Mavzu: Hamza Hakimzoda Niyiyoz (1889-1929) ning xayoti va faoliyati Yõldosheva Mohira San'at jurnalistikasi
Download 66.43 Kb.
|
Mohira
MUSTAQIL ISH Mavzu: Hamza Hakimzoda Niyiyoz (1889-1929) ning xayoti va faoliyati Yõldosheva Mohira San'at jurnalistikasi 2022-yil Reja: 1. Hamzaning Hayoti va ijodiy yo`li. 2. Hamza - ma`rifatparvar. 3. Hamza - milliy istiqlol kuychisi. 4. Yangi o`zbek she`riyatida "Milliy ashulalar" to`plamining o`rni. 5. Hamza - dramaturg. Kirish
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889.6.3, Qo‘qon — 1929.18.8, Farg‘ona viloyati Shohimardon qishlog‘i) — shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1926). Solkashon mahallasidagi eski maktab va madrasada (1896—1906), keyin qisqa muddat Namangan madrasasida (1908) tahsil ko‘rgan. 1909 yilda Kogonda matbaada ishlagan. So‘ngra Toshkentga kelib, usuli jadid maktablarining o‘quv dasturi bilan tanishgan va shunday maktablarni dastlab Qashqardarvoza mahallasida (1910), keyin Qo‘qon shahrining Hojibek guzarida (1911) va Marg‘ilonda (1914) ochgan. Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qo‘qondagi rus-tuzem maktabida o‘qituvchi, «Sho‘roi islom» tashkilotining ozuqa sho‘‘basida mirza, «Kengash» va «Hurriyat» jurnallarida muharrir (1917), Farg‘ona viloyati madaniy-maorif bo‘limida xodim (1918), Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi O‘lka musulmon siyosiy truppasida rejissyor (1919), «Dor ush-shafaqa» maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati maorif va harbiy targ‘ibot-tashviqot sho‘‘basi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi kasaba soyuzlarining madaniy-ma’rifiy muassasalarida mudir (1921—24), Farg‘ona maorif qo‘mitasi qaramog‘idagi ong-bilim sho‘‘basida mudir o‘rinbosari (1924) singari turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1926 yildan erkin ijod bilan shug‘ullangan. Ammo rahbar idoralarning topshirig‘i bilan 1928 yil avgustdan Shohimardonda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borgan va so‘nggi safari chog‘ida halok bo‘lgan. Hamzaning adabiy ijodi 1905—06 yillarda boshlangan. Hamza 1908 yil qo‘shni o‘lkalarda nashr etilgan ilg‘or gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik g‘oyalari bilan tanishgan. Ma’rifatli kishilar ta’sirida «milliy she’rlar» yoza boshlagan. Hamza shu yili «eski podsholar turmushidan» olingan «Haqiqat kimda?» degan «roman» ham yozgan (bu asar o‘sha vaqtdayoq yo‘qolgan). Hamza 1905 yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda g‘azallar yoza boshlagan. 1914 yilda tartib berilgan qo‘lyozma devoniga shoirning 1905—14 yillarda «Nihoniy» taxallusi bilan yozgan 214 ta she’ri kiritilgan. 1908—10 yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bog‘lagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi o‘quv qo‘llanmalari yaratish yo‘li bilan xalqni ma’rifatlashtirish maqsadida Qo‘qon va Marg‘ilonda ochgan maktab o‘quvchilari uchun «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi» (1914) va «Qiroat kitobi» (1915) o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlagan. Hamza katta yoshdagi kishilar uchun «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» umumiy nomi ostida «gul» to‘plamlarini e’lon qilgan (1915—19). Hamza mazkur majmualari (8 bo‘limdan iborat) bilan o‘zbek she’riyatiga yangi mazmun va yangi g‘oyalar olib kirgan va, ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning «Yangi saodat» (1914, nashri — 1915) asari ayrim olimlar tomonidan o‘zbek adabiyotidagi roman janrining ilk namunasi sifatida talqin qilinib kelingan. Lekin bu asar aslida ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan qissa bo‘lib, unda kambag‘al yigit (Olimjon)ning ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan. Hamza 1914-16 yillarda «O‘ch» (1914), «Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari» (1915), «Ilm hidoyati», «Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi», «Ochlik qurbonlari» (1916), «Muxtoriyat yoki avtonomiya» (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan. Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda «o‘zbek sovet adabiyoti»ning, teatrining asoschisi sifatida ko‘kka ko‘tarilgan. Hamza nomi bilan bog‘lanib kelingan O‘lka sayyor drama truppasi aslida Skobil (Farg‘ona) sayyor truppasi deb atalib, unga G‘afur Musaxonov rahbar bo‘lgan. Hamza shu truppada dramaturg, rejissyor va suflyor bo‘lib xizmat qilgan. Shu vaqtda u «Kim to‘g‘ri?», «Tuhmatchilar jazosi», «Boy ila xizmatchi», «Ishchilar hayotidan» (1918), «Loshmon fojiasi» (1916—18, 3 bo‘limli), «Farg‘ona fojiasi» (1918—20, 4 bo‘limli), «Qizil qon ichida yosh go‘daklar», «Mahbus to‘raning holi» (1919) singari pesalarni yozgan (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan). Agar Hamza «Zaharli hayot» dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimentalizmdan keng foydalangan bo‘lsa, «Tuhmatchilar jazosi», ayniqsa, «Boy ila xizmatchi» singari pesalarida realizm tomon yaqinlashgan. Ammo Hamza ko‘p o‘tmay, targ‘ibot va tashviqot yo‘nalishidagi «Pastki sho‘rolar saylovi munosabati ila yozilg‘on Cho‘pcharlar», «Pastki sho‘rolar tuzmasida saylovg‘a kirolmagan bir eshon o‘pkasiga javoban», «Burungi saylovlar» (1926) singari pesa va instsenirovkalarni yozishga katta e’tibor bergan. Hatto Sovet davlatining jahon inqilobi to‘g‘risidagi soxta g‘oyasiga ishonib, «Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari» (1927) pesasini yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik g‘oyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan. Biroq 1926 yili Hamza o‘zbek dramaturgiyasida muayyan iz qoldirgan 2 asar: «Maysaraning ishi» komediyasi va «Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi» dramasini yaratgan. Sinfiylik va partiyaviylik adabiy asarning qimmatini belgilovchi asosiy mezon hisoblangan davrlarda Hamzaning «Boy ila xizmatchi» pesasi butunlay qayta yozib chiqilgan. Sotsialistik realizm metodi talablari asosida «qayta tiklangan» bu asar uzoq yillar davomida Hamza dramaturgiyasining yuksak namunasi sifatida taqdim etilib kelingan. Hamza haqida doston (Oybek asari, 1948), roman (K.Yashin asari, 1989), teatr spektakli (K.Yashin va A. Umariy asari, 1941), kinofilm (stsenariy mualliflari K.Yashin va S.Muhamedov, rejissyor Z.Sobitov, 1960), 16 seriyali badiiy film (stsenariy mualliflari K.Yashin, B.Privalov va Sh.Abbosov, rejissyor Sh.Abbosov, 1975—84) va hujjatli film (stsenariy muallifi L.Qayumov, rejissyor N.Otaullaeva, 1960) lar yaratilgan. Toshkent va Qo‘qon shaharlari hamda Farg‘ona vodiysidagi teatr, maktab, ko‘cha va shirkat xo‘jaliklariga, Toshkent shahridagi metro stantsiyasiga shoir nomi berilgan. O`zbek xalqining atoqli shoiri. dramaturgi, muzikant drejyori va yirik jamoat arbobi Hamza adabiyotimiz tarixida to`ng`ich vakillaridan biri sifatida ko`zga tashlanadi. Darhaqiqat o`zbek poeziyasining ham, dramaturgayasining ham. prozasi, pedagogikasi va teatr san`atining Ham tarixi Hamza ijodi bilan uzviy bog`liqsir. Hamza eski usuldagi maktabda, so`ng madrasada ta`lim olgandan so`ng mustaqil ravishda mutolaaga beriladi. O`zbek, fors, tojik Hamda rus klassiklari asarlarini sevib o`qiydi. XIX asrning birinchi va ikkinchi yarmidagi satirik maktab vakillari ijodini o`rganadi - ilk poetik ijodida ular izidan boradi. U o`z bilimini oshirish maqsadida rus tuzem maktabiga kirib o`qiydi. Natijada Hamza o`zbek xalqini qoloqliqda va jaHolatda saqlab kelayotgan ijtimoiy tuzumga. feodal urf-odatlarga. dindorlarga qarshi kurash ochadi. Xalqni maVifatli qilish orzusi uning qalbida jo`sh uradi. Yangi usul maktablar, rus tuzem maktablari, xususan, vaqgli matbuoat Hamzaning dunyoqarashiga kuchli ta`sir etadi. Hamza ayniqsa, 1911- yillardan boshlab maWatparvarlik ishlariga qafiy kirishadi. Bu jiHatdan Ham u o`z salaflari yo`lidan bordi, xususan. Furqat, Avaz O`tar kabi ma`rifparvarlarning an`analarini davom ettiradi. Hamza 1910 yildan to 1915 yillar orasida yangi usuldagi maktablar ochib, ular uchun "Engil adabiyot". "O`qish kitobi" . "Qiroat kitobi" kabi darsliklarni yaratdi. Hamza bu darsliklarni yaratishda Ushinskiy, L.Tolstoylarning boshlang`ich maktablar uchun tuzgan darsliklaridan samarali foydalandi. Ular didakgik prinsiplarga amal qildi. Hamzaning ilk ijodi. Hamza o`z ijodini "NiHoniy" taxallusi bilan kichik janrdagi lirik she`rlar yozishdan boshladi. Uning 1905-1914 yillar orasida yozgan she`rlari "Devoni NiHoniy" to`plamiga kiritilgan. To`plamga kiritilgan she`rlarda Hamza klassik poeziya an`analariga ergashdi. Bu she`rlarning aksariyati aruz vaznida yozilgan bo"lib, ular asosan ishqiy va maWparvarlik ruxidagi she`rlardan tashkil topgan. Hamzaning "Yangi saodat" nasriy asarida Ham, "ZaHarli Hay ot y ox ud ishq qurbon lari" dramasida Ham j adid adabiyotaning bosh mavzu - ma`rifatparvarlik g"oyalari etakchi o`rinni egallaydi. Hamza adabiyotimiz tarixida shoir, dramaturg sifatidagina emas, balki nasrnavis sifatida Ham muHim o`rin egallaydi. "Haqiqat kimda?" (1908), "Ishq" (1915), "Uchrashuv" (1915), "Turmush achchiqlari" (1915) kabi ocherk, Hikoya, qissa va romashkuj bunga misol bo`la oladi. O`zbek adabiyotida realistik proza namunalariday yaratishda Hamzaning xizmatlari kattadir. Uning uYangi saodat" nomi bilan atalgan birinchi yirik asari boshdan-oyoq xalqni ilmu-ma`rifatga chiqarish g`oyasi bilan sug?orilagan, Povest kirish va xotimadan tashqari o`n besh bobdan iborat. Asar qaHramonlari ikki qutbni tashkil etadi. Birinchi qutbda ijobiy qaxramonlar - Maryam, Olimjon. Hadicha va muallif timsollari tursa, ikkinchi qutbda salbiy obraz - Olimjonning otasi Abdulqahhor turadi. Hamza voqealar markaziga bir oila tarixini qo`yadi. G`oziboy va Ro`zvonlar bu oilaning boshlovchilari bo`lib. ular muallifning talqinida yomon kishilar emas, biroq ular yagona farzandlari Abdulqaxdorni maktabga berib o`qitmaganlar. Ana shu Holat, ya`ni bolalarni o`qitmaslik natijasida mol-mulklaridan ajralib, xor-zor bo`lib qolgan ota-onalar taqdiri asarning ekspozisiyasini tashkil etadi va bu voqea keyingi voqealarni keltirib chiqaradi. Demak, bundan ko`rinadiki, asarning markazida olimlik bilan joHillik orasidagi konflikt yotadi. Asarda tasvir etilishicha, AbdulqaHHor savodsiz, chapani, joHil odam, u ichkilikka, qimorbozlikka berilib, otasidan qolgan barcha boylikni sovurib yuboradi. Pirovard uyini Ham qimorga boy berib, oilani xarob qilib, bola-chaqalarini tashlab qochib ketadi. Ammo uning xotini Maryam o`qimishli, aqlli, irodali ayol bo`lgani uchun Hamma qiyinchiliklarga bardosh beradi. Har kimlarning xizmatini qilib, o`g`li Olimjon va qizi Hadichalarni Ham o`zi singari meHnatsevar, odobli va o`qimishli kishilar qilib tarbiyaiaydi. Qissaning bosh qaxramoni Maryamxon va uning o`g`li Olimjonlardir. Yosh yigit Olimjon onasi Maryamning yaqin do`sti AHmadjonning yordamida yangi usul maktabiga kirib o`qiydi. U o`zining o`tkir zeHni, odob-axloqi va o`qishga bo`lgan zo`r ishtiyoqi sinfdoshlaridan ajralib turadi. Shunday qilib Olimjon maktabni a`lo baHolarga tamomlaydi. Xatli-savodli bo`lganidan so`ng Olimjon boyning qo`lida mirzolik qiladi. So`ng otasini izlab topadi, oilaga qaytaradi. Olimjonning aql-zakovatiga tan bergan AbduraHmonboy keyinchalik Olimjonni o`ziga kuyov-o`g`il qilib oladi. Boy vafot etganidan so`ng uning barcha boyliklariga merosxo`r bo`lib qoladi. Shunday qilib xarob boMgan oila Maryamxonning tadbirkorliga va Olimjonning o`qimishli kishi bo`lib etishishi tufayli yangi saodatga erishadi. Bu o`rinda shuni ta`kidlab o`tish kerakki. Hamza Olimjonni mustamlaka zulmi ostida ezilgan, avom xalq ichidan etishib chiqqan birinchi ma`rifparvar shaxs sifatida psixologik jiHatdan ishonarli tasvirlagan. Asar juda sodsa tilda yozilgan bo`lishiga qaramay, unda bayonchilik kuchli. Klassik adabiyotdagi singari qaHramonlar Harakatda ko`rsatilmasdan muallif bayoni, Hikoyasi orqali beriladi, ularning ichki kechinmalari unchalik ochilmay qoladi. Ayniqsa, bunga muallim obrazini ko`rsatish mumkin. Bunday kamchiliklarga qaramay Hamzaning jadid ruHida yozilgan mazkur asari ma`rifparvarlik g`oyalarini targ`ib etuvchi, ijobiy qaxramon obrazini yaratgan o`zbek realistik prozasining ilk namunalaridan biri sifatida adabiyotimiz tarixida muxim o`rin egallaydi. Hamza 1915-1919 yillar orasida o`zining mashHur she`riy guldastasini yaratadi. Bu to`plamlar Hamza ijodida aloHida o`rin tutadi. Bular "Milliy ashulalar uchun milliy she`rlar" nomi bilan yuritilib, "Oqgul", "Qizil gul", "Sariqgul", "Yashil gul", "Pushti gul", "Safsar gul", "Atir gul", "Gull qarg`a" turqumidagi aloxdsa-aloxdsa to`plamlarga kiritilgan. Hamzaning milliy kuylarga she`rlar yozishi tasodifiy bo` Imagan, u birinchidan. xalq og` zaki ijodiga, xususan. qo` shiqlarga juda qiziqish bilan qaragan va etnografik ekspedisiyalarda qatnashib ularni qunt bilan to`plagan. Ikkinchidan, Hamza ma`rilparvarlik ruxi bilan sug`orilgan bu she`rlarini omma orasida keng tarqalishini ta`min etish maqsadida xalq qo`shiqlaridan bir vosita sifatida foydalangan. Chunki qcvshiq xalq orasida tez tarqaluvchi janrdir. Shunda qilib Hamza xalq orasida keng shuxrat qozongan milliy ashulalarimizning o`rni yo`qolib ketmasligi uchun ba`zi engil-elpi, Hattoki qabiH, beHayo she`rlar o`rniga yangi matn tayyorlab berishga ishtiyoq bilan kirishadi. Zamondoshlari uning bu xayrli ishlarini qo`llab-quvvatlaydilar va Hamzaning tabarruk qalamidan chiqqan "Milliy she`rlarni" ixlos bilan ijro eta boshlaydilar. "Gul" to`plamlarining Har birida 4-5 tadan, ayrimlarida esa 10 tadan oshiq she`rlar bo`lib, ularning tematik doirasi keng va xilma-xildir. To`plamlardagi she`rlar boshdan-oyoq xalqning orzu-umidlari va intilishlarini o`zida aks ettirgan. Shuningdek. ularda xalqni ilm-ma`rifatga chaqirish va dinning reaksion moHiyatini fosh etish keng o`rin egallaydi. Birgina misol keltirib o`taylik. Ma`lumki, birinchi jaHon urushi arafasida xalq orasida "Lum-lum, Mamajon" oHangidagi ashula juda mashHur bo`lib ketgan edi. Bu xalq qo`shig`ida "istakanda choy ichgan lum-lum Mamajon" qabilidagi bachkana, sayyoz satrlar mavjud bo`lgan bo`lsa, Hamza xuddi ana shu ashulaning matniga emas, balki musiqiy oHangiga tayanib xalqni g`aflatdan uyg`onishga da`vat etuvchi yangi she`riy matn ijod etadi. She`rdan ayrim misralarni keltiramiz: Turgil darddan jismingni sog`la, Turkiston, Donish o`tiga bag`ring dog`la, Turkiston. Belga Himmat kamarin bog`la, Turkiston, Ma`rifatga etmoqni chog`la, Turkiston. (Hamza, 2, torn: 7, 29 betlarga qarang). 20 Hamza 1914-16 yillarda «O‘ch» (1914), «Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari» (1915), «Ilm hidoyati», «Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi», «Ochlik qurbonlari» (1916), «Muxtoriyat yoki avtonomiya» (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan. Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda «o‘zbek sovet adabiyoti»ning, teatrining asoschisi sifatida ko‘kka ko‘tarilgan. Hamza nomi bilan bog‘lanib kelingan O‘lka sayyor drama truppasi aslida Skobil (Farg‘ona) sayyor truppasi deb atalib, unga G‘afur Musaxonov rahbar bo‘lgan. Hamza shu truppada dramaturg, rejissyor va suflyor bo‘lib xizmat qilgan. Shu vaqtda u «Kim to‘g‘ri?», «Tuhmatchilar jazosi», «Boy ila xizmatchi» , «Ishchilar hayotidan» (1918), «Loshmon fojiasi» (1916—18, 3 bo‘limli), «Farg‘ona fojiasi» (1918—20, 4 bo‘limli), «Qizil qon ichida yosh go‘daklar», «Mahbus to‘raning holi» (1919) singari pesalarni yozgan (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan). Agar Hamza «Zaharli hayot» dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimentalizmdan keng foydalangan bo‘lsa, «Tuhmatchilar jazosi», ayniqsa, «Boy ila xizmatchi» singari pesalarida realizm tomon yaqinlashgan. Ammo Hamza ko‘p o‘tmay, targ‘ibot va tashviqot yo‘nalishidagi «Pastki sho‘rolar saylovi munosabati ila yozilg‘on Cho‘pcharlar», «Pastki sho‘rolar tuzmasida saylovg‘a kirolmagan bir eshon o‘pkasiga javoban», «Burungi saylovlar» (1926) singari pesa va instsenirovkalarni yozishga katta e’tibor bergan. Hatto Sovet davlatining jahon inqilobi to‘g‘risidagi soxta g‘oyasiga ishonib, «Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari» (1927) pesasini yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik g‘oyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan. Biroq 1926 yili Hamza o‘zbek dramaturgiyasida muayyan iz qoldirgan 2 asar: «Maysaraning ishi» komediyasi va«Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi» dramasini yaratgan.
"Milliy ashulalar"ning bosilib chiqqan kitobchalari sakkizta ekanligi barchaga ma`lum. Biz yuqorida ularning nomlarini zikr etdik. Hamza bulardan tashqari 1919 yildan 1926 vilgacha "Karnay gul", "Qora gul", "Gull qatma-qat" to`plamlarini Ham yozganligini, ammo ularning chop etilganligini ma`lum qiladi. Xulosa qilib aytganda, "gul" to`plamlarida ilgari surilgan g`oya, ya`ni vatan tuyg`usini tarbiyalashga qaratilgan g`oya reaspublikamiz istiqlolga erishgach yanada katta aHamiyat kasb etmoqsa. Hamzaning adabiy ijodida dramaturgaya ayniqsa katga mavqega ega. U XX asr boshlaridagi boshqa o`zbek dramaturglari, birinchi navbatda BeHbudiy, Fitrat, Cho`lpon va Avloniylar bilan birgaliqsa milliy dramaturgiyaning mustaqil adabiy janri sifatida ravnaq topishiga salmoqli xissa qo`shdi. Hamza prozaga nisbatan avom xalqni ma`rifatli qilishda teatrnyng imkoniyatlari beqiyos ekanligini tezda anglab etdi. Shuning uchun Ham u teatrni Hayot kuzgusi, zamon kuychisi deb atadi. Hamza teatr san`atining dastlabki taraqqiyotida o`zi rejissyor, ovoz muallimi, artist, kompozitor, suflyor va saHnalashtiruvchi boMib ishladi. U inqilob arafasi va oktyabrdan keying! dastlabki yillarda "O`ch" (1912), "Ilm Hidoyati" (1915), "Mulla NormuHamad domlaning kufr xatosi" (1915), "ZaHarli Hayot yoxud ishq qurbonlari" (1915), "Feruzaxonim" (1915), "Muxtoriyat yoki avtonomiya" (1917), "Ishchilar Hayotidan" (1918), "Farg`ona fojiasi11 ("Loshmon fojiasi" 1918), "Boy ila xizmatchi" (1918), "Tuxmatchilar jazosi" (1918) pyesalarini yozdi. Hamzaning inqilobga qadar yozgan eng muHim dramatik asarlaridan biri va bizgacha etib kelgani "ZaHarli Hayot yoxud ishq qurbonlari"dir. Bu asar to`rt pardali fojia bo`lib, 1915 yidda yozilgan va 1916 yilda kitobcha Holida nashr etilgan. Asar xalq orasida yashin tezligida tarqalgan. Hamza "ZaHarli Hayot" p`esasida o`tmishdagi mexnatkash xalqning, ayniqsa, to`rt devor ichida o`zbek xotin-qizlarining og`ir Hayotini, ularning bu qullik Hayotga bo`lgan nafrati va g`azabini aks ettirdi. Asar voqeasi ikkiyoshning bir-biriga bo`lgan chinsevgisi asosiga qurilgan. P`esaning asosiy qaHramoni mexnatkash kosib qizi Maryamxon boyning o`g`li MaHmudxonni sevib qoladi. MaHmudxon Ham o"z navbatida Maryamxonni samimiy sevadi. Ikki sevishganlar asarning birinchi pardasida tasvirlanishicha birga turmush qurishni va xalqqa xizmat qilishni orzu qiladilar. Lekin ularning bu orzulari qatgiq qarshilikka duch keladi. Avvalo bunga MaHmudxonning otasi MirzaHamdam ko`nmaydi, kambag"al kosibga quda bo`lishni ep ko`rmaydi. (Shu tarzda p`esaning dastlabki saxifalaridarioq eskicha urf-odatlarga ko`nikib qolgan ota-onalar bilan ulardan ilgarilab ketgan va zamonasiga sig`may qolgan yoshlar o`rtasidagi konflikt nish ura boshlaydi. Natijada bu konflikt taranglasha borib, kamonning yoyidek otilib, Har ikkala qaxramonni -Maryamxon bilan MaHmudxonni Halok qiladi). Buning ustiga-ustak .Maryamxonning ota-onalari uni besh xotinli Hazrati eshonga nazir qilib qo`yganlari ma* him bo`lib qoladi. Maryamxonning ota-onalari diniy urf-odatlar Hukmron bo`lgan davrda yashaganlari uchun Ham nazr-niyozqilish odatlariga xayrxoHlik biln qaraydilar. O`qib, oqu-qorani tanib olgan Maryamxon eski urf-odatlarni engib o`tishga, xotin-qizlarni savodli qilishga va ozodlikka olib chiqishga intiladi. U bu yo`ldan o`limdan Ham qaytmaydi. Uning bunday fikrlari, ayniqsa, Maxmudxonga yozgan maktublarida o`z aksini topgan... Lekin Maryamxon o`zining bu orzularini amalga oshira olmaydL. Maxmudxon bo` Isa muHabbat Haqida, Haqiqat Haqida og`izdagina ana shu orzu Havaslarning amalga - oshishi uchun kurashmaydi, Maryamxonga Ham yordam qo`lini cho`zolmaydi. Natijada Maryamxon shariat yo`li bilan va ota-onasining qo`li bilan qanotlari bog`lanib, Hazrat eshon changaliga topshiriladi. P`esaning ikkinchi pardasida eshon uyida, eshon bilan Maryamxon o`rtasida bo`lib o`tgan keskin munozara tasvirlanadi. Bu munozarada Maryamxon eshon timsolida umuman din ahllarining asl basharasini o`tkir so`zlar bilan ochib tapshaydi va Har qanday boylikdan ko`ra o`zining sof muHabbatini ustun qo`yadi... Shunday qilib Maryamxon zulm girdobida qoladi. Eshon Hamma yoqqa tuzoq qo`ygan. Shariat uning qo`lida, Hukumat uni yoqlaydi. Xatto Eshon uning ota-onalarining Ham ko`nglini ovlab, o`ziga ipsiz bog`lab olgan. Maryamxon bunday mushkul aHvoldan qutilshp yo`llarini axtaradL Lekin najot eshiklari berk. Oxirida ilojini topa olmagandan so`ng, eshonga xotin bo`lishdan, u bilan zaHarli Hayot kechirishdan ko`ra o`limni afzal ko`radi. Natijada u eshon uyidan qochib, o`z uyiga keladi va yana bu dargoHga kelmaslik uchun zaHar ichib betob bo`lib qoladi. Asarning uchinchi pardasida Maryamxonning o`z ota-onasi uyida zaHarlanib yotgani tasvirlanadi. Bu o`rinda ona bilan bola o`rtasida bo`lib o`tgan suHbat xarakterlidir... Asarda muallif xotin-qizlarning Huquqsizligini, Hatgo onaning o"z farzandiga bo`lgan Haq-Huquqidan Ham maHrum ekanligini qaxr-g`azab bilan ko`rsatib o`tadi. Maryamxon bu aHvolni yaxshi tushunadi, lekin shunga qaramay eski urf-odatlarga ko`nikib qolgan onalaming Ham jim turmaslikka, zolimlarga qarshi kurashga chaqiradi. P`esaning bu epizodi Gulxaniyning "Zarbulmasal"idagi "Tuya bilan bo`taloq" masaliga juda-juda o`xshab ketadi... Maryamxon eskillika qarshi kurashda qaHramon`na Halok bo`ladi. Shundan so`ng MaHmudxon Ham o`z alamiga chiday olmasdan Maryamxon qabri ustida o`zini Halok qiladi. Maryamxon o`z erki, o`z g`oyasi, e`tiqodi va sevgisi uchun kurashgan erksevar o`zbek ayolidir. Maryamxonning o`limi kurashdan engilish yoki pissimistik o`lim emas, balki o`sha mash`um zamonga, zaHarli Hayotga, xotin-qizlarning xo`rlanishiga, Haqoratlanishiga qarshi aybnomadir. 26MaHmudxonga kelsak, MaHmudxon o`sha davr liberal burjuasiyasining tipik vakili sifatida gavdalanadi. U o`z sevgisi yo`lida, maqsadi yo`lida otasiga qarshi kurashish u yoqsa tursin, unga biror qattiq so`z Ham ayta olmaydi. MaHmudxonning o`limi Maryamxon o`limi singari ijtimoiy tengsizlikka, davr Haqsizligiga qarshi norozilik emas, balki pjssimizmning bir ko`rinishidir. Asar faqat Hamza ijodidagina emas, balki o`zbek dramaturgiyasi taraqqiyotida Ham muHim o`rin egallaydi. U Hamza ijodiy takomilidan darak beradi. Drama fojiy va sentimental xarakterga ega. (Uning saHna varianti). Hamza ijodidagi ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurash kayfiyati ayniqsa uning 1917 yil fevral inqilobidan keyingi yozgan asarlarida ravshan ko`zga tashlanadi. Bu jiHatdan uning o`zbek adabiyotining dastlabki namunalari Hisoblangan "Shundoq kolurmu?", (1917), "Biz ishchimiz!", "Hoy, ishchilar!" (1917), "Uyg`on!" (1918), "Ishchilar uyg*on!" (1918), "Ishchi bobo" (1918), "Yashangiz ishchi deHkonlar!" (1918) singari jangovor she`r va qo`shiqlar juda xarakterlidir. Yangicha mazmunni yangacha shaklda ifoda etgan ushbu asarlar o`zbek she`riyatidagina emas, balki umuman Sharq adabiyotida tamomila yangi saHifa ochdi va uning keyingi taraqqiyot yo`lini belgilab berdi. O`zbekiston inqilobiy poeziyasining birinchi namunalari Hisoblangan ushbu she`rlarda ishchi sinfining kurashlari, uning yangi Hayot qurishdagi avangardlik roli birinchi marta o`z ifodasini topdi. Hamza aslida 1917 yil fevral inqilobini katga umidlar bilan kutib oldi va uni xalqqa ozodlik keltiruvchi "Hurriyat" deb tushunadi. Ammo uning umidlari ruyobga chiqmaydi. Chor Hukumati o`rniga kelgan muvaqqat Hukumat zulmning, ekspluatasiyaning yanada yangidan-yangi shakllarini qo`llaydi. Hamza oradan ko`p o`tmay fevral burjua inqilbining bunday kontrrevolyusion moHiyatini, ya`ni uning xalq manfaatini emas, balki burjuaziyaning manfaatini ko`zda tutib amalga oshirilganligini yaxshi anglib etadi va burjuaziyani xoin deb ataydi. U o`zining "Shundoq qolurmu?!" she`rida xalq takdiri dushmanlar qo`lida qolmasligini, xalq albatta ozodlikka chiqishini bashorat qiladi. Shoir aytganidek, oradan ko`p o`tmay oktyabr to`ntarishi yuz beradi. Buning ustiga quvonchli voqea. ya`ni 1917 yilning noyabrida Qo`qon muxtoriyati, boshqacha aytganda Turkiston muxtoriyati, Hamza bashorat qilib aytganday xalq Hokimiyati yuzaga keladi. Turkiston sovetlar Rossiyasidan ajralib chiqishiga oz qoladi. Hamza yana quvonchlarga to`lib, o`zbek xalqini milliy mustaqillik bayrog`i ostida birlashishga chaqirib, o`zining inqilobiy she`rlarini yozishda davom etadi. Yuqorida eslatib o`tganimiz: "Biz ishchimiz!", "Hoy, ishchilar!", "Uyg`on!", "Ishchilar, uyg`on", "Ishchi bob", "Yashangaz ishchi deHqonlar!" kabi she`rlar shular jumlasidandir. Shuni Ham aloHida ta`kidash kerakki, Hamza ilg`or g`oyalar bilan Har qancha qurollangan bo`lmasin, boshqa yozuvchilar singari u Ham mustabid tuzum siyosatiga, uning bergan va`dalariga ishonadi. Oxir oqibatda bu tuzum siyosatining "otashin" targ`ibotchisiga aylanadi. Hamza ijodida xotin-qizlar ozodligi mavzui. Adabiyotimiz tongadan boshlab davr talablariga Hamisha Hozir javob bo`lib kelgan Hamza ijodida xotin-qizlar ozodligi mavzui keng o`rin egallaydi. Bu mavzu uning ilk asarlaridan tortib, qayta-qayta ishlanib kelindi va so`ngi davrda yozgan yirik asarlarining markaziy mavzuiga aylanib qoldi. Masalan, "Maysaraningi ishi" (1926), "Paranji sirlaridan bir lavHa yoki yallachilar ishi" (1927) kabi o`zbek dramaturgayasining shoH asarlari, shuningdek 1927-1928 yillar mobaynida yozilgan "O`zbek xotin-qizlariga", "Bu kun - 8 mart", "Mart qurboni - Oynisa", "Hujum xoinlarga", "Muborak", "Tursunoy marsiyasi", "Uzilgan chechaklar", "Xotin-qizlar ovozi", "Ozod xotin-qizlar qo`shig`i" kabi she`riy asarlari xotin-qizlar ozodligi mavzuiga bag`ishlanib yozilgan boTib, Hamza ularda xotin-qizlar ozodliga dushmanlarini ayovsiz fosh qilishga chaqiradi. Hamzaning bu mavzuga bag`ishlab yozgan dramalari orasida "Yallachilar ishi" aloHida aHamiyatga ega. Hamzaning bu asarni yozishdan murodi-maqsadi Ham xagin-qizlarni paranji asoratidan xalos etish, ularning ijtimoiy Haetdagi mavqelarini tiklash, insoniy Huquqlarini Himoya etish uchun boshlangan Harakatga Hissa qo`shish edi. Mazkur asar Hamzaning xotin-qizlar ozodltgtga bag`ishlangan so`nggi yirik asaridir. Keyinchalik "Xolisxon" nomi bilan xalq orasida mashHur bo`lib ketgan bu ajoyib asar paranjiga qarshi kurash eng avjiga chiqqan bir paytda yuzaga keldi. Haqiqatdan Ham aHolining yarmidan ko`pini tashkil etgan ayollarni paranjidan ozod qilish va ularni Haqiqiy ozodlikka olib chiqish shu davrning muHim vazifalaridan edi Ma`lumki, o`zbek Hayotiga va o`zbek ayollariga ongiga asrlar savomida chuqur singib ketgan edi. Shuning uchun Ham uning zararli oqibatlarini tushuntirib berish g`oyat mulfim edi. Hamza "Xolisxon"da go`yo ayollarni buzuqchiliqsan saqlash uchun chiqarilagan paranjining aslida ekspluatatorlar qo`lida Huquqsizlik va buzuqlikni berkitib turuvchi bir parda ekanini keng Hayotiy lavHalar orqali ochib tashlaydi. Dramada eng yorqin va mukammal ishlangan obraz 17 yoshli "gul andom, shirin so`z, soHibjamol qiz11 Xolisaxondir. Xolisxonning takdiri va uning intilishlari asarning asosini tashkil etadi. Boy qizi Xolisxon muHabbatni boylik bilan, mansab bilan o`lchamaydi. Xolisxon bo`lajak er kirn bo`lishidan qat`iy nazar birinchi galda qizning unga muHabbati bo`lishi kerakligini uqtiradi. "Ko`mirchi bo`lsin, temirchi boTsin, to`rt devor ichida sevganing bo`lsin" deydi u. Shuning uchun Ham Xolisxon o`zi sevmagan Boyvachchaga turmushga chiqishni qat`iy ravishda rad etadi. Xolisxonning qismati, sarguzashti o`tmishdagi minglab, millionlab o`zbek ayollarining fojiali Hayotini aks ettiradi. U taqsirni tan olmaydigan "Har kimning baxti o`z qo`lida" deb ishongan va o`z baxti uchun kurashgatayyor turgan sof ko`ngil, aqlli, irodali, erkparvar ayol obrazidir. Xolisxonning ota-onalariga kelganda ular Ham xuddi "ZaHarli Hayot" p`esasidagi Maryamxonning ota-onalariga o`xshab shariat qoidaiariga, eski urf-odatlarga va mol dunyoga mukkasidan ketgan kimsaiar. Ular qizlarining taqdiri bilan mutlaqo qiziqmaydilar. Aksincha, muallif aytganidek, "boyib qolish maqsadida guldek qizlarini ko`lga uloqgiradilar". Shunday qilib Xolisxon ota-onasining yovuz niyatiga qarshi, ya`ni Xolisxonni o`z sevgan yigiti - Rustambekka emas, balki Boyvachchaga berish va mol-dunyo ortirrish niyatiga qarshi uylaridn bosh olib chiqib ketadi va o`z sevgisi Rustambek bilan shariat qoidalari asosida emas, balki adolat qoidalari asosida turmush qurishga oshiqadi. Ammo Hukmron ijtimoiy tuzum, eski urf-odatlar Xolisxondek yakka shaxslardan ustin keladi. Hatto Xoiisxonning oq ko`ngilligi Ham bu tuzum sharoitida uning baxtsizligiga sabab bo`ladi: u aldoqchilik va sotqinlik yo`li bilan yashovchi yovuz niyatli kishilarning qo`liga, ya`ni foxishaxonaga tushib qolganni o`zi Ham sezmay qoladi. Asarda o`z oilasidan madad topolmagan Xolisxonning Norboyvachchadek inuttaHamlarning qo`liga tushib qolish epizodi zo`r Hayajon bilan ko`rsatilgan. Xolisxon umrining oxirigacha ana shu odamfurushlar muxitidan, ularning changalidan chiqa olmaydi. Uning sevgilisi Rustambek Ham MaHmudxon singari oHu-fig`onlar chekib o`tadi. Sevishganlarning mushkullarini oson etish uchun ko`makka kelgan Tojiboy singari begaoH do`stlari Ham Halok etiladi. Salbiy tiplardan biri - yallachilar boshlig`i Masturadir. Hamza bu obrazni yaratishda HamHayotdagi bor faktlarga suyanadi vauning protatipi qilib Qo`qonlik mashxzf yallachi Mastura Hofizni oladi, Masturani biz xotin-qizlarning shurini quritadigan, ularni yo`ldan ozdirishga, buzishga Harakat qiladigan xaromxo`r maHluqa sifatida ko`ramiz. Asar kishilarning eng yaxshi orzu-umidlarini, sevgisini poymol etib, yanchib kelgan ekspluatatorlik tuzumiga qarshi qullik simvoli bo`lgan paranjini la`natlash tarzida jaranglaydi. Drama 20- yillar o`zbek dramaturgiyasining muxim yutug`i bo`lib qoldi. Hamza ijodi kamolot bosqichiga etgan yiilarda, ya`ni 1928 yilning avgust oyida ShoHimardon (Hozirgi Hamzaobod)ga boradi. Ma`lumki, bu qishloq Farg`ona vodiysidagi eng go`zal. xush manzara va ob-Havosi yoqimli jannatmakon so`lim joylardavdir. Ammo o`sha vaqtlarda bir guruH ruHoniylar, shayxlar-eshonlar qishloqqa in qurib olgan edilar va tekinxo`rlarcha Hayot kechirar edilar. Hamza qishloqni ana shu quzg`unlardan tozalash va xalqning oromgoH joyiga aylantirish ishiga faol kirishadi. Xalq uning bu tashabbusini qo`llab-quwatlaydi. Bu esa reaksion guruxlarning shoirga bo`lgan adovatini kuchaytirib yuboradi. Natijada quturgan I,, reaksion kuchlar Hamzaga suiqasd uyushtirib, uni 1929 yilning 18 mart kuni toshbo`ron qilib vaHshiyona o`ldiradilar. Shunday qilib Hamza ijodida ma rifparvarlik va istiqlol uchun kurash etakchi o7rinni egallaydi. Download 66.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling