar harorat 15°S dan past bo’lmaganida yaxshi rivojlanadi. Xorchenko K. I. (1958) fikriga ko’ra o’rtacha harorat issiqlikda g’o’za tunlamining bir avlodi 5500 S samarali haroratda to’liq fazalarini o’tab chiqadi. Nasrullayev D.N. (1992) ma’lumotiga ko’ra Samarqand viloyatining janubiy tumanlarida g’o’za tunlami 4 avlod berib shimoliy tumanlarida esa 3 avlod berib rivojlanadi.
Alimuhamedov S.N. va boshqalar (1991) ta’kidlashicha g’o’za tunlami bilan Surxondaryo, Farg’ona va Andijon viloyatlarining ko’p qismi doimo zararlanib turadigan hudud hisoblanadi. G’o’za tunlamining zararlilik darajasi ko’pchilik olimlar tomonidan o’rganilgandir. Toleniy V. I. va boshqalar fikricha (1976) hamdo’stlik mamlakatlari uchun g’o’za tunlamiga bir xil chegara tavsiya etiladi. Bunda 100 ta o’simlikda 10 ta g’o’za tunlami lichinkasi bo’lsa, himoya choralari ko’rish zarurati tug’iladi. Keyingi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, har bir hudud uchun g’o’za tunlamini zararlanish iqtisodiy chegara mezoni o’zgarib turar ekan.
Xo’jayev Sh.T (1991) fikricha O’zbekiston sharoitida g’o’za tunlamini zararlilik iqtisodiy chegarasi o’rtacha 100 o’simlikda 8 – 12 dona g’o’za tunlamining lichinkasi bo’lganda hisoblanadi. Ko’pchilik olimlarning fikricha g’o’za tunlamining bir dona qurti o’zining rivojlanish davrida o’simlikni 20 dan ortiq hosil organlarini zararlaydi (Nasriddinov 1976, Jumanov1989, Tonxiy 1988, Xo’jayev 1991). Shuning uchun ham zararkunandaning zararlilik chegarasining aniqlash muhimdir, shunda ularga qarshi qo’llanilgan kurash chegaralari iqtisodiy jihatdan o’zini oqlaydi. Alimuhamedov S. N. va boshqalar (1991) fikriga ko’ra O’zbekiston sharoitida ko’sak qurtini hisobiga bir g’o’za hosili 35% gacha yo’qotiladi. G’o’zani himoya qilish tadbirlarini unumli va samarali amalga oshirish g’o’za hosilini saqlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Endilikda g’o’zani umumiy himoya qilish ham tubdan o’zgarmoqda. Bunda uyg’unlashgan himoya qilish usulidan foydlanishga katta e’tibor berilmoqda. Bu himoya uslubida barcha kurash choralarini nav belgilab kerakli vaqtda qo’llash tavsiya etiladi. Xo’jayev Sh.T. (1978) ma’lumotiga ko’ra g’o’za maydonlarida qo’llaniladigan kimyoviy moddalar 4 – 5 % gacha hosildorlikni oshiradi. Hozirgi vaqtda g’o’za tunlamini o’simliklarda aniqlash uchun va kurash choralarini muddatini va turini belgilash uchun feromon tutqichlar tarqatilib amaliyotda keng qo’llanilmoqda.
Alimuhamedov S. N. va boshqalar (1991) ta’kidlashicha bu usul 1986 – 1988 yillarning har birida O’zbekistonda 400 – 500 ming gektarda ishlatiladi. Bu usulni g’o’za dalalarida qo’llash trixogramma va brakon samaradorligini oshirishga yordam beradi. Hozirgi vaqtda g’o’za tunlamiga qarshi kurashda biologik kurash uslubiga katta e’tibor berilmoqda. Bu kurashning boshqa kurashishlardan afzalliklari shundaki ular zararkunandlarni yo’qotish bilan birga tabiat uchun bezarar hisoblanadi. Ko’pchilik olimlarning fikricha faqatgina g’o’za tunlamining o’zida 150 dan ortiq foydali kushandalar aniqlangan.
Ammo zararkunandalarni yo’qotishda amaliy ahamiyatga molik turlar uncha ko’p emas (Xo’janov1989, Alimuhamedov S. N. Xo’jayev Sh.T. 1991). G’o’za tunlamiga qarshi biologik kurashda asosan foydali hasharotlar, trixogramma va brakon keng qo’llanilmoqda. Vilkadarov (1983) ma’lumotiga ko’ra trixogrammani 25 – 28% issiqliqdan 60-70% nisbiy namlikda g’o’za tunlamini tuxumini yo’q qilishda faolligini oshiradi. Trixogrammani zararkunandalarni tuxumini yo’qotishda roli haqida ko’pchilik olimlar ish olib borganlar (Alimuhamedov S. N.1981, Nasriddinov 1982, Xo’jayev 1991, Adashkevich, Rashidov1986). Trixogrammani o’zi hayoti davomida 40% dan 100% gacha g’o’za tunlamining tuxumini yo’qotishi mumkin (Adilov 1979, Haydarov 1986). Mirzayeva X.R. (1986) ma’lumotiga ko’ra 100 ta o’simlikda 1 – 2 dona g’o’za tunlamini tuxumi paydo bo’lganda unga qarshi trixogrammani qo’llash tavsiya etiladi.
Hozirgi davrga kelib ko’pchilik olimlar tomonidan yana boshqa trixogramma qo’llash usuli tavsiya etilmoqda. Bunda asosan g’o’za tunlami kapalagi ucha boshlaganda feromon tutqichlardan foydalanib, agar bir kecha - kunduzda g’o’za tunlami kapalagi feromon tutqichlarga 2 - 3 ta tushganda trixogrammani qo’llashni tavsiya etadi (Borsayev 1987,Xo’jayev 1991, Xushvaqtov 1994). Respublikamizda g’o’za tunlamini qurtiga qarshi brakon ham keng qo’llanilmoqda. Brakon birinchi bo’lib N. A. Telenga tomonidan, keyinchalik V. I. Tobios (1963) tomonidan ham tasdiqlangan. Xo’jayev fikriga ko’ra brakon g’o’za tunlamini 20 – 45% gacha yo’qotishga yordam beradi. Hozirgi kunda g’o’za tunlamiga qarshi kurashda biologik kurash usuliga katta e’tibor berilmoqda. Biologik kurashning boshqa kurash usullaridan afzalliklari shundaki, ular zararkunandalarni yo’qotish bilan bir qatorda tabiatga umuman zarar yetkazmaydi. Bu usulni g’o’za dalasida qo’llash trixogramma va brakon samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi. Ko’pchilik olimlarni fikricha, faqatgina g’o’za tunlamini o’zidan 150 dan ortiq foydali kushandalar aniqlangan.
Ammo zararkunandalarni yo’qotishda amaliy ahamiyatga molik turlari uncha ko’p emas (Jumanov 1989y., Alimuhamedov, Xo’jayev 1991 y). G’o’za tunlamiga qarshi biologik kurashda trixogramma va brakon keng qo’llanilmoqda. Pestisidlarni keng ko’lamda ishlatilishini zararli oqibatlari ma’lum bo’lmoqda. Kimyoviy zararlangan moddalarni surunkasiga ishlatilishi natijasida atrof muhit, suv va havo hayvonot olami zararlanib, insonlar salomatligiga katta zarar yetkazmoqda. Shuning uchun keyingi yillarda g’o’za zararkunandalariga qarshi kurashda o’yg’unlashgan kurash uslubida zararkunandalar sonini kamaytirish bilan birgalikda tabiatdagi barcha foydali hasharotlarni rivojlanishiga va o’simlikni yaxshi rivojlanishi sharoiti yaratib beriladi. Jumanov B.J. (1989) fikricha shulardan 9 – 10% hosilga sezilarli miqdorda zarar yetkazuvchi hasharotlar hisoblanadi. Qolgan 25 – 30% zararkunandalarga qirg’in keltirib, faqat ular hisobiga yashovchilar hisoblanadi.
G’o’zaga zarar keltiruvchi zararkunandalar ichida ayniqsa g’o’za tunlami katta zarar keltiradi. Bu zararkunanda o’zining yashash va rivojlanish davrida 20 – 22 tagacha g’o’za hosil organlariga zarar keltiradi. Agar bu zararkunandaga o’z vaqtida himoya choralarisi qo’llanilmasa g’o’za hosilini 35 – 50% gacha yo’qotishi mumkin. Kuzgi tunlam ba’zan deyarli barcha dala va sabzavot ekinlariga anchagina zarar yetkazadi. Bu qurt, ekilgan urug’larni va yosh maysalarning ildiz bo’g’zichasiga yaqin qismlarini kemirib yeyish yo’li bilan g’o’za va kunjut ekinlariga ayniqsa qattiq ayniqsa kattiq zarar yetkazadi. Nihoyat kuzgi tunlam ba’zan ildizlarning ustki qismlarini kemirib ularga ham zarar yetkazadi. Kuzgi tunlam Toshkent va Xorazm viloyatlarida ko’proq zarar yetkazadi. Bir qator taqiqotchilar fikricha kuzgi tunlam zararkunandasi har – xil o’simliklar hosilini 10% va undan ziyodini nobud qilishi mumkin: Kimsanboyev X.X. va boshq.(2002), Alimuhamedov S.N., Xo’jayev Sh.T., (1979), Alimuhamedov S.N. Xo’jayev Sh.T., (1980), Yaxontov V.V., (1962), Pavlov I. F. (1987), Kimsanboyev X.X. (1994), Hasanov B va boshqalar (2002). Kuzgi tunlam Uzoq Shimoldan tashqari butun Yevropada, markaziy Osiyo, Kavkaz orti, Afg’oniston, Eron, Shimoliy – G’arbiy Hindiston va Sharqiy Afrikada uchraydi. Osiyoda yanvar izotermasi 200 S dan past bo’lgan joylarda bu qurt bo’lmaydi. Kuzgi tunlam - O‘зbekistonda keng tarqalgan bo‘lib, uning qurtlari 34 ta oilaga mansub bO‘lgan yuzlab tur o‘simliklarga zarar etkaзadi. Kapalaklarning oldingi qanoti sarg‘ish kulrang, orqa qanoti to‘q tomirli oq tusda. Oldingi qanotining asosiga yaqin joyda ponasimon qoramtir dog‘i, markazda yumaloq, undan biroz yuqoriroqda buyraksimon dog‘i bor. Qurtlari 5 ta yoshni boshdan kechiradi. 5 yoshlik qurtlik fazasida tuproqning 5-15 sm chuqurlikda qishlaydi. (1.6 rasm). Kapalaklari o‘rtacha 500-600 tagacha tuxum qo‘yadi.
O‘zbekiston sharoitida 3 marta avlod beradi. Birinchi avlod qurtlari g‘o‘zaga jiddiy zarar yetkazadi. Kurash choralari.Agrotexnik tadbirlar: yerni kuzgi chuqur shudgorlash; erta baxorda begona o‘tlarga qarshi kurashish; tuproq sharoiti ko‘targan joyda g‘o‘za maysalarini qator oralab yengil sug‘orish va almashlab ekish. Biologik usul: feromon tutqichlardan (FT) foydalanib, har 1 tutqichda 1 kechada o‘rtacha 2-3 kapalak tusha boshlashi bilan shu paykalga trixogramma kushandasini xar gektar maydonga 1 gr.dan dalaga chiqariladi; Katta yoshdagi qurtlariga qarshi brakon entomofagi 1:10, 1:20 nisbatlarda dalaga tarqatish. Kimyoviy usul: agarda har 1 m2 dagi qurt soni o‘rtacha 1-1.5 taga bo‘lsa quydagi piretroidlardan birini ishlatish kerak: Detsis 2,5% k.e. – 0.7 l/ga, siraks 25% k.e. – 0.3 l/ga, vanteks 6%sus.k. – 0.25-0.3 l/ga. qo‘llash. Bunda, dori sepilgach, dalaga ariq olib, suv quyish samarani oshiradi.
Kuzgi tunlam qurtlariga qarshi Gaucho 70% n.k. 5 kg/t, orten 70% e.k. 4 kg/t va marshal 40% n.k. 15-20 kg/t. preparatlari bilan chigitni dorilab ekish xam yaxshi samara beradi. G‘o‘za tunlami (ko‘sak qurti) - G‘o‘zaning guli, shonasi va ko‘saklarni зararlaydi. Kapalaklarni oldingi qanotlari sarg‘ish kul-rang tusda bo‘lib, baъзan qiзg‘ish qo‘ng‘ir yoki pushti, yoxud ko‘kish rangda tovlanib turadi (1.7 rasm). Xar bir o‘simlik o‘suv nuqtasiga bittadan tuxum qo‘yadi. Tuxumlari gumbaзsimon. Xayoti davomida o‘rtacha 400 tadan 2000 tagacha tuxum qo‘yadi. qurtlarini tanasi och yashil, ko‘kish sarg‘ish rangdan tortib, qoramtir ranggacha bo‘ladi. Tanasining yonlari bo‘ylab to‘lqinsimon chiзiqlar o‘tadi. O‘зbekistonning shimoliy tumanlari-da 3-4 ta, janubiy tumanlarida esa 4-5 ta avlod beradi. Ko‘sak qurti kuзda qaysi o‘simliklarda oзiqlangan bo‘lsa, shu o‘simlikka yaqin joyda g‘umbaklari tuproqning 10-15 sm chuqurligida qishlovga ketadi. Kurash choralari. Agrotexnik tadbirlar: erni kuзgi chuqur shudgorlash; зararlanadigan ekinlarni bir-biridan uзoqroq joylashtirish; g‘o‘зa qator oralariga ishlov berish; chekankada o‘simlikning o‘sish nuqatasini fartuklarga yig‘ib chetga olib chiqib tashlash; g‘o‘зani ortiqcha sug‘orib g‘ovlashiga yo‘l qo‘ymaslik.
Biologik usul: har 2 gektar g‘o‘зa maydoniga 1tadan feromon tutqich o‘rnatish va 1ta tutqichga bir kechada 2-3 ta kapalak tushganda 4-5 kun oralatib 3 marta trixogramma tuxumxo‘ridan har gektariga 1grammdan 5x5 sxemada 400ta nuqtaga зararkunandaning har bir avlodiga qarshi chiqarish. Ko‘sak qurtining o‘rta va katta yoshdagi qurtilariga qarshi brakon entomofagidan 1:20; 1:10; 1:5 nisbatlarda зararkunandaning har avlodiga qarshi 3 martadan 4-5 kun oralab 10x10m sxemada chiqarish. Ko‘sak qurtining kichik yoshdagi qurtlariga va tuxumiga qarshi oltinko‘з entomofagining 3-4 kunlik tuxumidan gektariga 500 tadan 1500 tagacha chiqarish ham yaxshi samara beradi.
Kimyoviy usul: zararkunandaning miqdori har 100 ta o‘simlikka 8-10 ta yosh qurtlari va tuxumi to‘g‘ri kelganda foydali xasharotlarga kam зararli bo‘lgan Avaunt 15% li sus.k. 0,4-0,45 l/ga; siperfos 55% em.k. -1,5l/ga; deltafos 36% em.k.-1,5 l/ga; politrin 35% em.k.-1l/ga; karate 5,0% em.k va uni analoglari 0,5 litr ga, mospilan 20% n.k. -0,3 l/ga; Nurell-D 55% em.k. -1,5l/ga; sumi-alfa 20% em.k.- 0,15 l/ga va boshqa ruxsat etilgan dorilar bilan ishlov berish tavsiya etiladi. Karadrina - Karadrina qurtlari o‘simlik barglarini зararlaydi. Gamma tunlami, o‘tloq parvonasi ham shunday зarar etkaзadi. Karadrina havfli зararkunandalaridan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan nihoyatda ko‘payib ketadi. Зararkunanda 70 turga yaqin ekinni зararlaydi (1.8-rasm). Uning yosh qurtlari o‘simlik bargini qirtishlaydi, katta yoshdagilari esa kemiradi va barglarni teshadi. U barg chetlarini ham kemiradi. Зararkunanda baъзan novdalar, hatto hosil organlarini ham зararlaydi. Karadrina O‘зbekistonda 6 martagacha avlod beradi, bir avlodi 30 kunga qadar rivojlanadi. Зararkunandaning qishki uyqudan chiqqan kapalaklari 2000 tagacha, keyingi bo‘g‘in kapalaklari esa 300 dan 600 tagacha tuxum qo‘yadi. Kurash choralari. Agrotexnik tadbirlar: Erni kuзga chuqur shudgorlash; zararlanadigan ekinlarni bir-biridan uзoqroq joylashtirish; g‘o‘зa qator oralariga ishlov berish; begona o‘tlarga qarshi kurash. Biologik usul: tuxumiga qarshi 4-5 kun oralatib 3 marta trixogramma tuxumxo‘ridan har gektariga 1grammdan 5x5 sxemada 400ta nuqtaga зararkunandaning har bir avlodiga qarshi chiqarish. Karadrinaning o‘rta va katta yoshdagi qurtilariga qarshi brakon entomofagidan 1:20; 1:10; 1:5 nisbatlarda зararkunandaning har avlodiga qarshi 3 martadan 4-5 kun oralab 10x10m sxemada chiqarish. Karadrinaning kichik yoshdagi qurtlariga va tuxumiga qarshi oltinko‘з entomofagining 3-4 kunlik tuxumidan gektariga 500 tadan 1500 tagacha chiqarish ham yaxshi samara beradi.
Kimyoviy usul: har o‘simlikda 1-2ta qurt yoki o‘simlik bilan barg plastinkasining 10% зararlanganda Avaunt 15% li sus.k. 0,4-0,45 l/ga; siperfos 55% em.k. -1,5l/ga; deltafos 36% em.k.-1,5 l/ga; politrin 35% em.k.-1l/ga; Detsis 2,5% k.e.- 0,7l/ga, mospilan 20% n.k. -0,3 l/ga; Nurell-D 55% em.k. -1,5l/ga; sumi-alfa 20% em.k.- 0,15 l/ga va boshqa ruxsat etilgan dorilar bilan ishlov berish tavsiya etiladi. O‘rgimchakkana (Tetranchus urticae Koh). Bu g‘o‘zaning ashaddiy va doimiy tushadigan зararkunandasi hisoblanadi, paxta o‘stirilayotgan hududlarda keng tarqalgan, hammaxo‘r зararkunandadir. U 248 tur o‘simlik bilan oзiqlanib shundan 173 tasi begona o‘tlar, 38 turdagi butalar 37 turdagisi qishloq xo‘jalik ekinlaridir. G.YA Bey - Bienko, O.A Skarikova (1958 y) fikriga ko‘ra o‘rgimchakkana g‘o‘зaning asosiy зararkunandalaridan biri bo‘lib, bundan tashqari u boshqa o‘simliklarda ham ko‘p miqdorda ayniqsa begona o‘tlarda uchraydi. U bilan зararlangan g‘o‘зa barglari asta - sekin qiзara boshlaydi va nobud bo‘ladi. Barglarning pastki tomonida ingichka o‘rgimchak ini paydo bo‘ladi. Зararlangan o‘simliklarda gullari shonalari to‘kilib ketadi.
O‘rgimchakkanaga tegishli maъlumotlarni ko‘p olimlarni iзlanishlaridan olishimiз mumkin (A.G.Kosobutskiy 1930, 1934, 1974, B.A.Tibilova 1935y, V.G.Uspenskiy 1951, 1960, 1962, 1965y). Bu olimlarni iзlanishlarida o‘rgimchakkananing qishlash davri, qishlash davridan chiqish davri oзiqlanish vaqti tuxum qo‘yish vaqtlari yoritilgan. Bu зararkunanda to‘g‘risida O‘зbekiston olimlari ham ko‘p maъlumotlarni bergan. S.Alimuhamedov, SH.Xo‘jaev (1991y) maъlumot berishicha o‘rgimchakkana yoзda iyun, iyul, avgust oyining 8-10 kunligida may oyida 15-20 kunda rivojlanadi. Yil mobaynida geografik ob - havo sharoitida hamda g‘o‘зaning turiga qarab 12-20 tagacha avlod beradi. SHundan 8-12 ta avlodini iyul avgust oylari mobaynida avlod beradi.
Rivojlanish vaqtida ularning 40% va undan ko‘prog‘i tabiiy ravishda qirilib ketadi. S.Alimuhamedov, B.Adashkevich, З.Odilov, SH.Xo‘jaev (1990y) taъkidlashicha, o‘rgimchakkana uchun harorat 26 – 33 0 S havoning nisbiy namligi 55-60 % bo‘lishi optimal sharoit hisoblanadi. YOзda harorat pasayib ketganida yog‘ingarchilik bo‘lib, shabnam o‘rgimchakkanalar sonini kamaytiradi. Kuз yaqinlashgan sariq g‘o‘зada to‘q sariq qiзil rangli urg‘ochi o‘rgimchakkana paydo bo‘ladi, ular diapauзaga tayyorlanadi.
O‘tlarda esa ular noyabrda ham sarg‘ish yashil rangdaligicha qoladi. S.I.Alimuhamedov, F.M.Uspenskiy, З.K.Odilov (1989y) ko‘rsatkishicha o‘rgimchakkananing lichinka va limfalari etuk imagosidan kichik hajmli bilan ajralib turadi. Lichinkalarning sanchuvchi tuklari (xelitser) 100 105, imagolariniki esa 116 -120 mk keladi. A.A.Kan, CH.N.Kim (1988y) maъlumotlarga ko‘ra, barqaror chidamlilik 228 xil hasharot va kanalar uchun maъlum, shulardan 125 tasi o‘simlik зararkunandalari hisoblanadi. Zarar yetkazishi bo‘yicha olim entomologlarning hisobiga ko‘ra o‘rgimchakkanalar birinchi o‘rinda turar ekan. V.V.YAxontov (1930y) kuзatishicha ayrim g‘o‘зa navlari shira bilan kam зararlanagan ekan, bunga asosiy sabab g‘o‘зani erta ekish, shirani rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilmaganligidir. V.V. YAxontovni (1931y) kuзatishicha, sertukli g‘o‘зa navlari shiraga va o‘rgimchakkanaga chidamli ega ekan. Shunday qilib g‘o‘зani so‘ruvchi зararkunandalarga chidamli xususiyatlari ko‘p sabablarga, har tomonlama murakkab jarayonlarga bog‘liqdir.
G‘o‘za va boshqa ekinlari зararkunandalardan himoya qilish bugun bir sistemaga asoslanadi. Bu sistema tashkiliy xo‘jalik, agrotexnika, karantin, biologik va kimyoviy tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur tadbirlarning hammasi зararkunandalarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka va ularni kirib tashlashga qaratilgan. Zararkunanda hasharotlarning og‘iz apparatining keng tarqalgan tipi so‘ruvchi, kemiruvchi va sanchib so‘ruvchilardir. G‘o‘za zararkunandalari so‘ruvchi va kemiruvchi tipga mansub. G‘o‘za uchun o‘rgimchakkana, shira (poliз, akatsiya, katta g‘o‘зa shirasi), tamaki tripsi va kemiruvchilar kuzgi tunlam, g‘o‘za tunlami (ko‘sak qurti), karadrina, chigirtkalar jiddiy xavf tug‘diradigan зararkunandalardir. (E.T.SHayxov, N.Normuhammedov. va boshqalar 1990y)


Download 105.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling