Mavzu: guruhiy psixodiagnostika: metod va metodikalar


Psixodiagnostik xulosalar uchun foydalanadigan ma’lumotlar xarakteriga ko’ra


Download 176 Kb.
bet10/13
Sana10.11.2023
Hajmi176 Kb.
#1762424
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
GURUHIY GURUHIY PSIXODIAGNOSTIKA METOD VA METODIKALAR

Psixodiagnostik xulosalar uchun foydalanadigan ma’lumotlar xarakteriga ko’ra metodikalar:

  • obyektiv (sinaluvchi yoki tadqiqotchining xohish-istaklariga va ongiga bog’liq bo’lmagan ko’rsatkichlardan foydalaniladi);

  • subyektiv (tadqiqotchi yoki sinaluvchi ongi va istaklariga bog’liq ma’lumotlardan foydalaniladi) bo’ladi.

Obyektiv tipdagi metodikalar tarkibiga refleksiv, fiziologik ko’rsatkichlar tahlili yoki sinaluvchi faoliyatining amaliy natijalarini o’z ichiga olgan testlarni kiritish mumkin. Ularrdan foydalangan vaqtda baholanishdagi subyektivizm minimum darajaga ega bo’ladi. Subyektiv tipdagi metodikalar tarkibiga shaxsiy tajriba, intuisiyalar bilan xulosa introspeksiyaga suyangan ko’rinishlarni kiritish mumkin.
Test normalarining mavjudligi mezonlariga ko’ra psixodiagnostik metodikalar:

  • normaga ega bo’lgan;

  • norma mavjud bo’lmaganlarga ajratiladi.

Psixodiagnostik metodikalar ichki tuzilmasiga asosan:

  • bir o’lchamli;

  • ko’p o’lchamli turlardan iborat bo’ladi.

Bir o’lchamli turlarda yagona xususiyat yoki sifat diagnos qilinadi va baholanadi. Ko’p o’lchamli turlari esa, kishining qator psixologik sifatlarini guruhiy psixodiagnostika qilishga mo’ljallangan. Mazkur holatda guruhiy psixodiagnostika yana bir necha kichik metodikalarga, ya’ni alohida psixologik xususiyatlarni baholaydigan shkalachalarga ham bo’linadi. Masalan, xavotir hissini baholaydigan mashhur Spilberger-Xanin testi – bir o’lchamli metodika bo’lsa, Kettelning shaxsga doir testini ko’p o’lchamli metodika turiga kiritish mumkin.
Shuningdek, psixodiagnostik metodika bir vaqtning o’zida turli mezonlar asosida kvalifikasiyalanishi hamda baholanishi mumkin. Tadqiqot jarayonida har qanday metodikani birdaniga qator klassifikasion guruhlarda qo’llash mumkin bo’ladi. Shu bois, psixodiagnostik metodikalar klassifikasiyasining mezonlarini o’zaro inkor qiluvchi holda emas, balki bir-birini to’ldiruvchi, tahlil qilishning imkoniyatlaridan kelib chiqib sinfga ajratuvchi sifatida tushunishish zarurdir.

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling