Mavzu; Hamshiralik ishi va salomatlik. Reja
Download 25.53 Kb.
|
; Hamshiralik ishi va salomatlik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salomatlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar
Mavzu; Hamshiralik ishi va salomatlik. Reja. 1 Hamshiralik ishi va salomatlik. 2 Salomatlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar Insonlarning kundalik hayot faoliyati salomatlik bilan chambarchas bog‘liq. Salomatlik — atrof muhit bilan shaxs hayotining bog‘liqligi shu muhitga insonning moslashuvi natijasidir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti salomatlikka quyidagicha ta’rif beradi. «Salomatlik — kasallik yoki jismoniy nuqsonning yo‘qligi emas, balki insonning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy jihatdan osoyishtalik holatidir». Kundalik hayot faoliyati sog‘lom hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan va har kuni takrorlanib bajariladigan hatti-harakatlar bo‘lib, o‘z ichiga insonning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy, madaniy faoliyatini qamrab oladi. Kundalik hayot faoliyati Xendersonning «Hamshiralik ishi asosi nimani tashkil qiladi?» qo‘lyozmasida yozilganidek, bu insonlarning ovqatlanishi, fiziologik chiqaruvi, kiyinib yechinishi, tozalikka rioya qilishi, jismoniy faoliyati, dam olishi, uyqu, seks, ko‘ngilochar tadbirlarda qatnashishi, bilim olishi va mehnat qilishidan iborat. Ushbu ehtiyojlarning qondirilishi inson salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Kundalik hayot faoliyatida insonlar o‘z-o‘zini parvarish qilishi, o‘z salomatligi uchun qayg‘urishi, kasalliklarning oldini olishi zarur. O‘z- o‘zini parvarish qilish inson tomonidan mustaqil bajariladigan hatti- harakatlardir. Agar inson o‘z-o‘zini parvarish qila olmasa, ya’ni jismoniy, ruhiy va ijtimiy yordamga muhtoj bo‘lsa, tibbiyot hamshiralari yoki oila a’zolari unga yaqindan yordam beradi. Hamshiralik parvarishi hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarni baholashdan boshlanadi. Hamshira. bemor bilan muloqat qilib, uning muammolari haqidagi ma’lumotlarni yig‘adi. Ma’lumot yig‘ishda hamshira barcha axloqiy normalarga rioya qilishi zarur. Salomatlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar Aholi salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi yoki xavf tug‘diruvchi ornillar xilma-xil bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatadi. Salomatlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: Tashqi muhit omillari. Inson o‘z atrofini o‘rab olgan tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Suv, havo, o‘simliklar, hayvonot dunyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, yashash joyi, kiyim-kechagi, shovqin, tebranish, radiatsion nurlanish, turli dori vositalari, biologik profilaktik preparatlar, zamonaviy havo laynerlari, qishloq xo‘jalik zararkunan- dalariga qarshi ishlatiladigan xilma-xil zaharli kimyoviy moddalar va boshqalar insonni o‘rab olgan muhit hisoblanadi, sanab o‘tilgan omillar esa insonning jismoniy va ruhiy salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yashash sharoitidagi ijtimoiy muammolar ham inson salomatligiga ta’sir qilishi mumkin. Atrof-muhitning ifloslanishi tufayli biosferada ko‘payib borayotgan niutagen (onkogen, teratogen) omillar ta’siri irsiy kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri noto‘g‘ri va tartibsiz ovqatlanish bolib, a’zolar normal faoliyatining buzilishi va kasalliklar kelib chiqishida muhim o‘rin egallaydi. Organizm yetarli darajada oziq moddalar bilan ta’minlanmasligi natijasida uning hi- moya xususiyatlari pasayib, kasallik paydo bo‘lishi uchun zamin yaratiladi, tez charchash, ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bolalarning yetarlicha ovqatlanmasligi ulaming o‘sish va jismoniy rivojlanishini kechiktiradi. Download 25.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling