Mavzu: Gul uchun Koshinli kashpolar kompozitsiyasi
Download 110.04 Kb.
|
Bitiruv ishi Gul uchunKoshinlar
koshinburish
— koshin taxtasidan keng foydalanilgan. Zukko ta’mirchi usta Abdug'afTor Haqqulov koshin andozasini, taxtasini tayyorlash, 9 5 koshin kcsishdek murakkab san'atni mukammal bilardi. Bunda и o’zida biryo'la uch vazifani — loyihachi, naqqosh va xattot va/ifalarini mujassamlashtirgan edi. Nafosat olamining yarati- lishida koshinburish me’morchilik san’atining ko‘zgusi desak mubolag'a bo‘lmaydi. Abdug‘affor Haqqulov ana shu san’atning otaxoni edi. Otaxon usta koshinpazlik va koshinburishlikda “an- gob” ning hikmatini ochib berib, uni o‘z davri uchun qay- tadan kashf etgan. “Koshinlar sirtining mavj urib jilolanishi bu angob hikma- tidir”, - deb yozadi A.Haqqulov. Angob tarkibi asosan koshin- larga surtiladigan oq rangdan farq qilmaydi. Faqat u oq rangga nisbatan suyuq tayyorlanadi. Angobning suyuq tayyorlashdan maqsad kovaksimon terrakotaga surtilganda terrakotaning kovak- lariga o‘mashib, mag‘ziga singib ketishidir. Angobning xususiyati yumshoq bo‘lganligi sababli uning ustidan surtilgan bo‘yoq tezda angobni o‘ziga qabul qilib, uyg‘unlasha boshlaydi. Angobning eng yaxshi xususiyatlaridan yana biri shundaki, uning rangi oq bo‘lganligi sababli, uning ustidan surtilgan har qanday bo‘yoq, ayniqsa, binafsha (loju- vard), ko‘k, zaynabi (nosi) kabi bo‘yoqlar nihoyatda nafis- shaffof bo'ladi. Shuningdek, u terrakota bilan sir-bo‘yoqlaming birikishida “tanakor” vazifasini bajaradi. Masalan, temirchi- lar ikkita temirni biriktirish uchun ularni birdek qizdirib yuzi- ga tannor sepadilar-da, keyin biriktiradilar, Angob bilan bo‘yoq ham shunday uyg‘unlikdan keyin hech qachon bir-biridan ajralib ko'chmaydi. Mabodo biror turtki sabab bo‘lgan taqdirda ham bo‘yoq terrakota bilan birga ko‘chib tushadi. Angobning eng yaxshi afzalliklarining yana biri shuki, surtilgan koshin tayyor bo‘lgunga qadar xumdonda uch marta pishiriladi, ya’ni oldin terrakota tayyorlab, unga angob surtilgandan keyin yana pechda pishirilib olinadi va nihoyat asosiy (sir) bo‘yoqni surtib yana pishiriladi. Natijada koshin nihoyatda chiniqib pishadi. Shunday qilib, angob koshinlar nafosatini yuzaga keltiribgina qolmay, ularning sifatini yuksak darajada shakllantirishda, umri boqiyligida asosiy o'rinni egallaydi. Angob surtib tayyoriangan koshinlar va koshin- 9 6 burishlar har qanday sovuqqa va namlikka chidamli bo‘lib, o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi. Me’morchilikda va hayotda qo'llaniladigan barcha turdagi so- poldan tayyorlangan mayolikalar va buyumlarning terrakotasiga oldin angob surtib, keyin xohlagan bo‘yoq surtilsa, u albatta yuqoridagi samarani beradi. Ta’mirchi usta ganch qorishmasining mustahkamligini oshi- rish va uni asrlar davomida saqlab qolish uchun 100 kg ganchga 40-50 g shiresh yelimini qo‘yishni taklif qiladi. “Ganch va shiresh sharbatining qorishmasi qotgach, ganchning kovaklarini, ichki va tashqi atrofmi shiresh o‘z sharbati bilan yelimlab oladi. Shiresh tabiiy o'simlikdan tayyorlanib, qadimda undan yelim o‘rnida foy- dalanigan. Bunday qorishmada tayyorlangan ganch qorishmasi suvga tashlab qo‘yilsa ham, uzoq muddat o‘ziga suv olmaydi. M a’lumki, ganch suvni o‘ziga olmasa, hech qachon kuchsiz- lanmaydi. “Ganchning yaxshi xususiyatlaridan biri uning elastikligidir. Buni yaxshi tushungan qadimgi me’morlar binolardan boshlab gumbazigacha ganchdan foydalanganlar. Ganch va g‘isht bilan tiklangan obidalar umri uzoq bo‘ladi, har qanday sharoitda hamda dahshatli zilzilalarda ham ko‘p zarar ko‘rmaydi. Chunki ganch mo'rt emas, sinmaydi, u egiluvchanlik xususiyatiga ko‘ra katta zarbada ham sezilar-sezilmas darajada o‘z-o‘zidan amortizatsiya beradi”,-deb tushuntiradi ta’mirchi me’mor. Abdug‘affor Haqqulov Samarqandda o‘zining ta’mirchi me’morlar maktabini yaratib, unda murabbiylik qildi, shogird- lariga bilim berib, nafaqat Respublikaga, balki butun Markaziy Osiyoga ko‘plab ta’mirchi ustalar tayyorlab berdi. U Samar qanddagi N odir Devonbegi madrasasini boshdan oyoq ta’mirlashni o‘z tashabbusi bilan otalig‘iga olib, vayronaga ay- langan bu obidani xalqimiz uchun o‘z aslidek qilib qaytadan yaratdi. Ana shu murakkab ish jarayonida ta’mirchilik san’ati va muhandislik sohasida bir qator ixtirolar qildi. 0 ‘zining ish tajri- balarini umumlashtirib memorlar maktabi uchun ikkita nodir kitob — Download 110.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling