Mavzu: Hamshiralik ishi va salomatlik. Reja. Hamshiralik ishi faniga kirish
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu
Bemorlarni qabul qilish va gospitalizatsiyadan bosh tortish daftarini qabulxona bo‘limida
navbatchi hamshiralar tutadi, undan bemorlar to‘g‘risida ma’lumotlar berish uchun foydalaniladi, chunki bu hujjatda pasport ma’lumotlarigina emas, balki qaysi davolash muassasasi, qanday tashxis bilan yuborilgani, uning qaysi bo‘limga va palataga yotqizilgani, agar chiqarilgan bo‘lsa, nima sababdan, qachon, qayerga chiqarilgani, o‘lgan bo‘lsa o‘limi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi. Bemor o‘lgan bo‘lsa, uning o‘lganligi haqidagi hujjatni FHDYo uchun murdani yorgan shifokor to‘ldiradi va qabulxona bo‘limiga beradi. O‘lganlik to‘g‘risida ma’lumotlar maxsus daftarda qayd qilinadi (ularni xatosiz va tushunarli qilib to‘ldirish kerak, chunki tuzatilgan va siyoh to‘kilib ketgan ma’lumotlar FHDYo da qabul qilinmaydi). 1. Bemorning kasalxonaga kelganligi va ketganligi to‘g‘risidagi daftarni har bir bo‘limda katta hamshira olib boradi, unga pasport ma’lumot- laridan tashqari, bemorning kelgan va ketayotgan vaqtidagi sog‘lig‘i, bo‘limda yotgan kunlari, kasallik varaqasining tartib raqami va uning necha kunga berilganligi yozib qo‘yiladi. Bundan tashqari bo‘limning katta hamshirasi dori-darmonlar, zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni sarflash daftarini tutadi, dorixonadan dorilar yozdirib oladi. Katta hamshira tibbiy asboblar uchun moddiy mas’ul xodim, u inventarlar daftarini tutadi, xo‘jalik hamshirasi ich kiyim va choyshab- lar uchun moddiy mas’ul bo‘lib, ularning hisobini olib boradi. Navbatchi hamshiralar va palata hamshiralari davolash ko‘rsatmalari daftarini tutadilar, porsionniklar belgilaydilar, bir smenada sarf bo‘lgan narkotik moddalarning hisobini olib boradilar, davo vositalarini soatlik grafik bo‘yicha qabul qiladigan bemorlarga xususiy chizmalar chizadilar. Bo‘limning navbatchi hamshirasi bemorlarning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotni tuzadi: kun boshida qancha bemor borligi, qancha bemor kelgani, qanchasi ketgani (uyiga jo‘natilgani, boshqa kasalxona va bo‘lim- larga o‘tkazilgani, o‘lgani) va keyingi kungacha qancha bemor qolganini yozib boradi. 2. Kasalxonaga tushgan bemorni qayd etish kartasini tibbiyot hamshirasi kasallik tarixidagi ma’lumotlar asosida to‘ldiradi va uni bemor kasalxonadan chiqarilgandan so‘ng statistika bo‘limiga jo‘natadi. 3. Statsionarda turli ma’lumotnoma va yo‘llanmalar yozib beriladi. 4. Hozirgi yangi joriy etilishi mumkin bo‘lgan hamshiralik kasallik tarixnomasi ham tibbiyot hamshirasi to‘ldirishi zarur hujjatlar qatoriga kiradi (u haqda darslikning oldingi qismida ma’lumot berilgan). Bulardan tashqari statsionarda bemorda o‘tkaziladigan turli davolash- diagnostika amaliyotlarini qayd qilib borish uchun, bo‘lim turidan kelib chiqqan holda, turli jurnallar ham yuritiladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling