Mavzu: Guruh bosimi. Konformlik turlari Reja: Kichik guruh tuzilishi. Individning guruhdagi o‘rni
Bemorlarni ihotalashdan voz kechish
Download 98.5 Kb.
|
Juraqulov Elbek
Bemorlarni ihotalashdan voz kechish
G’arb mamlakatlarida oxirgi 25 yilda majburiy davolash muassasalari mijozlarining ahvoli ancha o’zgardi. Ko’pchilik ruhiy bemorlar va psixofiziologik kamchiliklarga ega bo’lgan odamlar shifoxonalardan chiqarib yuborildi va erkinlikni cheklash uy sharoitidagi kuzatishlar bilan almashtirildi. Bu islohotlar insonparvarlik g’oyalari va iktisod qilishga muayyan intilish tufayli amalga oshirildi, chunki davlatning vasiylik muassasalariga qiladigan xarajatlari anchagina katta. Dekarserasiya odamlarning ruhiy salomatligiga jiddiy ta’sir o’tkazdi. Liberal kayfiyatdagi ko’pchilik islohotchilar uzoq muddatga gospitallash bilan psixiatriya klinikalari mijozlarining salomatliklariga ta’sir o’tkazmadikmikan, deb xavotir biddirayotgan edilar. Gap shundaki, tashqi olamdan ihotalab uzoq muddat saqlangan odamlar vaqt o’tishi bilan mahbuslik vaziyatiga ijtimoiylashib, shifoxonadan tashqarida yashash qobiliyatini yo’qota boshlaydilar. 1950—1960 yillarda islohotchilarning «shifoxona devorlari bilan hisob-kitob qilish» haqidagi chaqiriqlaridan tashqari, yana ikki yangilik ruhiy bemorlarga bo’lgan munosabatga ta’sir o’tkazdi. Ulardan biri Britaniyada amalga oshirildi. Bu ruhiy muolajanyuy' bir usuli bo’lib, unda individning guruh va jamiyatlar bilan muloqotta kirishish ehtiyojiga alohida ahamiyat beriladi. Ikkinchi va extimol muhimroq yangilik — ruhiy kasallarni va keksa-yosh uchun xos bo’lgan akliy o’zgarishlarni davolashda tub o’zgarishlar yasagan dori-darmonlar bo’ddi. 1955—1974 yillar oralig’ida Britaniyadagi psixiatriya klinikalarida davolanayotganlar soni 30%ga kisqardi, shifoxonadan chiqarilganlarning ko’pchilik qismi katta yoshli odamlar edi. Kaliforniyada-gi davlat klinikalari va munisipial klinikalarida 1975, 1977 yillar oralig’idagi ikki yil davomida qariyalarning soni deyarli 95%ga kamaydi. «Dekarserasiya» — ko’p mikdordagi odamlarning tashki dunyoga qaytarilishi oqibatlari ruhiy bemorlarning o’zlari uchuy qanday bo’ldi? — degan savol tug’iladi. Ma’lum bo’lishicha, bemorlarning kugganligi oldingiga qaraganda og’irroq ahvolga tushib qolgan. Klinikalardan chiqqandan keyiy ular shunday vaziyatga tushib qolishdiki, atrofdagilar ular haqida g’amxo’rlik qilisha olmasdi yoki qilishni xoxdashmasdi. Psixiatriya klinikalari xarajatlaridan iktisod qilib qolgan hukumat xizmatlari esa kommunal xizmatni yaratish bo’yicha yirik mablag’lar sarf qilishga tayyor emasligi ma’lum bo’lib qoldi. Bundan tashqari, kommunal klinikalar jiddiy va barqaror ruhiy xastaliklarga ro’baro’ kelgan odamlarga kanday hajmda yordam ko’rsatishlari xam aniq emas edi. Psixiatriya klinikalaridan chiqqanlarning ko’pchiligi ko’mak yo’kdigi sababli vayronalarga joylashishdi. Bu yerda ular qashshoqlik va boshqalardan ajralgan holda — xuddi shifoxonalardagiday erksiz, buning ustiga muhofazaning yo’kdigi sharoitida yashay roshladilar. Maykl Diar va Jennifer Uolsh klinikalarning ko’ggchilik sobiq mijozlari yashayotgan sharoitni «umidsizlik manzarasi», deb atadilar. Biroq, bunday odamlarning hammasi ham shifoxonaga qaytishni xohdar edi, deyish noto’g’ri bo’ladi. Diar va Uolsh jamoatchilikning g’amxo’rlik hakidagi va’dalari amalga oshiriladigan «g’amxo’rlik manzaralari»ni yaratishga chaqirdi-lar. Bu esa tegishli xizmat va qo’nalg’alar yaratishni, vasiylik muassasalaridan chiqarilganlar uchun ish togshsh imkoniyati yaratishni talab qilardi. Mana shunday kontekstda biz ruhiy xastalikdan azob chekayotgan odamlarga haqiqiy ijtimoii g’amxo’rlik ko’rsatilayotgani to’g’risida gapirishimiz mumkin. Download 98.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling