Mavzu: Gulqo’rg’on
Download 252.29 Kb.
|
Botanika referat
Qo’qon Davlat Pedagogika Insititutining Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 03/20 gurpasining talabasi Abdukarimov Diyorbekning Botanika fanidan tayyorlagan referati. Mavzu: Gulqo’rg’on Reja: 1.GuLqo’rg’on haqida. 2.Gulkosacha. 3.Gultoj. Kosachabarglar bilan tojbarglar birgalikda gulqoʻrgʻon deyiladi. Gulqo’rg’on oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Kosachabarglar bilan tojbarglarga aniq ajralgan gulqoʻrgʻon (oʻrik, olcha, sholgʻom va hakazo) murakkab gulqo’rg’on deyiladi. Bunday qismlarga ajralmay, rangi bir xil boʻlgan gulqoʻrgʻon oddiy gulqoʻrgon deyiladi. Tojbarglarga oʻxshash, ochiq rangli oddiy gulqoʻrgʻon gultojsimon (lola, piyoz), kosachaga oʻxshash yashili esa (lavlagi, shoʻra, otquloq ) kosachasimon gulqoʻrgʻon deb yuritiladi. Hasharotlar vositasida changlanadigan gullar gulqoʻrgʻoni yaxshi rivojlangan, shamol yordamida changlanadigan gullarniki esa uncha rivojlanmagan yoki butunlay yoʻqolib ketgan. Gulqoʻrgʻonsiz yoki faqat urugʻchi va changchilardan iborat gullar (tol, terak, yongʻoq kabilarning guli) yalangʻoch yoki gulqoʻrgʻonsiz gullar deyiladi. Gulqo’rg’on gulning naslsiz qismi hisoblanadi. U gulning nozik azolarini ( changchi va urug’chilarni ) himoya qilish va qo’shimcha fotosintez qilish organi vazifasini bajaradi. Gul ochilguncha changchi va urug’chini o’rab turadi. Bu rasmda gulkosacha va gultojni yaqqol ko’rish mumkin. Gulkosacha ⸺ Gulqo’rg’onning tashqi aylanmasini hosil qiladi. Uning shakli kosachani eslatadi, shuning uchun gulkosacha deb yuritiladi. Gulkosachalarning rangi ko’pincha yashil rangda bo’lib, kosachabarglardan tashkil topgan. Gulkosacha tutashgan va tutashmagan bo’lishi mumkin. Tutashgan kosachalarning ustki qismi birikmay “tishchalar ” shaklida bo’ladi. Tishchalarning soniga qarab, ularni hosil qilishda ishtirok etgan kosachabarglarning sonini aniqlash mumkin. Kosachabarglarning bir-biri bilan yonma-yon qo’shilib ketgan qismiga naycha deyiladi. Bu belgi bilan kapalakdoshlar oilasini sistemaga solishda naycha va “tishchalarning” uzunligi inobatga olinadi. Kosachabarglar aktinomorf va zigomorf shaklda bo’ladi. Kosachabarglarning asosiy vazifasi g’uncha holidagi gulning yosh va nozik azolarini gul ochilguncha himoya qilishdan iborat. Ba’zan kosacha gul ochilishi bilan tushib ketadi, bu xususiyat ko’knoridoshlar oilasiga tegishli belgidir. Gultoj ⸺ qo’sh gulqo’rg’on (murakkab gulqo’rg’onning) ning ikkinchi ichki doirasini tashkil etadi va birmuncha kattaligi, rangining nihoyatda ochiq chiroyli bo’lishi bilan gulning boshqa qismlaridan farq qiladi.Tojbarglar o’zidan hid chiqarib, hasharotlarni o’ziga jalb qiladi. Tojbarglar turli xil ranglarda bo’ladi. Masalan: qizil, sariq, binafsha rang, ko’k, oq, qora, havorang va hakazo. Uning muhim vazifalaridan biri changchi va urug’chini himoy qilishdir. Tojbarglarni ikki xili mavjud. Ular birikkan va birikmagan yoki tutashgan va tutashmagan tojbarglardir. Tutashmagan tojbarg alohida tojbarglardan iborat ( ayiqtovon, ko’knor, karam va hakazo). Tutashgultojbargli o’simlik (qovoq, sebarga, pomidor, bodring va boshqa)larda tojbarglarning qo’shilib ketgan qismiga naycha deb ataladi. Naycha ustidagi qismiga qaltoqi deb ataladi. Naycha bilan qaltoqi oralig’ida og’izcha bo’ladi. Juda ko’p o’simliklarning gultojlaridan nektar ajraladi. Nektar guldagi shira ajratuvchi bezlardan ⸺ nektardon ajratiladi va har xil hasharotlar nektarni olish uchun gulga qo’nib uni changlantiradi. Nektardonlar gulqo’rg’on (kosacha, gultoj) changchi iplarida yoki staminodiy yani chang hosil qilmaydigan naslsiz changchilar ( chinnigul, shoyigul, atirgul)ning tagida joylashib, disk hosil qiladi. Disk ko’pincha oilalarda: uzumdoshlar, labguldoshlar, qayrag’ochdoshlarda uchraydi. Tojbarglar naycha uzunligiga qarab 3 xil bo’ladi: Dolixomorf ( yun. Dolixos ─ uzun), Mezomorf ( mezos ─ o’rta) va Braximorf ( braxis ─ qisqa). Hasharotlar ayniqsa kapalaklar bilan changlanuvchi gullarda naycha uzun bo’ladi( tamaki, bangidevona va boshqalar). Tojbarglarni rangi ham juda xilma xildir. Tropik o’rmonlarda o’suvchi o’simliklarning guli qizil, pushti yoki ko’k gunafsha, mo’tadil iqlimda o’suvchi o’simliklarnig guli esa ko’pincha sariq rangda bo’ladi. Quyidagi rasmda Gulqo’rg’on va undagi boshqa qismlarni ko’rish mumkin. Download 252.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling