Mavzu: Guruh bosimi. Konformlik turlari Reja: Kichik guruh tuzilishi. Individning guruhdagi o‘rni


Download 98.5 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi98.5 Kb.
#1390866
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Juraqulov Elbek


Mavzu: Guruh bosimi. Konformlik turlari

Reja:


1.Kichik guruh tuzilishi. Individning guruhdagi o‘rni.

2.Kichik guruhlar strukturasi va dinamik aspektlari. Guruhlarining rivojlanish muammosi.


3.Guruhiy aktivlikni vositalashning faoliyatli prinsipi mazmuni
.

Ma’lumki, guruhda to’plangan kishilar o’rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud bo`ladiki, ularning mazmuni va yo’nalishiga ko’ra, o’ziga xos sotsial-psixologik muxit shakllanadi. Bu muxit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhga turli karorlarni kabo’l qilish jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta’siri kabilar tushuniladi.


Guruhning shakllanishi uning paydo bo`lishi haqida gapiradigan bo’lsak, avvalo shuni ta’kidlash lozimki, guruh jamiyat extiejlari va ijtimoiy talablar asosida paydo bo`ladi. Masalan, sinf jamoasi doimo bolalarning tugilishi, rivojlanishi va ularning maktablarda ta’lim olishlari kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o’xshash oliy ma’lumotlar olishlari kerak bo`lganligi uchun paydo bo`ladi va xoka’zo. Lekin bu masalaning ijtimoiy tomoni. Uning sof psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo`lishi bilan bog’liq. Chunki har bir normal insonda muloqotga bo`lgan extiej hamda turli hayotiy vaziyatlarda o’zini ijtimoiy ximoyada sezish extieji borki, bu narsa turli kichik jamoalarda ularning bo`lishini takozo qiladi. Lekin guruhda a’zo bo`lish bilan birgalikda har bir individ qator guruhiy jarayonlarning guvoxi bo`ladi.
Birinchidan, guruh o`z a’zolariga ma’lum tarzda psixologik ta’sir kursatadi. Bu xodisa psixologiyada konformizm deb ataladi (O’zbek tilida "moslashish" ma’nosini bildiradi). Bu xodisaning moxiyati shundan iboratki, u individning guruhda kabo’l qilinadigan normalar, fikrlar, xulq-atvor standartlarini qanchalik kabo’l qilish yoki kabo’l qilmasligi bilan bog’liq. Guruh fikrini qanchalik tez kabo’l qilish uning ta’siriga berilish individ bilan guruhning ziddiyatlarini oldini olish mumkin. Shuning uchun ham individ ana shunday xatti-harakat qilishga intiladi. Lekin ana shunday guruh fikriga, harakatiga qo’shilish turli shakllarda bo`lishi mumkin: tashki konformillik - individ guruh fikriga nomigagina qo’shiladi, aslida ruxan u guruhga karshi turadi; ichki konformillilik - individ guruh fikriga tulaligicha qo’shiladi va ruxan kabo’l qiladi. Ana shunday hollarda individ bilan boshqalar o’rtasida ziddiyat yoki konfliktlar paydo bo’lmaydi. Bu o’rinda yana bir tushuncha ham bor, u ham bo’lsa "negativizm" tushunchasidir, bu individning har qanday sharoitda ham guruh fikriga karshi turishi va o’zicha mustaqil fikr, mavqeini namoyon qilishidir. Bu tabiiy individ uchun noqo’lay lekin, mustaqil fikr, odil harakatlar doimo hurmat qilinadigan jamoalarda negotivizm xodisasi yemon illat sifatida kabo’l qilinmaydi.
Guruhlardagi yana bir jarayon - bu guruhning uyushkokligi muammosidir. Guruh a’zolarining bir birlarini Yaxshi bilishlari, bir birlarining dunyo qarashlari, hayotiy prinsiplari, kadriyatlarini Yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushkokligining birinchi omilidir. Ikkinchi va asosiy omil-bu usha guruhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo’nalishi va mazmunini bilishdagi goyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiy uyushkoklikga ijobiy zamin hisoblanadi.
Guruhlardagi liderlik va umumiy karorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi, lekin bu masalalarni boshqarish psixologiyasi masalalari doirasida keyingi boblarda o’rganamiz.
Bu misol bizning e’tiborimizni konformlik va og’ish muammosining muhim jihatlaridan biriga qaratadi. Barcha ijtimoiy me’yorlar nokonformlikdan himoya qiladigan sanksiyalar bilan birga mavjud bo’yaadi. Sanksiya boshqalar tomonidan individ yoki guruh xulqiga bildirilgan reaksiya bo’lib, uning maqsadi — mazkur ijtimoiy me’yorning bajarilipshni kafolatlash. Sanksiyalar pozitiv (konformlik uchun rag’batlantirish) yoki negativ (nokonform xulq uchun jazo) bo’lishi mumkin. Sanksiyalar formal yoki noformal bo’ladi. Formal sanksiya normalarga rioya kilishni kafolatlaydigan tashkilot yoki guruh bo’lgan joyda mavjud bo’ladi. Noformal sanksiyalar — nokonformlikka nisbatan kamroq uyushgan va ko’pincha o’z-o’zidan kelib chiqadigan reaksiya.
Rasmiy sanksiyalar tiplarining ko’pchiligi hozirgi jamiyatda sud va qamoqxonalar misolidagi jazo tizimlari bilan bog’liq. Polisiya ham jinoyatchilarni sudga tortish, ehtimol keyin qamokxonaga qamash bilan bog’liq tashkilotdir. Yo’l qoidalarini buzishning ko’pchiligi jarima yoki haydovchilik huquqidan maxrum qilish yo’li bilan jazolanadi, va bu jazolar haydovchilarning yo’l qoidalarini buzish va ayni paytda polisiyachining’ ko’ziga ko’rinmaslikka harakat qilishlari uchun kifoya kiladi. Formal negativ sanksiyalarga jarimalar, qamoqxonaga qamash va qatl etish kiradi. Pozitiv formal sanksiyalar esa unchalik ko’p emas. Haydovchivdshg avtomobilni namunali haydashini rag’batlantirish maqsadida «a’lo haydovchilik uchun» yoki bilayun haydovchi kabi unvonlar mukofot sifatida beriladi. Formal pozitiv sanksiyalar ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida ham uchraydi: jangdagi jasurligi uchun medal bilan mukofotlash, akademik sohadagayutuklari uchun beriladigan daraja va diplomlar, sport musobaqasidagi ishtiroki uchun mukofotlar va boshqalar.
Pozitiv va negativ noformal sanksiyalar ijtimoiy hayotda barcha yeohalarning ajralmas kismi hisoblanadi. Poziti» noformal shnksiyalar maqgov, ma’qullash mazmunidagi jilmayish, yelkaga urib qo’yish kabi shakllarda ifodalanishi mumkin. Negativ noformal sanksiyalar esa odatda haqorat ohangi, so’kish yoki hayfsan, individni namoyishkorona nazarga ilmaslik ko’rinishlarida ifodalanadi. Formal sanksiyalar ancha samarali bo’lsa ham, noformal sanksiyalar konformlik va me’yorlarni saqlashda fundamental ahamiyatga ega. Do’stlar, oila, hamkasabalarning yaxshi munosabatini saqpab qolish ehtiyoji, kulgi bo’lish, uyalib qolish, rad etilishdan qochish odamlarning xulqini ko’pincha formal mukofotlar yoki jazolashdan ko’ra ko’proq belgilab beradi.

Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling