Mavzu: guruhiy psixodiagnostika: metod va metodikalar


Shubhalilik va pismiqliqlik


Download 176 Kb.
bet5/13
Sana10.11.2023
Hajmi176 Kb.
#1762424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
GURUHIY GURUHIY PSIXODIAGNOSTIKA METOD VA METODIKALAR

Shubhalilik va pismiqliqlik. Bunda qo‘l og‘izni go‘yoki yopadi, nigoh atrofga qaratilgan, bo‘yinga, burunga yengilgina tegish – shubha alomatini ifodalaydi.

  • Ustunlik-tobelik. Qo‘l berib so‘rashayotgandayoq ustunlik alomatlari namoyon bo‘lishi mumkin. Sherigining qo‘lini qattiq qisgan holda, o‘z kaftini yuqoriga qaratgan tarzda burishi, bunga misoldir.

  • Tayyorlik. Qo‘llarning tizzada bo‘lishi – biror ishga hozirlik belgisidir.

    Shunga o‘xshash har bir ko‘zga tashalanadigan qiliqlarimiz bizga sherigimiz haqida ma’lumot beradi (“Yazыk tela”. A.Shtangl)


    Ijtimoiy-psixologik diagnostika amaliy psixologiyaning asosi hisoblanadi. Uning natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar psixologik maslahatlar berish yoki yangi texnologiyalar vositasida o‘rganilayotgan ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatishga ko‘maklashadi. Shu bois, qiziqtirayotgan ob’ektning muhim xususiyatlarini o‘rganish maqsadida, eng avvalo, izlanish dasturini tuzib olish zarurdir. Ba’zan tadqiqot dasturi faqat fundamental tadqiqotlar o‘tkazishda kerak bo‘ladi, tadbiqiy xarakterdagi izlanishlarda bunga hojat bormikan, degan mushohada mavjud. To‘g‘ri, fundamental ilmiy izlanishlar izchil va mukammal tuzilgan dasturlarning bo‘lishi talab qiladi. Lekin ishlab chiqarishning biror sohasini takomillashtirish yoki rahbarlikning samarali yo‘llarini izlashga bag‘ishlangan ishlarda ham, albatta, undan ko‘zlanayotgan maqsad, bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan vazifalar, qaysi uchastkalarda va kimlarda tekshiruvlar o‘tkazish, ilmiy farazlar, natijalarni qay usulda qayta ishlashga aloqador masalalar oldindan rejalashtirilishi hamda dasturga kiritilishi kerak bo‘ladi.
    Qolaversa, tasavvur qiling, Siz korxona yoxud tashkilot rahbarisiz. Shu mehnat jamoasida ishlarni yaxshi va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun inson omilining barcha imkoniyatlari va zahiralaridan foydalanishni niyat qilib, amaliyotchi psixologni yoki maxsus psixologik xizmat xodimini ishga jalb qildingiz. O‘sha ijtimoiy xodim yoki psixolog bunday hamkorlikka rozi bo‘ldi ham deylik. Lekin uning malakasini birlamchi tekshirish va ishonch bildirish uchun, tadqiqot dasturini so‘rashingiz va unda amalga oshiriladigan vazifalarning nechog‘li darajada Sizning niyatlaringiz bilan mushtarak ekanligini aniqlashingiz kerak bo‘ladi. Agar dasturda keltirilgan bandlardagi takliflar Sizning kutishlaringizga mos kelmasa, ishning boshidayoq loyihaning moliyaviy ta’minotini to‘xtatishingiz, boshqa bajaruvchilarga murojaat qilishingiz yoki dasturni qaytadan ishlab kelishni taklif etishingiz mumkin. Shuning uchun ham tadbiqiy ishlarning dasturiy ta’minoti masalasi dolzabr bo‘lib, u tashkilotning mablag‘i va vaqtni tejash omillari bilan chambarchas bog‘liqdir.
    Tadbiqiy psixodiagnostik ishlarga buyurtmachi bo‘lish yoki uni tashkil etish bilan bog‘liq muhim omil – bu o‘sha tanlangan guruhlar yoki konkret shaxslarda tekshiruvlar, so‘rovlar o‘tkazish uchun qo‘llanilayotgan uslublarning qanday ekanligidir. Masalan, agar siz rahbar bo‘lsangiz, amaliyotchi psixologdan so‘rang, qanday metodikalar yoki psixodiagnostik testlar yordamida natijalarni qo‘lga kiritmoqchi. Deylik, u qo‘l ostingizda mehnat qilayotgan odamlarning ishga motivatsiyasini va shaxsiy fazilatlarini o‘rganib bermoqchi. Shaxsni MMPI testi yoki Kettelning ko‘p omilli testi bilan o‘rganmoqchi bo‘lsa, bu usullarning o‘ta murakkab, vaqttalab va moslashtirilganligiga e’tibor bering. Chunki xodimlaringiz bundan juda zerikib ketishi, ya’ni har birini to‘ldirish uchun ketadigan 2,5-3 soatdan keyin nolishlari mumkin. Qolaversa, uni qayta ishlab bergandan keyin ham, har bir omil yuzasidan alohida-alohida bergan tavsiyalarini Siz tushunishingiz juda qiyin bo‘ladi.
    Motivatsiya borasida ham aniq, qulay uslubni topganiga ishonch hosil qiling. Aks holda vaqtni ham, mablag‘ni ham boy berib qo‘yish mumkin. Shuning uchun ham tadqiqotchining aniq maqsadini, u tanlagan uslublarning qulayligi va ishonchliligi darajasiga solishtirish uchun tadbiqiy psixologiya asoslarini bilishingiz kerak bo‘ladi.
    Ijtimoiy muammolarga bog‘liq tadbiqiy ishlar amalga oshirilayotganda, odatda, tadbiqiy psixologiyaning kuzatish, hujjatlarni o‘rganish, so‘rov (intervyu, anketa), sotsiometriya, testlar va eksperiment metodlari ishlatiladi. Ular birinchidan, keng tarqalgan, tajribalarda sinalgan uslublar bo‘lsa, ikkinchidan, to‘plangan natijalarni sarhisob qilish va buyurtmachiga tushunarli holda tahlil qilish amaliy tavsiyalar berishni osonlashtiradi.
    Yana bir muhim metodologik talab – bu tekshirish ob’ekti bo‘lgan shaxslarni tanlash va ularning fikriga tayangan tarzda xulosalar chiqarish. Masalan, Siz xodimlar orasidan rahbarlik zahirasi uchun nomzodlarni aniqlamoqchisiz, deylik. Buning uchun amaliyotchi psixolog sotsiometrik texnologiyani qo‘llagan holda butun jamoada so‘rov o‘tkazdi. So‘rash uchun u anketa tuzib, unga bir qancha savollar kiritdi. Ulardan biri: “Ish o‘rinlari qaytadan taqsimot bo‘lib, Sizga kichik xonada 3 kishi bilan birga o‘tirish kerak bo‘ldi. Har kimga alohida individual topshiriqlar beriladi. Siz hozir o‘zingizga juda yoqqan odamlarni ismi, familiyasini yozib bering”, – degan savol bo‘lsa, shu jamoada ishlayotgan ja’mi 30 kishining fikrida tenglik bo‘masligi oqibatida o‘z maqsadingizga yetolmay qolishingiz mumkin. Chunki yosh kotiba o‘ziga mos sherik izlaydi. Oddiy texnik ishlarni qilib yurgan yigitcha ham shunday. Keksa yoshli xodim o‘z qiziqishlariga mos kimsalarni izlaydi. Shu bois, bunday notekis tanlov ob’ektidan o‘zingizni qiziqtirgan, jamoada katta avtoritetga ega bo‘lgan shaxsni topolmaysiz. Ya’ni, zahirani tashkil etuvchining kimligini aniqlay olmaysiz. Chunki bu o‘rinda Siz ikkita xatoga yo‘l qo‘ydingiz.

    • So‘raluvchilar hukmiga havola etilgan savolning o‘zi noo‘rin.

    • Siz bu savolni barchaga birday tarqatdingiz.

    To‘g‘ri, jamoaning umumiy fikri aniqlanadi, lekin rahbarlikka zahira nuqtai nazaridan Siz yetarli va ishonchli ma’lumot ololmadingiz. Demak, bu narsa rahbarlikka da’vogarlar, ularning yaqin atrofidagilar o‘rtasida, qolaversa, ma’lum sifatlar nuqtai nazaridan tuzilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.


    Download 176 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling