Mavzu: guruhiy psixodiagnostika: metod va metodikalar


Psixodiagnostik metodlar va diagnostik yondoshish


Download 176 Kb.
bet6/13
Sana10.11.2023
Hajmi176 Kb.
#1762424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
GURUHIY GURUHIY PSIXODIAGNOSTIKA METOD VA METODIKALAR

3. Psixodiagnostik metodlar va diagnostik yondoshish

Psixologik tashxis (diagnoz)ning rivojlanishi maxsus tadqiqot uslubi – diagnostik uslubning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Bu psixologiyadagi mavjud boshqa uslublar tizimida qanday o‘rinni egallaydi va uning o‘ziga xosligi nimada?
Psixologik adabiyotlarda ko‘pincha “metod” va “metodika” tushunchalarini turli mazmunda uchratamiz. Biz psixologiyaning ma’lum uslubiy tamoyillari o‘zining birlamchi ifodasini konkret tadqiqotlar natijalaridan olishini bilamiz.
Tadqiqot uslubining eksperimental va noeksperimental (tavsiflash) turga bo‘linishi barcha adabiyotlarda o‘z ifodasini topgan. Noeksperimental uslub metodikaning kuzatish, suhbatlar, faoliyat mahsullarini o‘rganishni o‘z ichiga qamrab oladi. Tadbiqiy metod (qo‘llanma) yo‘naltirilgan shart-sharoit yaratishga asoslangan. Bu shart-sharoitlar o‘rganilayotgan omil (o‘zgaruvchi)ni ajratib olishni ta’minlab, uning ta’siriga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni qayd qiladi. Bundan tashqari u tadqiqotchini sinalayotgan shaxsning faoliyatiga aralashish imkoniyatiga yo‘l qo‘yadi. Natijada, psixologiya uchun ko‘p sonli va odatiy laborator va tabiiy eksperiment metodikasi yaratiladi.
Diagnostik testlar ayrim hollardagina eksperimental metod chegarasida qaraladi. Shu bois, biz mutloq xususiyatli va qator metodikalarni umumlashtiruvchi psixodiagnostik metodni ajratish kerak, deb hisoblaymiz. Psixodiagnostik metodning asosiy xususiyati, uning o‘lchash-sinash, baholovchi yo‘nalishlari orqali ifodalanadi. Bu yo‘nalishlar yordamida o‘rganilayotgan hodisaning miqdor va sifat kvalifikatsiyasiga erishiladi.
Eng muhim talablardan biri – o‘lchagich asbobning standart bo‘lishi (uning asosida norma tushunchasi yotadi) hisoblanadi. Har qanday diagnostik metodika (test) ishonchli, mustahkam talablarga javob berishi kerak. Tadqiqot jarayoning o‘zi ham bir qator qat’iy talablarni (aniq instruksiyaga rioya qilish, vaqtdan chegaralanish va eksperimentchining aralashuvini cheklash) joriy etadi. Shuningdek, psixodiagnostik metodning tahlili o‘ziga xos sabablarni ham ajrata olishi bilan tavsiflanadi. Bu sabablar sub’ekt faolligi va strategiyasini aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Diagnostik metodni tavsiflayotganda, uning o‘lchash-sinash yo‘nalishining ko‘rsatgichi bilan chegaralanib qolish yetarli emas. Aks holda tushuntirish g‘olibligi eksperiment metodga beriladi. Haqiqatda esa, diagnostik tadqiqot o‘ziga xos tushuntirish elementlari, sabablarni ochish, talablarga mos kelgan tavsiyalarni ishlab chiqish orqali baholashni amalga oshirish zarur.
Yuqorida aytilgan gaplarni ierarxik zina ko‘rinishida jamlashimiz mumkin (3.3.1-rasm).


Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling