Mavzu: Guruh bosimi. Konformlik turlari Reja: Kichik guruh tuzilishi. Individning guruhdagi o‘rni


Download 98.5 Kb.
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi98.5 Kb.
#1390866
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Juraqulov Elbek

Deviasiya va ijtimoiy ta’sir
Og’ishlarni faqat negativ asosda olib qarash noto’g’ri bo’lar edi. Odamlarning turli qadriyatlari va manfaatlarini hisobga oladigan har qanday jamiyat xatti-harakatlari ko’pchilik amal qiladigan me’yorlarga mos kelmaydigan ozchilik uchun ham o’rin topishi kerak. Siyosat, fan, san’at yoki inson faoliyatining boshqa sohalarida yangi g’oyalarni rivojlantirayotgan odamlar ortodoksal tamoyillarga amal qiladigan odamlar tomonidan dushmanlik bilan qabul qilinadilar. Amerika inkilobi tomonidan olg’a surilgan shaxs erki va imkoniyatlar tengligi hakidagi siyosiy ideallar hozir butun dunyoda e’tirof etilgan bo’lsa ham, o’sha paytda ko’p odamlar tomonidan noxush kutib olingan edilar. Hukmron me’yorlardan chetga chiqish marddik va kdt’iyatni talab qiladi. Ko’pincha u keyinchalik barcha uchun foydali bo’ladigan o’zgarishlarga juda muxim asos bo’ladi.
Jamiyat nokonformistik xulqqa ega bo’lgan odamlarga keng erkinlik uchun imkoniyatlar yaratib berar ekan, «xavfli og’ishlar» shuning uchun to’lanadigan xaq bo’lishi kerakmi? Masalan, jinoyatchilikning yuqori darajaga chiqipsh jamiyatning o’z fuqarolariga yaratgan individual erkinliklar evaziga to’laydigan bahosimi? Ba’zilar, xulq-atvorning qat’iy qoidalari bo’lmagan jamiyatda zo’rlik bo’lishi muqarrar, deyuvchi odamlar shu taxlit fikr yuritishadi. Biroq bu fikr sinchikla o’rganilsa, uning mantiqan izchil emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Ba’zi jamiyatlarda individual erkinliklarning keng majmuasi mavjud, og’ayotgan xulqqa esa bag’rikenglik bilan munosabatda bo’lishadi (masalan, Gollandiyada) va ayni paytda bu yerlarda jinoyatchilik darajasi past. Ikkinchi tomondan esa, e’tiborni nar hayvonlarning atvoriga qaratadi. Ularnyng ta’kidlashicha, hayvonlarning xulq-atvorini o’rganish shuni isbotlaydiki, urg’ochilarga qaraganda narlar tajovuzkorroq, lekin shu bilan birga, ularning turini hisobga olgan holda ko’rish mumkinki, bu vaziyatda ham katta farq bo’lishi mumkin. Masalan, tajovuzkorlikning farqi gibbonlarda jinsiga qarab yorqin ko’zga tashlanmaydi, babuinlarda esa bu farq sezilarlidir. Bundan tashqari jonivorlarning aksariyat urgochilari ay-rim hollarda, xususan, agar ularning bolalariga xavf tug’ilgan bo’lsa tajovuzkorroq bo’ladi.



Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling