Startyorni qismlarga ajaratish


Download 31.88 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi31.88 Kb.
#1478932
  1   2
Bog'liq
STARTYORNI QISMLARGA AJARATISH


STARTYORNI QISMLARGA AJARATISH
1. Yurgazish tizimi qismlari.
2. Starterning vazifasi va tuzilishi
3. Tirsakli val aylanishlarining minimal yurgazish chastotasi
Yurgazish tizimi - starter, akkumulator batareyasi, starter zanjiri va yurgazishni yengillashtiruvchi vositalardan iborat. Avtomobil dvigatellarini yurgazish tizimining o'ziga xos tomoni shundaki, akkumulator batareyasi va starterning quvvati o'zaro bir-biriga yaqin. Shuning uchun dvigatelni yurgazishga akkumulator batareyasining kuchlanishi starter iste'mol qiladigan tokka qarab sezilarli darajada o'zgaradi. Bunday sharoitlarda dvigatelni yurgazishda akkumulator batareyasining holati (uning harorati, zaryadlanganlik darajasi, yeyilishi), starter zanjirining holati va dvigatelni yurgazishni yengillashtirish uchun qo'llarulayotgan vositalar katta ta'sir ko'rsatadi.
Starter sifatida ketma-ket yoki aralash qo'zg'atiladigan o'zgarmas tok elektr dvigatellari qo'llaruladi.
Starter iste'mol qiladigan tok o'sishi bilan uning aylantiruvchi momen­ti ham o'sadi, yakorning aylanishlar chastotasi esa kamayadi. Starter yakori salt ishlashda yuqori aylanishlar chastotasiga ega. Bu paytda starterning aylantiruvchi momenti nolga teng bo'ladi. Akkumulator batareyasining kuchlanishi pasayishi bilan starter yakorining aylanishlar chastotasi va quvvati ham pasayadi.
Yurgazish paytida starter dvigatel bilan tishli uzatma orqali bog'langan. Bu uzatmaning asosiy parametrlari yuritmaning uzatish soni Idc= zmax/zs (bu yerda; Zmax-maxovik gardishidagi tishlar soni, zs- startyor shesternasidagi tishlar soni), shuningdek, tish moduli va tishli uzatmaning foydali ish koeffitsentidir (0,85-0,9 ga teng). Uzatish soni Ids dvigatelning turiga 10-16 oralig’ida bo’ladi.
Dvigaielni yurgazish uchun starter dvigatelning qarshilik momentini hamda undagi aylanayotgan va ilgarilanma harakatlanayotgan detallarning inersiya kuchini yengishi kerak. Qarshilik momenti ishqalanish, siqish va dvigatelga o'rnatilgan yordamchi mexanizmlar yuritmalari kuchlarining momentlari yig'indisidan iborat.
Tirsakli val aylanishlarining minimal yurgazish chastotasi deb shunday chastotaga aytiladiki, uning shu qiymatida karburatorli dvigatellar bir minut oraliq bilan har bir urinish davomiyligi 10 soniya (sekund) bo'lgan ikki bora urinishda yurgaziladi.
Yurgazish haroratining pasayishi bilan yurgazuvchi minimal aylanishlar chastotasining ortishi barcha dvigatellar uchun tavsiflidir. Silindrlar soni qancha ko'p bo'lsa, dvigatel aylanishlarining yurgazish chastotasi shunchalik past bo'ladi. Dizel dvigatellarda yurgazuvchi aylanishlar chastotasi karburatorli dvigatellarga qaraganda ancha baland bo'ladi.
Dvigatelni yurgazishni yengillashtiruvchi vositalarni qo'llarulishi yurgazuvchi minimal aylanishlar chastotasini sezilarli darajada pasaytiradi va sovuq dvigatellarni yurgazishni yengillashtiradi. Dvigatelni yurgazish uchun tirsakli valga nafaqat minimal yurgazish tezligidan yuqori tezlik berish, balki uni dvigatel silindrlarida uchqun alangalana oladigan ishchi aralashma hosil bo'lishi uchun bir necha bor (2-3 marta) aylantirish ham kerak.
Avtomobilni ishlatish jarayonida startyor sezilarli yuklanish bilan ishlaydi. Startyor ulanishining o’rtacha chastotasi 100 km bosib o’tilganda yengil avtomobillar uchun shahar sharoitida 28 km ni, yuk avtomobillari uchun 22 km ni(shahar va shahar atrofida) tashkil qiladi. Avtomobilning bir kunlik bosib o’tgan yo’li ortishi bilan ulanish chastotasi oasayadi. Issiqlayin va sovuqlayin yurgazishning o’rtacha davomiyligi mos ravishda 0,7-1,5 soniya va 3-10 soniya bo’ladi
Dvigatel harorati qanchalik past bo’lsa, uning aylanishga qarshiligi shunchalik katta bo’ladi va startyorning mexanik tavsifnomasi akkumlator batareyasining harorati pastligi tufayli yomonlashadi, binobarin, dvigatel valining aylanishlar chstotsi ham uni yurgazishga kichik bo’ladi.
Dvigatelni sovuqlayin yurgazishda uning tirsakli vali aylanishlar chastotasini oshirishga qarshilik momentini pasaytirib va akkumlator batareyasining haroratini oshirib erishish mumkin.
Dvigatelning qarshilik momentini qishki motor moylarini qo’llash va dvigatelni isitish bilan pasaytiriladi. Batareyaning yurgazish sifati esa, avtomobil past haroratlarda ko’chada ishlamasdan to’xtab turgan davrda, batareyani issiqxonalarda saqlash bilan oshiriladi.

Download 31.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling