Mavzu: G`o`zaning kemiruvchi zarakunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi Reja: Kirish I. Asosiy qism


Download 105.33 Kb.
bet2/8
Sana11.05.2023
Hajmi105.33 Kb.
#1453452
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi G`o`zaning kemiruvchi zarakunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi

I. Asosiy qism
1.1 G`o`za haqida umumiy ma`lumot
G‘o‘za - har tomonlama foydalaniladigan ekin, uning mahsulotidan sanoatning ko‘p tarmoqlarida foydalaniladi. Ammo bu o‘simlik asosan to‘qimachilik sanoati uchun qimmatli ashyo-tola olish maqsadida ekiladi. Bir tonna paxta xom ashyosidan o‘rtacha 320-340 kg tola, 560-580 kg chigit olinadi. 340 kg toladan o‘z navbatida 3500-4000 m gazmol, 580 kg chigitdan esa 112 kg moy, 10 kg sovun, 270 kg kunjara, 170 kg shyluxa va 8 kg momiq ishlab chiqariladi. Paxta tozalash sanoatining chiqimlaridan izolyasiya to‘qimasi, sun’iy ipak, sinmaydigan shisha, qog‘oz va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
G‘o‘za va uning tolasi to‘g‘risida ma’lumotlar zig‘ir (tolasi) dan ancha kechroq aniqlangan. Hindistonda bu ekin qadimdan ma’lum bo‘lgan (eramizdan 2500 yil oldin). Hindiston bilan bir qatorda bu ekinning manbai bo‘lib Amerika hisoblanadi. Xitoyga g‘o‘za ekinining kiritilishiga pilla ishlab chiqaruvchilarning qarshi chiqqanligi ta’sir qilgan deb hisoblanadi. Yunonliklar «junni daraxtda o‘sishi» to‘g‘risida aytishlari bilan bir vaqtda Xitoy sayohatshilari «ipak hosil qiluvchi o‘simlik» haqida xabar yetkazganlar. Oltinchi asr Xitoy yilnomalarida Turkiston to‘g‘risidagi yozuvda quyidagilar aytib o‘tiladi: - “u yerda ipak pillasiga o‘xshash meva hosil qiladigan o‘simliklar bor va pillasining ichida ipak tolasi bo‘lib, undan mahalliy xalq mayin va oq gazlama to‘qiydilar va bozorga yuboradilar”.
Paxta tolasidan yuqori sifatli tekstil va texnik mahsulotlari ishlab chiqarilganligi uchun ham sun’iy tolalardan farq qiladi va universal xom ashyo beruvchi tabiiy tolalar guruhiga mansubdir.
Dunyo miqyosida to‘qimachilik tolasi ishlab chiqarishda paxta ulushiga 50-60 % dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Paxta tolasidan asosan ip yigiriladi, to‘qimachilik buyumlari, kiyim va gigroskopik paxta tayyorlanadi. Undan aviasiya, avtomobil, elektr va boshqa sanoatlarda keng foydalaniladi. Toladan parashyutlar, baquvvat iplar, kirza, shlanglar, qayish, shina, rasm plyonkalari, yozuv qog‘ozlari kabi ko‘plab mahsulotlar tayyorlanadi.
Chigitning tarkibida 20-28 % moy saqlanadi, shibbalash va ekstraksiya qilish yo‘li bilan paxta moyi olinadi. Paxta moyi oziq- ovqat uchun keng miqyosda foydalaniladi.
Paxta moyidan gliserin, stearin, alif, lak, emal va boshqa xil mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Chigit tarkibida gossi- pol pigmenti (zaharli organik birikma) bo‘lib, moy olish jarayonida ajratib olinadi va undan ham, har xil sintetik moddalar ishlab chiqariladi. Moy ishlab chiqarish sanoatining chiqitlaridan sovun tayyorlanadi. Moyi ajratib olingandan so‘ng qoladigan kunjara chorva mollariga ozuqa sifatida va o‘g‘it uchun foydalaniladi. Chigit po‘sti (shyeluxa)si va shroti chorva mollari uchun ozuqa bo‘lishdan tashqari, sanoatda potash, ochlovchi moddalar, spirt, qog‘oz, karton va boshqa ko‘plab mahsulotlar olinadi. Hatto g‘o‘za shrotidan fitin va oziq-ovqat oqsili ajratiladi.
G‘o‘za poyasidan 100 dan ko‘proq birikmalar olinishi mumkin. Bargidan 20 xil organik kislotalar, jumladan qimmatli olma va limon kislotalari olinadi. Shuningdek, vitaminlar, stimulyatorlar, aminokislotalar, mikroelementlar ham paxta tozalash zavodlarining chiqitlarida uchraydi.
Shuvalangan poyasi va chanoqlardan yoqilg‘idan tashqari qurilish ashyosi sifatida keng foydalanish ahamiyatlidir. Undan presslangan fanerlar, yog‘ochlar, mebel yasash uchun kerakli ashyolar tayyorlanadi. Shuningdek qog‘oz, karton, sellyuloza ham olinadi. Maydalangan g‘o‘zapoyasi o‘g‘it va fermentlash yo‘li bilan yem-xashakka aralashgan holda chorva mollari uchun ozuqa sifa­tida ham foydalanish mumkin.
Seleksiyaning paydo bo‘lish va rivojlanish jarayonida o‘simliklaming yangi navlarini yaratishning bir qancha usullari ishlab chiqilgan hamda amalda keng qo‘llanilgan. Seleksiyaning mavjud usullari analitik va sintetik xillariga bo‘linadi.
Tabiatda mavjud bo‘lgan o‘simlik populyatsiyalari yoki mahalliy navlardan tanlash yo‘li bilan yangi nav yaratish seleksiyaning analitik usuli hisoblanadi.
Mahalliy navlar xalq seleksiyasi mahsuli bo‘lib, ular o'zining kelib chiqishi bilan bog‘liq ijobiy belgi va xususiyatlarga ega. Ular mahalliy noqulay sharoitlarga, qurg‘oqchilikka, sovuqqa, qishga, garmselga, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo;lishi bilan yaxshi sifatli hosil beradigan navlardir. Dehqonlar bu navlami ko‘p asrlar davomida yaratib, ko‘paytirib kelganlar.
Mahalliy navlar o‘zining ahamiyati va qimmatli xususiyatlari bilan seleksion navlar bilan teng baholanadi. Ular seleksiya ning oltin fondini tashkil qiladi.
Mahalliy navlar asosida ko‘p seleksion navlami yaratish imkoniyatlari o‘simliklami tashqi muhitda tabiiy tanlanish va sun’iy tanlash natijasida vujudga kelgan.
Analitik seleksiyaning mohiyati mahalliy navlaming kelib chiqichiga asos solgan tizmalaming tahlili bilan bog‘liqdir. Saratov- lik atoqli seleksioner olim A.P.Shexurdin analitik seleksiyaning asoschisi bo‘lib hisoblanadi.



1-rasm. G`o`zaning ko`rinishi


Download 105.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling