Mavzu: Hamza Hakimzoda Niyiyoz (1889-1929) ning xayoti va faoliyati Yõldosheva Mohira San'at jurnalistikasi
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929)
Download 66.43 Kb.
|
1 2
Bog'liqMohira
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929)
Yangi davr o‘zbek adabiyotining namoyandalaridan biri, shoir va dramaturg, bastakor va rejissyor, ma’rifatparvar-pedagog va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yil 6 martda Qo‘qon shahrida tabib oilasida tug‘ildi. Hamza avval eski maktab va madrasalarda o‘qib, fors, arab tillarini, rus-tuzem maktabida esa rus tilini o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan. Hamzaning badiiy ijodga qiziqishi barvaqt boshlangan. Hamza 1903 — 1914 yillar orasida Nihoniy taxallusi bilan 197 ta she’r yozib, ularni qo‘lyozma devoni shakliga keltirgan. Bu devonni tashkil etgan she’rlarida Hamza o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analarining davomchisi sifatida namoyon bo‘ladi. U 1909 — 1910 yillarda Toshkentda bo‘lganida Munavvar qori, A. Avloniy, S. Rahimiy singari ma’rifatparvarlar bilan tanishib, ular ta’sirida jadidchilik harakatiga kelib qo‘shiladi. Bu — uch yo‘l bilan amalga oshiriladi. Avvalo, Toshkent, Marg‘ilon va Qo‘qonda yangi usul maktablarini ochib, muallimlik qiladi. Qolaversa, mazkur maktablar uchun «Engil adabiyot», «O‘qish kitobi», «Qiroat kitobi» kabi darsliklar ham yaratadi. Va, nihoyat, o‘zining she’r va dramalari, publitsistik maqolalarida o‘z xalqini ma’rifatga chorlaydi. 1915 — 1916 yillarda nashr etilgan «Milliy ashulalar» uchun milliy she’rlar majmuasi, «Oq gul», «Qizil gul», «Sariq gul» kabi she’riy to‘plamlarida va «Yangi saodat» kabi nasriy asarlarida uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari to‘la namoyon bo‘lgan. Hamza shu davrda yozilgan «Yig‘la, Turkiston», «Oqibatsiz Turkiston», «Vatandoshlarimga xitob», «Dardiga darmon istamas» kabi she’rlarida xalqning «ruhsiz tandur, xanjar ursa qoni sochulmas» holiga kelganligidan oh-zor chekadi, uni xurofot va jaholat botqog‘idan chiqib, taraqqiy etgan xalqlar qatoridan o‘rin olishga da’vat etadi. Shuningdek, «Ilm hidoyati», «Normuhammad domlaning kufr xatosi», «O‘ch» va «Zaharli hayot» kabi ilk dramalarida ham zulm va xurofotdan xalos bo‘lishning birdan-bir yo‘li ma’rifatdadir, degan fikrni olg‘a surishga harakat qiladi. Hamza ijodida 1916 yilgi mardikorlikka olish voqealari ham o‘z aksini topadi. Uning «Safsar gul» (1917) she’riy to‘plami va «Loshman fojeasi» (1916 — 1918) trilogiyasi shu jihatdan muhimdir. 1917 yil fevral inqilobidan keyin Hamza dunyoqarashida o‘zgarish paydo bo‘lib, u goh ishchilar, goh muxtoriyatchilar tarafiga o‘tadi. Turkiston muxtoriyati tor-mor etilgandan keyin bolsheviklar tarafiga o‘tib, sayyor dramatik truppasi bilan fuqarolar urushi frontlarida xizmat qiladi va 1917 yilda yozgan «Boy ila xizmatchi» dramasini hamda inqilobiy she’rlarini yozadi. Bu davrda u «Kim to‘g‘ri» (1918), «Tuhmatchilar jazosi» (1918) singari pesalarini yozadi. Faoliyat doirasi benihoya keng bo‘lgan Hamza 20-yillarning boshlarida Xorazm Xalq Jumhuriyatiga borib, maktab va maorif ishlari bilan shug‘ullanadi. U yerdan qaytgach, faqat ijodiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish istagida Avval qishlog‘iga boradi va dramatik ijodining gultoji bo‘lgan «Maysaraning ishi», «Paranji sirlari» (1926) asarlarini yaratadi. Hamza 1928 yil avgust oyida Shohimardonga yuboriladi. U yerda madaniy-oqartuv ishlari, xotin-qizlar ozodligi masalalari bilan shug‘ullanadi. 1929 yil 18 martda u shu yerda fojeali halok bo‘ladi. 1926 yil 27 fevralida Hamzaga birinchilardan bo‘lib «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan. Hamza asarlari jahon xalqlari tillariga tarjima etilgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy nomida shahar, tuman, maktab, ko‘cha, teatr, metro bekati va kutubxonalar bor. HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY DRAMATURGIYASI (1889-1929) "Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari"dan keyin yozilib sahna yuzini ko'rgan va matni saqlangan yoki mazmunini matbuotda chop etilgan manba'lar orqali tiklash mumkin bo'lgan pyesalarning qatorida "Boy ila xizmatchi", "Muxtoriyat yoki avtonomiya", "Tuxmatchilar jazosi", "Kim to'g'ri", "Loshmon fojialari", "Farg'ona fojialari", "Burungi saylovlar", "Qozining sirlari", "El quzg'unlari", "Jahon sarmoyasining oxirgi kunlari", "Burungi qozilar yohud, Maysaraning ishi", "Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi", shuningdek matni saqlanmagan "Ilm hidoyati", "Normuhammad domlaning kufr xatosi" singari ko'plab katta va kichik hajmdagi asarlarning nomlari ma'lum. Oktyabr to'ntarishi jarayoniga aloqador Hamza pyesalarining avvalida "Boy ila xizmatchi" dramasi turadi. Pyesa xususida so'z yuritilar ekan, avvalo uni muallif "Boy ila xizmatchi"deb atashining besabab emasligiga aniqlik kiritish maqsadga muvofiqdir. Boy bilan kambag'al, boy bilan xizmatkor, boy bilan qarol azaliy muammo - rivoyat, ertak, hikoya hatto adabiy ijodchilikda tinimsiz e'tiborda turgan mavzu bo'lib, Hamza aynan shu mavzuga qayta murojaat etib, unga ijtimoiy tarixiy tus beradi. Ikki tamonlama zulm iskanjasida qolgan xalqni rushnolikka chiqish yo'llarini izlaydi. Asarning asl muallif nusxasi saqlanmagan. O'z vaqtida nashr etilmagani tufayli keng jamoatchilikka "Boy ila xizmatchi"ni 1939 yili Hamza tug'ilganiga qirq yil to'lishi munosabati bilan Komil Yashin tomonidan tiklanib, qayta ishlangan nusxasi tanish. Biroq 1918-1920 yillar avvalida asar muallif qo'lyozmasini o'sha davr teatri sahnasining imkoniyatlarini e'tiborga olib, qisqartirilgan suflyor nusxalari mavjud bo'lib, shulardan biri "Turon" teatrida 1919 yili Oqtepa (Axtyubinsk) frontida musulmon harbiy qismlarga namoyish etish uchun tayyorlangan spektaklning suflyor nusxasidir. Bu spektaklni Hamzaning o'zi ko'rganligi, asarning to'la nusxasiga harqalay uning g'oya va mazmuni yaqinligini e'tiborda tutib, shu matnni tahlilga asos qilib olishni ma'qul topdik. Pyesada ishtirok etuvchilar yigirma to'rt kishi: Soliboy (Solixboy emas), uning mehmonxona mahrami Xayrulla (Xolmat emas), mahalla ellikboshisi Abduraxmon (Hasan aka emas), daha Qozisi, nomi yo'q ikki nafar mahalla kishilari (boyning laganbardorlari), Shahar Xokimi, "xokimning upravdelami", Xokimning eshigida turadigan Gorodovoy, Soliboyning sobiq o'ynashi, hozir qo'shmachi dallasi Sifatbuvi, boyning xizmatkori G'ofir, uning xotini Jamila, inqilobchi Sultonov, beshta maxbus, zindon soqchisi - nadziratel', Xokimga arz qiluvchi bir er, bir xotin, yana bir kishi. Pyesa voqeasi uch xotin, besh farzandli oltmish yoshli Soliboyning uyida boshlanadi. G'ofirni yoshi bir joyga borib qolgan pallada, uylantirib, "san mani o'g'limsan, xotining endi menga kelin bo'ldi", deb turib, ilgari ko'rmagan Jamilaga ko'zi tushishi bilan ahdidan qaytadi. Parda Soliboyning "U nozaninni man ilgariroq bilgan bo'lganimda edi, bu ishni aslo qilmagan bo'lar edim", - monologi bilan ochilar ekan, "Shu Jamilaxonni G'ofirdan ajratib, o'zimga xotin qilib olaman, dedim, olaman", qarori bilan yakun topadi-yu, Boy chora-tadbirlarni ko'rishga kirishib ketadi. U ayyor, yetti o'lchab, bir kesib ish tutadi. Avvaliga mahalla, ko'yi-guzar odamlari, daxa Qozisi, mahalla ellikboshisi va ahli avomdan o'zining ikki yuvindixo'rlarini Xayrulla orqali chaqirtirib dardini ochadi: "O'zlaringizga ma'lum, maning xizmatkorim borku, anu G'ofir iflos, shum, o'zlaringiz bilasiz. Man uylantirib qo'ygan edim. U iflosning xotinini bir-ikki bundog' ko'zdan kechirib qarasam, judayam chiroyli, quling o'rgulsin, laqqa baliq ekan ... Shuni qanday qilib o'shandan chiqarib, o'zimga xotin qilib olsam, deyman" Bu gap Boyning og'zidan chiqishi bilan Qozidan tortib, qolganlarning barchasi boy rejasini muxayyo qilishga tayyor ekanliklarini birin-ketin bayon etadilar. Shunda boy masalaning nozik tomoni mavjudligidan xabar beradi. "Gap shundaki, deydi boy, xotinning o'zi bu ishga rozi emas. Man qo'yniga qo'l solib ko'rsam, xotin hech yaqiniga yo'latmaydi". Boy gapini eshitgan fosiq Qozi vijdonini yutib: "Xotinda ixtiyor bor deysizmi? Bizning shariatda xotinlarda hech qanday ixtiyor bo'lmaydi", desa ellikboshi gapga aralashadi: "Iflos G'ofir eshitdimi, bu gapni ?" desa, Qozi ellikboshining fikrini bo'lib xulosa qiladi: "Undayam nima ixtiyor bo'lsin ? Bu ishni biz o'zimiz bajaramiz". Biroq ellikboshi ehtiyotkorlik bilan ish ko'rishni, avvaliga G'ofirni chaqirib xotinini taloq qilishga majburlashni, bordiyu ish chiqmasa boshqa chora izlashni maslahat beradi. Bu hammaga maqul tushib G'ofir davraga chaqiriladi. U eshikdan "bo'ynini siqib, qo'l qovushtirib, salom berib" kirar ekan, boyning "Turasanmi g'o'dayib? O'tir o'shatka" dag'dag'asini eshitib, tiz cho'kib o'tirar o'tirmas, ellikboshi: "G'ofir san xotiningni mana shu Qozi domlaning oldilarida hozir qo'yasan. Biz uni boy akamga xotin qilib olib beramiz. Shuning uchun biz sani chaqirdik. Ayt, qani nima deysan ?!",- do'q, po'pisali savolini beradi. Bu yuzsizlikdan xangu-mang G'ofir: "Boy otamni o'zlarini uch xotinlari oqsoqlaptimi ? Maning xotinimga zor bo'lib qolipdilarmi ? Bu qanday gap"? deyishi bilan hamtavoqlar G'ofirga tashlanadilar. Qozi domla - Bu qanday deganing ? Nima deganing ? Ellikboshi - Bu turgan kishilar kichkina odamlar emas, Qozi domlani nazaring iladimi? Boy - Xaromi juvonmarg. Niyati buzuqlarning maqsadini anglagan G'ofirni ham xo'rligi, ham g'azabi qaynab: "Shariat egalari sizlar bo'lsalaringiz, (xalqni ko'satib) bizlarning xolimiz xarob ekan. Bu qanday vijdonsizlik? Bu qanday xo'rlik? Shariat deb bizlarni ezmoqchi bo'lasizlar. Bizning xolimizga maymunlar yig'lar ekan, ey shariatfurushlar, kambag'allarning xoliga rahmlaringiz kelmaydimi ? Bu qanday gapki, o'ttiz besh yil xizmatkor bo'lib, bu kun endigina bir xotinga ega bo'lsamda, buni man qo'yarmishman. (qozilarni ko'rsatib). Bu shariat egalari boyning laganbardorlari mening xalol xizmatim orqasida ega bo'lgan xotinimni boyning uch xotin, besh bolasining ustiga olib bermoqchilar. (Yig'lar, ko'zlarining yoshlarini artar)" Chorasiz G'ofir oxirgi bor boyga yuzlanib: "Boy "Siz mani o'g'limsan, xotining endi menga kelin bo'ldi,"- degan edingizku ? U gaplaringiz qayoqqa ketdi?" so'zlarini eslatib, "uyalmaysizmi o'zingizni kelinim deb yurgan kishini, bugun xotin qilib olaman degani,"- deyishi bilan, boy surbetlarcha "San kim, uyat kim? Man o'zim shunday boy bulayinda, sandan uyalaymi, ey yaramas, gapingni topib gapir!" javobini eshitar ekan, G'ofirning toqati tugaydi: "Mani nima qilsangizlar qiling, tegirmonga solib, un qilib chiqaringlar, erga qoziq qilib qoqib yuboringlar! Man (qo'li bilan ko'rsatib) sizlardek shariatfurushlarning so'ziga kirolmayman, ham xotinimni qo'ymayman. (Boyga qarab.) Boy ota, man qilgan xizmatlarim badaliga sizdan keladigan ish shu bo'lsa, man sizlarning hammalaringizdan bo'ldim. Bir kuni mani dodimni ham eshtadigan kishilar, manga rahm qiladigan odamlar chiqib qolar. SHunda man sizlar bilan gaplasharman. (Yig'lar). Ey koinot, o'zing bilib turgandursan, bu kishilarning manga qanday zulm qilib turganini! Man sizlarning bu so'zlaringizni aslo qabul qilmayman" (Yig'lab, o'rnidan turar, zarda bilan chiqib ketar.) Shundan so'ng biz G'ofir bilan ikkinchi pardada Shahar Xokimi huzurida uchrashamiz. Sababi u boy va qozi-yu kuzzolarning aytganlariga ko'nmagach, boy atrofidagilari va ellikboshining maslahatiga ko'ra, shahar xokimiga "mayda chuyda" (ya'ni pul) qilib, huzuriga boradida, "Bizniki G'ofir bor. Siz bizga borganda ko'rgansiz ... Shu G'ofir, taqsir hokim to'ra, juda yomon. Otasi yomon odam bo'lgan. Men uni bilmay yurgan ekanman. U qozilarni, sizlarni juda yomon ko'radi, o'zi bosmachi, o'g'ri. Shuni bir balo qilib, Sibirga jo'natvormasangiz bo'lmaydi," deyishi bilan Hokim G'ofirni toptirib keladi va boy aytgan gaplarini G'ofirni "bo'yniga qo'yib,"uni Sibirga jo'natadi. Uchinchi pardada G'ofirning ishtiroki yo'q. U to'rtinchi pardada qo'l-oyog'i bilan ustunga bog'lab qo'yilgan "sakkizinchi raqamli maxbus" holida ko'rinadi. Asarda ko'rsatilishicha G'ofir itoatkor, sabr-toqatli inson. O'ttiz besh yil boyning eshigida sadoqat va chidam bilan ishlab, yoshi ellikdan oshganda xotin olib oila qurgan qaram bir inson - xizmatkor. Yosh Jamila, bilan qurilgan turmush G'ofirning baxti. Og'ir xizmat esa ro'zg'or, qora qozonini qaynatish garovi. Boshqacha baxtning G'ofirga keragi yo'q. Qolgan umrini qul o'g'ildek boyning eshigida sadoqat bilan mehnat qilib o'tkazishga tayyor. Buning ustiga boy to'ydan keyin "endi sen o'g'lim, xotining kelinim", - deb qo'ygan. Biroq boy "kelin"iga ilk bor ko'zi tushishi bilan va'dadan asar ham qolmay, kalxatday G'ofir baxtiga chang solgach, G'ofir himoyaga o'tadi. Ana shu himoya jarayonida G'ofirning kimligi ochiladi. Avvalo, u yordam talab odam. Ortiqcha xohish, rejayu da'volardan xoli. Shu jumladan ishq-u muhabbatdan ham. U umr shomi arafasida Jamilaga erishgan ekan, insonlar qatori, oh deganda o'pkasi ko'rinib, er-u xotin bo'lish rejasi bilan uylangan. Biron joyda ishq, muhabbat haqida gap yo'q. Hamma gap boyu, amaldor va fosiq shariat peshvolari vijdonsizligi zulmidan shikoyatga, oqibatda zulmkorlardan qutilish istagiga borib taqaladi. Chunonchi sakkizinchi raqamli mahbus - G'ofir oxirgi Sibir ko'rinishida "Ey, do'stlar, hech kim mandek tuhmatga uchramasin! Man quruq tuhmat uchun bu kulfatlarni ko'rib yotganimga hech chidolmayman! Oh, yuraklarim ezilib ketdi! O'ying kuyib, xonavayron bo'lgur boy, mani shu kulfatlarga solding! Boylarning uylari kuyib xonavayron bo'lsin! ey dunyo, bu boylardan qutiladigan zamon bormukan?! Oh, yuraklarim kuyib ketdi! Menga yordam beradigan hech bir yordamchi bormikan? Yuragim o'rtanib ketayotipti. Oh, suv! Kim manga suv beradi? Qo'lim orqamga bog'liq, suv beradigan kishilar, manga rahm qilsalaring-chi!" Demak, G'ofirni muallif kurashuvchi ilg'or qahramon emas, jabr ko'rgan adolat talab qatlamning bir vakili sifatida ko'rsatadi. U hali uylanishdan ancha avval vatani Farg'onada tasodifan Sultonovga duch kelib "bir choyxonada o'tirib, choy ichib, bir-bir qancha so'zlarni" eshitgan. eshitganu uning mag'zini chaqmagan. Boshiga ish tushmaguncha zamon u yoqda tursin. Zulm va zulmkorlar xususida ham etarli mulohaza qilmagan. Shundan so'ng Sultonovga Sibir qamoqxonasida ro'para keladi. G'ofirning oh-zorlarini eshitgan Sultonov uni taniydi: choyxonada uchrashib gurunglashganini eslatadi. Uchrashuv G'ofirning yodida qolgan ekan, uni quchoqlab yig'laydi. SHunda Sultonov: ey G'ofir, san o'ylama bu boylarning zulmidan jabru sitam ko'rgan bir man o'zim, deb. Sancha jabr ko'rganlar juda ko'p topiladi. (zindonni ko'rsatib.) Bu zindondagi birodarlarimning ko'plari ham sanga o'xshab jabr ko'rganlar ... G'ofirjon xotirjam bo'l. Yaqinda qutilamiz bu zindon azoblaridan! Inqilob bo'ladi, inqilob. "Shu vaqtda ko'chalarda "Marsel'eza" chalingan ovozlar eshitilib" xaloyiq zindon eshiklarini buzib kirib, qamoqdagilarni ozod qiladi. G'ofir esa "Yashasin inqilob, bizni inqilob qutqardi,"- deydi. Biroq u inqilob nimaligini bilmaydi. Qamoqdan qutilganiga xursand. Inqilobchi esa Sultonov. Inqilob uchun kurashib qamoqqa tushgan o'sha. G'ofir bo'lsa sha'riy xotinidan ajratish uchun tuhmat va zulm bilan surgun qilinib, zindonga tushirilgan, bechora. Pyesa jon tomirini belgilovchi konflikt va u bilan bog'liq muammolar G'ofir bilan Soliboy orasidagi xotin janjali. Bu janjalning sababiga kelsak - Jamilaning chiroyi. Chiroy sohibasining jamoliga erishish yo'lida Soliboy hamma narsaga boradi: va'dasini unitadi, vijdonini yutadi, hech narsadan qaytmaydi. Dunyoda nimaiki yaxshi narsa bo'lsa, qurbi etadigan, qo'li uzun odamniki bo'lishi kerak. "Uzumni yaxshisini it eydi"- degan g'ayri odat tasodifga yo'l qo'ymaslik lozim. Mana, Soliboyning aqidasi. Uningcha uzumning yaxshisi -Jamilaning xusni jamoli "isqirt vujud", "Yirtiq chopon" G'ofirga nomunosib. "Yarashganni kiydiradigan, xohlaganni ediradigan" Soliboyniki bo'lishi kerak. Buning ustiga u "o'z qurblari ichida xali durust", "xotin bilan o'ynashib kulishishga juda yaraydi" Yoshiga kelganda G'ofirdan unchayam kattamas. Qolgani bo'lsa -G'ofirning Jamila bilan eru - xotinligi, ularning rizo - norozoligi, shariat oqidalari, hammasi bir pul. Shariatning yo'llariyu, yurt qonuni Soliboyning mavqei, ayniqsa pullarining qarshisida ojiz. Bir so'z bilan Soliboy xusn o'g'risi. Xusn uning uchun buyum. ega bo'lgach eskirguncha, ko'ngliga tekkuncha ishlatadi. Soliboy o'zini hokimi davron his qilib atrofdagilarga takabburlik bilan bepisand qaraydi. Hatto noilojlikdan himoya istab, uyiga chaqirilgan mahalla qozi-yu kuzzolari tashrif buyurishlari bilan ensasi qotib Boy (qozi domlaga qarab.) "Qozi domla, kamnamosiz? (Ellikboshiga qarab.) ellikboshi ko'rinmaysiz? (Vakil akaga qarab). Qaysi go'rda yuribsan?" Zaharxandali savollarga tutadi. Qadam ranjida qilganlar bir ovozdan "Sizning davlatingizda yuribmiz" javobini qiladilar. Demak, Soliboy hayotda narxi balandligini, atrofidagilarni xoh mansabi balandroq, xoh o'ziga qaramlar bo'lsin istagiga so'zsiz ko'ndiraolishini yaxshi biladi. Shuning uchun qaramlarining maslahati bilan bo'lsada Shahar hokimini bir og'iz so'zi bilan aytganlariga ko'ndiradi. Buning sababi ularning palagi birligida. Birgalashib mamlakatda hukmronlik qiladilar: Download 66.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling