Mavzu: guruhiy psixodiagnostika: metod va metodikalar


Psixodiagnostik metodlarning umumiy chizmasi


Download 176 Kb.
bet8/13
Sana10.11.2023
Hajmi176 Kb.
#1762424
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
GURUHIY GURUHIY PSIXODIAGNOSTIKA METOD VA METODIKALAR

6. Psixodiagnostik metodlarning umumiy chizmasi

Psixodiagnostikaning barcha metodlari psixologiyani barcha sohalarida, xususan, faoliyatning turli yo‘nalishlarida qo‘llaniladi. Ilmiy psixologiyada ular tadqiqot metodlarini o‘tkazish va tashkillashtirish jarayonida qo‘llanilsa, amaliy psixologiyada esa psixologik maslahat, psixokorreksion ishlar, professional tayyorgarlik kabi sohalarida foydalaniladi.
To‘g‘ri tashkillashtirilgan izlanishlarda, sinaluvchilarning u yoki bu psixologik xususiyatlarining rivojlanish bosqichlari tadqiqot jarayonidan oldin ham keyin ham baholanishi tabiiy holat hisoblanadi. Chunki, bu holat olib borilgan tadqiqot ushbu xususiyatlarning o‘zgarishiga qanchalik darajada ta’sir o‘tkazganligini aniqlab beradi. Bu jarayon psixologik maslahat va psixokorreksion tuzatishlarga ham daxldordir. Ma’lumki, maslahat olib borayotgan amaliy psixolog o‘z mijozining psixologik xususiyatlarini shakllanganlik holatini baholay olishi kerak. Bu – xuddi shifokorning oldiga kelgan bemorga tashxis qo‘yish va uning davolash muolajalarini aniqlashga o‘xshash jarayondir.
So‘ngi yillarda ayrim mutaxassisliklar psixologiyaga,xususan, uning predmeti hisoblangan inson xulq-atvoriga bir qator talablarni qo‘ymoqda. Shu bilan birga, kishining professional layoqatini belgilab beruvchi psixologik sifatlarning aniq diagnostikasi ham talab etilmoqda. Mazkur holatlar psixodiagnostik metodlardan foydalanuvchi kishilarning professional tayyorgarlik va tanlash jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir.
Zamonaviy psixodlogiyaning psixodiagnostik metodlarining mingdan ortiq turlari mavjud bo‘lib, ulardan samarali foydalanish uchun mutaxassis malakali bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak. Ba’zan esa umumiy metodlar chizmasini o‘zlashtirib olishnring o‘zi, amaliy faoliyatda yaxshi samara berishi mumkin. Masalan, psixodiagnostik metodlarning umumiy holati ko‘rinishda quyidagi taklif qilinadi:

  • Kuzatishga asoslangan psixodiagnostik metodlar.

  • So‘rovnomali psixodiagnostik metodlar.

  • Ob’ektiv psixodiagnostik metodlar (mehnat faoliyati mahsullari va xulq-atvorni tahlil qiluvchi).

  • Psixodiagnostikaning tajribaviy (eksperimental) metodlari.

Tajribaning psixodiagnostik metod sifatidagi ahamiyati sinaluvchining biror-bir psixologik xususiyatini baholash imkonini m

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling