Mavzu; Grafika va multimediani dasturlash tizimlarida qo’llash. Reja


Download 157.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi157.23 Kb.
#1154052
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu; Grafika va multimediani dasturlash tizimlarida qo’llash



Mavzu; Grafika va multimediani dasturlash tizimlarida 
qo’llash. 
 
Reja : 
 
 
1. 
Grafika haqida qisqacha malumot
2. 
Multimedia haqida ma’lumot
3. 
Grafika va multimediani dasturlash tizimlarida qo’llash. 
 


Grafika (yun. graphike, grapho — yozaman, chizaman) — tasviriy sanʼat turi. 
Rasm va rasm sanʼatiga asoslangan, lekin oʻz tasvir va ifoda vositalariga ega 
boʻlgan bosma badiiy asarlar. "G." termini dastlab xat va xattotlik sanʼati 
maʼnosida qoʻllangan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridan yangi maʼno kasb etdi, 
poligrafiya sanoatining rivoji, fotomexanikaning vujudga kelishi bilan G. tasviriy 
sanʼat turiga aylanadi. Asosiy turlari: dastgohli G. (amaliy ahamiyatga ega 
boʻlmagan, mustaqil rasm, estamp, lubok), kitob, gazeta-jurnal G.si (illyustratsiya, 
bosma mahsulotlarni bezash, ularni shakllantirish), amaliy grafika (sanoat G.si, 
pochta markalari, ekslibris), plakat. Ifoda vositalari: kontur chiziq, shtrix, dog 
(qora, rangdor), varaq zamini (koʻpincha oq qogʻoz). G.ning uslubiy vositalari 
turli-tuman: naturaga qarab tez chiziladigan xomaki chizgilar, etyud, eskizlardan 
tortib, to puxta oʻylab, mulohaza yuritib ishlanadigan kompozitsiyalar (biror xrlat, 
manzara tasvirlangan; bezak maqsadiga xizmat qiladigan; shrift 
kompozitsiyalari)gacha. G. asarlari, mahsulotlari tez tayyorlash imkoni, sikl va 
turkumlar yaratish mumkinligi, tashviqot va targʻibotga mosligi va boshqa Uni 
tasviriy sanʼatning eng ommaviy muhim sohasiga aylantirdi. Texnikasi jihatidan G. 
2 turga ajratiladi: qoʻlda chiziladigan rasm va matbaada chop qilinadigan, koʻp 
nusxada nashr etiladigan bosma mahsulotlar (gravyura, litografiya, monotipiya va 
shahri k.). Rangtasvir bilan G. chegarasidagi akvarel, guash, pastel rang-tasvirga 
ham, G.ga ham mansub boʻlishi mumkin. Birinchisining tarixi juda qad. boʻlib 
ibtidoiy odamlar gʻor devorlariga, qoyatoshlarga chizib qoldirgan ibtidoiy sanʼat 
namunalaridan boshlanadi. Ikkinchisi, asosan, poligrafiya rivoji bilan bogʻliq, lekin 
poligrafiya sanoati vujudga kelishidan ancha oldin ham Xitoyda 6—7-asrlar 


(Yevropada 14—15-asrlar)da gravyura ishlangan. Litografiya esa 19-asrdagina 
vujudga keldi. 
G. ishlatiladigan asosiy sohalardan biri kitob boʻlib, oʻrta asrlarda vujudga kelgan 
xattotlik va kitob yaratish ishining sanʼatga aylanishi, qoʻlyozma kitoblarni yozish 
va bezash sanʼat turi sifatida rivojlanishi oqibatida miniatyura sanʼati rivojlangan, 
uning turli-tuman maktablari vujudga kelgan. Jahonning eng yirik muzeylarida 
jozibador bezatilgan qoʻlyozma kitob namunalari saklanadi. Rassomning kitob 
yaratish jarayonidagi mehnati, ayniqsa, poligrafiya sanoati vujudga kelganidan 
keyin katta ahamiyat kasb etdi, kitob mazmunini kitobxon koʻz oʻngida 
gavdalantirishda xizmat qiladigan rasmlarni endi fotografiya imkoniyatlaridan 
foydalanib koʻplab nusxalarda nashr qilish imkoni tugʻildi. Shunday kilib, kitob 
G.si va plakat kishilarga maʼnaviy taʼsir koʻrsatishning kuchli quroliga aylandi. 
Rassom rasmdan tashkari kitobning muqovasi, sarvaragʻini be-zaydi, turli bezak 
unsurlarini yaratadi, kitobning shriftini belgilab beradi. Sanoatning barcha 
tarmoqlarining rivoji mahsulotlar reklamasidan tortib yorliq, mahsulot 
joylanadigan bezakli qutichalar, oʻrov materiallari va shahri k.ni yaratishni taqozo 
etdi, grafik rassomlarning G. turlari boʻyicha ixtisoslashuvlarini talab qildi.

Download 157.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling