Mavzu: Gruntlarning siljishga qarshiligi
Download 190.6 Kb. Pdf ko'rish
|
Новая презентация
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3.Gruntlarning suv o’tkazuvchanligi 4.4.Gruntlarning siljishga qarshiligi
- Ma‘lumki, grunt zarrachalari tishlashish yoki ishqalanish kuchlari hisobiga bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Agar normal va urinma
- Inshootlar ta‘sir zonasidagi gruntlarning bo’zilishi yoki ustivorligining yo’qotilishi, asosan ular qismlarining bir-biriga nisbatan
Reja: 4.1.Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari 4.2.Gruntlarning deformatsiya modulini zichlanish ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlash 4.3.Gruntlarning suv o’tkazuvchanligi 4.4.Gruntlarning siljishga qarshiligi Poydevor zaminidagi gruntlar o’zining xususiy og’irligi va inshootdan uzatiladigan yuklar ta‘sirida, ma‘lum darajada zo’riqgan holatda bo’ladi. Gruntning xususiy og’irligidan hosil bo’ladigan bosim tabiiy bosim deyiladi. Chuqurlik oshgan sayin bu bosimning qiymati ham ortib boradi. Inshootdan uzatiladigan yuklar zamindagi gruntda qo’shimcha bosimni yuzaga keltiradi. Tabiiy va qo’shimcha bosimlar ta‘sirida grunt qatlamlarida normal() va urinma() kuchlanishlar hosil bo’ladi. Normal kuchlanishlar gruntning zichlanishiga, urinma kuchlanishlar esa grunt qatlamlarining o’zaro siljishiga sabab bo’lishi mumkin. Ma‘lumki, grunt zarrachalari tishlashish yoki ishqalanish kuchlari hisobiga bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Agar normal va urinma kuchlanishlar zarrachalar orasidagi bog’lanish kuchlaridan katta bo’lsa, zarrachalarning o’zaro siljishi yoki surilishi hisobiga deformatsiyalanish (zichlanish yoki siljish) sodir bo’ladi. Deformatsiyalanishi bo’yicha gruntlar elastiko-plastik jismlar turiga kiradi. Grunt zarrachalari, ularning sirtidagi bog’langan suv va qamralgan havo elastik deformatsiyalanadi. Plastik (qoldiq) deformatsiyalanish, asosan gruntdagi g’ovaklar hajmining kamayishi hisobiga sodir bo’ladi. Bunda, g’ovaklardagi suv yoki havo pufakchalari qisman yoki butunlay siqib chiqarilishi mumkin. Inshootlar ta‘sir zonasidagi gruntlarning bo’zilishi yoki ustivorligining yo’qotilishi, asosan ular qismlarining bir-biriga nisbatan siljishi natijasida sodir bo’ladi. Tug’on tanasi qismlarining siljishi, suv omborlar, daryolar va kanallar qirg’oqlarining yemirilishi, inshootlarning keskin cho’kishi va shunga o’xshash xodisalar bunga misol bo’la oladi Ma‘lumki, siljish darajasi grunt qatlamlarida (kesimlarida) hosil bo’ladigan urinma kuchlanishlar miqdoriga bog’liqdir. Gruntning qandaydir bir tekisligidagi urinma kuchlanishlar uning siljishga chegaraviy qarshiligi с erishsa, u holda, ushbu tekislik bo’yicha grunt qismlarining o’zaro siljishi ruy beradi. Gruntlarning siljishga chegaraviy qarshiligini (siljituvchi urinma kuchlanishlar qiymatini) baholash grunt namunalarini laboratoriya ustaxonasida yoki gruntni bevosita dala sharoitida sinash orqali amalga oshiriladi. Laboratoriya ustaxonalarida siljish ko’rsatkichlari grunt namunalarini biror tekislik bo’yicha qirqish (tekis siljitish), uch yo’nalishda siqish, qanotli (parrakli) tsilindrlar yordamida qirqish, shar yoki konussimon sirtli bikr shtamplarni gruntga botirish va boshqa usullar bilan sinash yordamida o’rnatiladi. 1.1- rasmda amaliyotda eng ko’p ishlatiladigan tekislik bo’yicha siljituvchi (qirquvchi) asbobning sxemasi ko’rsatilgan. Sinash jarayonida, tsilindr shaklidagi grunt namunasi ustiga vertikal N yuk quyiladi. So’ngra, asbobning harakatlanuvchi xalqasiga pog’onama-pog’ona oshib boruvchi siljituvchi T kuchlar ta‘sir ettiriladi. Sinov aniq siljish sodir bo’lgunga qadar, gorizontal T kuchni oshirib borish hisobiga davom ettiriladi. Tajribalar N kuchning boshqa o’zgarmas qiymatlarida ham yuqoridagi tartibda kamida uch marta o’tkaziladi. Bunda, har bir sinovdagi gruntni zichlovchi bosim . Download 190.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling