Mavzu: Hamshiralik ishi va salomatlik. Reja. Hamshiralik ishi faniga kirish
Tibbiyot hamshirasi va bemor huquqlari
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiyot hamshirasi va jamiyat
Tibbiyot hamshirasi va bemor huquqlari
Tibbiyot hamshirasi bemoming obro‘si va qadr-qimmatiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Tibbiyot hamshirasi bemorga qo‘lidan kelgan hamma chora-tadbirlar vositasida ko‘mak beradi. Bemor davo olish davrida zarur bo‘lsa davolanish muassasasini, o‘zini parvarish qilayotgan tibbiyot hamshirasini tanlashi mumkin. Ehtiyoj tug‘ilganda bemor o‘z oila azolari, qarindoshlari, do‘stlari va diniy shaxslar tomonidan madad yordami olishga haqli. Tibbiyot hamshirasi eng avvalo hamshiralik parvarishi talab qiluvchi bemorlar oldida javobgardir. Tibbiyot hamshirasi bemor shaxsiga tegishli bo‘lgan axborot va ma’lumotlarni sir saqlaydi va agar uni biron kishiga bildirishi zarur bo‘lsa, u holda oqilona ish tutmog‘i lozim. Tibbiyot hamshirasi bemorni davolash uchun qo‘llaniladigan usullarni aytib, uning roziligini oladi. Bemor o‘z navbatida unga qilinayotgan muolaja yoki davolash ishlarini rad etishi mumkin. Tibbiyot hamshirasi bemorning kasalligi, davolanishi, kasallik tashxisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sir saqlaydi, bemorni davolayotgan vrach sirlarini oshkor qilmaydi. Tibbiyot hamshirasi o‘zining kasbdoshlari bilan hamshiralik ishi va boshqa sohalar bo‘yicha hamkorlikda ish olib boradi. Tibbiyot hamshirasi bemorni himoya qiladi, agar uning sog‘lig‘iga biror xodim yoki boshqa kishi tomonidan xavf tug‘dirilsa, darhol zarur bo‘lgan choralarni ko‘radi. Tibbiyot hamshirasi va jamiyat Tibbiyot hamshirasi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida ishlayot- ganida o‘z xulq-atvori bilan hamshira kasbiga atrofdagilaming hurmat bilan qarashini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shadi. Tibbiyot hamshirasi o‘zining bilimi va burchi doirasida javobgarlikni his qilgan, vakolatni o‘ziga olgan holda ish tutadi. Tibbiyot hamshirasi har qanday vaziyatlarda ham hamshiralik parvarishini eng yuqori mezonlar darajasida ta’minlaydi. Tibbiyot hamshirasi shaxsiy javobgarlikni his etgan holda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimini doimiy ravishda yangilab boradi. Tibbiyot hamshirasi kasbiga taalluqli tashkilotlar orqali hamshiralar ijtimoiy-iqtisodiy himoyasi, ishlash sharoitini yaxshilash yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib boradi. O‘z navbatida bemor ham sog‘liqni saqlash ishlarini yaxshilash bo‘- yicha o‘zi davolanayotgan muassasada o‘z takliflarini berishi mumkin. Statsionarda yuritiladigan asosiy hujjatlar Statsionarlarda hujjatlarni yuritish tibbiyot xodimidan katta mas’u- liyat talab qiladi. Chunki har bir hujjat bemor haqida ma’lumot beruvchi asosiy manba bo‘lib, kasallikning kechishi, bemor ahvolidagi o‘zgarishlar, olib borilayotgan muolajalar va boshqalar haqida aniq va to‘g‘ri xulosalar chiqarishda yordam beradi. Statsionarda yuritiladigan barcha hujjatlar yuridik ahamiyatga ega bo‘lib, unga o‘zgartishlar kiritish aslo mumkin emas. Statsionardagi hujjatlar bemor kasalxonadan chiqib ketgach, maxsus bo‘lim — tibbiy-statistika xonasiga topshiriladi va u yerda belgilangan muddatgacha saqlanadi. Ushbu bo‘lim yoki xonada kasalxonadagi barcha hisobotlar ham olib boriladi. Statsionarda yuritiladigan asosiy hujjatlardan ayrimlari haqida ma’lumot keltiramiz. 1. Statsionarda bemorning kasallik tarixi quyidagilardan iborat: a) hujjat qismi; b) bemorning shikoyatlari; uning turmush tarzi va hozirgi kasallik tarixi; d) uni tekshirish (ko‘zdan kechirish, paypaslab ko‘rish, tukillatib va eshitib ko‘rish) natijalariga ko‘ra hozirgi ahvoli haqida ma’lumotlar; g) kundalik; e) davolashning yakuni va uning natijalari, xulosa (epikriz). Kasallik tarixining hujjat qismini to‘ldirish tibbiyot hamshirasining vazifasi hisoblanadi, unda bemorning ismi-sharifi, uning jinsi, manzili, kasbi va ish joyi, kasalxonaga keltirilgan kuni va vaqti yozib qo‘yiladi. Bundan tashqari, tibbiyot hamshirasi laboratoriya va boshqa tekshiruv- larning natijalarini xronologik tartibda kasallik tarixiga muntazam tikib borishi shart. Shifokor o‘lchashni tayinlaganda hamshira bemorning haroratini, sutkalik balg‘am miqdorini har kuni yozib boradi, har haftada sanitariya tozalovi qilingan kunni yozib qo‘yadi va harorat varaqasini to‘ldiradi. Hamshira shifokor ko‘rsatmalarini yoki haroratni yozayot- ganida kasallik tarixi o‘z joyida turganligini tekshirishi lozim. Kasallik tarixi tibbiyot hamshirasi postidagi qulflanadigan qutida saqlanadi. Bemorga uning kasallik tarixini berish, unga kasalligi yoki laboratoriya tekshiruvi natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni ko‘rsatish man etiladi. Bo‘limdagi kasallik tarixining yo‘qolishi jinoiy ish hisob- lanadi va aybdor qonun bo‘yicha jazolanadi. Shuning uchun tibbiyot hamshirasi kasallik tarixini ehtiyotkorlik bilan saqlashi kerak Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling