Mavzu:Хаlqаrо vаlyutа – mоliya vа krеdit munоsаbаtlаri, jаhоn хo’jаligidа rivоjlаngаn mаmlаkаtlаr iqtisоdiyoti - 1.Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi
- 2.Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari
- 3.Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari
- 4.Jahon xо‘jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
Jahon iqtisodiyotida xalqaro valyuta munosabatlari pulning jahon puli funksiyasi bilan bog‘liq bо‘lgan iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiladi. Pul jahon puli sifatida tashqi savdo va xizmatlar, kapital migratsiyasi, foydaning investitsiyalarga kо‘chishi, zayom va subsidiyalar berish, ilmiy-texnik almashuv, turizm, davlat va xususiy pul kо‘chirishlariga xizmat qila boshladi.
Xalqaro valyuta tizimi (XVT) jahon xо‘jaligi doirasida valyuta munosabatlarini tashkil qilishning shaklidir. U jahon kapitalistik xо‘jaligi evolyusiyasi natijasida paydo bо‘lib, huquqiy jihatdan davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtirilgan.
Xalqaro valyuta tizimining asosiy elementlari - - valyuta birliklarining milliy va kollektiv zahiralari;
- - xalqaro likvidli aktivlarning tarkibi va strukturasi;
- - valyuta paritetlari va kurslari mexanizmi;
- - valyutalarning о‘zaro almashuv shartlari;
- - xalqaro hisob-kitob shakllari;
- - xalqaro valyuta bozori va jahon oltin bozori rejimi;
- - valyuta-moliya tashkilotlarini (XVF, XTTB va boshqalar) tartibga soluvchi davlatlararo valyuta-kredit tashkilotlarining maqomi.
Xalqaro valyuta munosabatlarida valyuta tizimi turlari Jahon iqtisodiyotida xalqaro valyuta tizimi o‘zining evolyutsion rivojlanishida tо‘rtta xalqaro valyuta tizimlarini о‘zida namoyon qiluvchi tо‘rt bosqichni bosib о‘tgan
Do'stlaringiz bilan baham: |