Mavzu: Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar. Muskul qisqarish apparati oqsillari. Reja


Download 23.2 Kb.
Sana15.10.2023
Hajmi23.2 Kb.
#1704457
Bog'liq
4 mavzu


Mavzu: Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar. Muskul qisqarish apparati oqsillari.
Reja:
1. Muskul to’qimasining tuzilishi va organizmdagi ahamiyati
2. Skeletning ko’ndalang yo’lli muskul to’qimasi
3. Qizil muskullar va muskullar haqida tushuncha
4. Ko’ndalang yo’lli muskul to’qimasining regeneratsiyasi
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar

Muskul bu-qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan, tirik organizmning u yoki bu bo’lagini harakatga keltiradigan organ: u aksariyat, ko’ndalang yo’lli va silliq muskul to’qimalaridan tuzilgan. Xo’sh, muskul hayvonlarda va odamda qanday paydo bo’lgan? Ularning tuzilishi, ishlash prinsipi qanday? U nimalar ta'sirida va qanday harakatga keladi? Qisqarish va cho’zilish mexanizmi nimalarga yoki qanday jarayonlarga asoslangan?ko’p hujayrali organizmlarning paydo bo’lish tarixi shundan guvohlik beradiki, muskullar, ya'ni muskul to’qimalari organizm rivojlanishining ancha kech davrida, epiteliy va biriktiruvchi to’qima paydo bo’lganidan keyingi davrda vujudga kelgan. Har qaysi organning kelibchiqishi tashqi muhit taqozosi bilan, ya'ni tashqaridan ta'sir etib turgan muhit omillariga moslashish ehtimoli bilan paydo bo’lar ekan, muskullar ham organizmning tashqi muhit qo’ynida uning ta'sirlariga javob qaytarish yoki tirik mavjudot sifatida oziq izlash, unga intilish zaruriyati tufayli paydo bo’lgan. Binobarin, muskul to’qimasi evolyusiya jarayonida sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan oqsil tuzilmalari bor hujayralardan kelib chiqqan. Hozirgi zamon fan tili bilan aytadigan bo’lsak, endilikda muskul to’qimasi embrion rivojlanishi davrida boshqa to’qimalarga o’xshab mezenximaning turli qismlaridan hosil bo’ladi.muskulatura-butun gavdaning yoki uning biror qismining, organning muskullar majmuasi. Ko’zning silliq muguzli pardasi va ter bezlarining atrofidagi silliq muskullar ektodermadan rivojlanadi. Ko’ndalang yo’lli muskullar mezenximaning segmentlangan miotomlaridan tarqalsa, bosh miya muskullari mezenximaning o’zgarishidan kelib chiqadi. Yurak muskullari ham asosan mezodermadan tarqaladi. Bundan tashqari, ektodermadan vujudga keladigan muskullarga so’lak va sut bezi muskullari ham kiradi. Umuman olganda, barcha muskul turlarini ularning funksiyalari va tuzilishidagi o’ziga xos birlik, ya'ni sitoplazmasidagi oqsil iplari-miofilamentlar (muskul protofibrillalari) yiilib miofibrillalar deb ataladigan tutamlar hosil qiladigan birlik birlashtirib turadi. Ammo umumrtqali hayvonlar bilan umurtqasiz hayvonlarning muskullari garchi vazifalari bir xil bo’lsa ham, tuzilishi bir-biridan bir oz farq qiladi. Shunga ko’ra muskullarni belgilariga qarab quyidagicha klassisfikasiyalash mumkin: 1) tuzilishi bo’yicha: a) ko’ndalang yo’lli muskullar, b) silliq muskullar; v)ikkioyoqlama qiya muskullar; 2) organizmda joylashish holati bo’yicha: a)ichki a'zolar muskullari; b)yurak muskullari; v)somatik muskullar; 3)funksiyalari bo’yicha: a)tonik muskullar; b)tetanik muskullar; v)qulfdosh (bekitish) funksiyasiga ega bo’lgan muskul to’qimalari; 4) kelib chiqishi bo’yicha: a)ektodermal muskullar; b)entodermal muskullar; v)mezodermal muskullar.


Organizm embrional rivojlanishining boshlanich davrida mezodermaning segmentlashgan qismidagi miotomlardan rivojlana boshlaydi. Kallaning ayrim muskullari, silliq muskullarga o’xshab, bevosita mezodermadan vujudga keladi. Miotomlar embrionning bo’yi bo’ylab uzunasiga joylashgan, bir-biriga yaqin yotuvchi uzunchoq hujayralardan iborat. Bularga mioblast hujayralar deyiladi. Sitoplazma qismi naycha shaklidagi mayda fibrilla ipchalari bilan to’lib turadi. Mioblast hujayralar mitoz yo’li bilan tez bo’linib, mezenxima atrofiga tarqaladi va kelajakda ulardan muskul to’qimalari vujudga keladi. Boshlanich davrda mioblastlar bir-biri bilan zanjirsimon shaklda tutashib qo’shilishadi va sinplast shaklni oladi. keyinchalik hujayralar sitoplazmasida spesifik elementlar shakllana boshlaydi. Yo’on va ingichka protofibrillalar paydo bo’ladi. Ba'zi bir mioblastlar tabaqalanmay qoladi, bunday mioblastlarni satellitlar1 deyiladi. Bular muskul tolasi yaqinida joylashib, atrofdagi biriktiruvchi to’qima bilan birga sarkolemmaga yopishadi va uni atrofidan o’rab oladi. Keyinchalik ularning yadrosi ko’payib kattalashadi va periferik qismini egallab, miofibrillalari yo’onlashib, t sistemasini hosil qiladi. Fiziologik va reporativ regenerasiya jarayonlarida muskul to’qimasida mioblast hujayralar ancha ko’payib ketadi. Bu ko’payish, odatda, kam tabaqalangan satellitlarning bo’linishi hisobiga bo’ladi. Yosh muskul hujayralari paydo bo’lishi bilan birga ularning boshqa struktura elementlari ham takomillashib boradi. Yurak muskuli bajaradigan vazifasiga va mikroskopik tuzilishiga ko’ra yuqorida aytib o’tilgan muskullarga o’xshaydi. Bu muskul silliq muskullarga o’xshab ritmik ravishda qisqarib charchamaydigan xususiyatga ega. Muskul hujayralarining tarkibi ham shunga moslashgan. Innervasiyasi ham odam yoki hayvonlar ixtiyoriga boliq ema, markaziy bosh miya orqali muttasil boshqarib turiladi. Mikroskopik tuzilishi ko’ndalang yo’lli boshqa muskullarnikiga o’xshaydi. Masalan, uning miofibrillalarida anizotrop va izotrop disklar va ularning o’rtasida telofragma va mezofragmalar bor. Hozirgi zamonaviy elektron miknoskoplar yordamida olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatdiki, yurak muskuli o’ziga xos nozik mikroskopik tuzilganligi bilan boshqa muskullardan qisman farq qilar ekan. Masalan, u tolachalardan emas, balki zanjirsimon shaklda bir-biriga birikib ketgan uzun muskul hujayralaridan tarkib topgan. Binobarin, uzunchoq shakldagi muskul hujayralari sitoplazmasining o’rtasida asosan yadro joylashgan bo’lib, miofibrillasi periferiya qismida yotadi. Miofibrillalarda xuddi skelet muskullari tolachalaridagidek, qora va oq disk uchraydi.
Odamda va umurtqali hayvonlarda silliq muskul to’qimasi asosan ichki organlarda bo’lib, ular harakatni ta'minlaydi. Masalan, ichki organlarga ovqat hazm qilish va nafas olish sistemasi organlari, ajratish organlari hamda qon tomirlar va limfa tomirlarining harakatini ta'minlovchi muskullar kiradi. Umurtqasiz hayvonlardan bo’imoyoqlilar hamda oyoqli mollyuskalardan tashqari, barcha jonivorlar muskulaturasini tashkil etadi. Silliq muskullar, odatda, sekin ritmik qisqarib, charchash xususiyatiga ega emas. Tuzilishiga ko’ra, ularning asosiy qismi duksimon shakldagi muskul hujayralaridan tashkil topgan. Hujayralarning uzunligi 20-100 mk, diametri 10-20 mk ga teng. Ayrim fiziologik holatlarda, masalan, homiladorlikda bachadon silliq muskullarining hujayrasi 500 mk ga cho’zilishi va bola tuilgandan so’ng o’z holiga qaytishi mumkin. Markazida bitta yadrosi bor. Ayrim organlar, masalan, bachadon muskulaturasi hujayralari uchlari tarmoqlangan shaklda bo’lib, har bir hujayra ustki tomonidan miolemma qobii bilan o’ralgan. Uning ustiga esa bazalmembrana yopishib turadi. Unga tashqaridan hujayralar orasida uchraydigan kollagen va retikula tolachalari tutashib turadi. Bular muskul to’qimasining tayanch apparati qismiga kiradi. Muskul tolasining qisqarish jarayonini L. Xaksli, J.Xanson va M.Xaksli kabi olimlar tomonidan yaratilgan sirpanuvchi tolalar nazariyasi tushuntiradi. Ammo bu nazariya miozin koʻprikcha boshchalarining aktin tola bilan bogʻlanishi va undan ajralishi jarayonini toʻla ochib bermaydi. Devis tomonidan bu jarayon quyidagicha tushuntiriladi. Yaʼni aktin va miozin molekulasi oʻrtasida hosil boʻluvchi koʻprikchalar miozin molekulasi oxiridagi spiral holatda oʻralgan polipeptid zanjirdan iborat boʻlib, bu strukturaning hosil boʻlishi juft manfiy zaryadlarning oʻzaro itarilishi natijasida kelib chiqadi. Bu zaryadli qismlardan biri atf aza fermenti faolligiga ega koʻprikcha asosida, yana biri esa koʻprikcha oxirida, atf molekulasining miozin bilan birikkan sohasida joylashadi. Muskul tolasi qisqarishi jarayonida sa2+ ionlari koʻprikcha oxiridagi atf bilan aktin tolasida joylashgan adf molekulasi oʻrtasida bogʻlanish hosil qiladi va atf dagi manfiy zaryad neytrallanadi. Natijada elektrostatik itarilish kuchlari yoʻqolib, koʻprikcha polipeptid zanjiri vodorod va gidrofob bogʻlar hisobiga α-spiral koʻrinishga keladi. Koʻprikcha qisqarib aktin tolaning soʻrilishiga olib keladi. Qisqargan koʻprikchaning atf molekulasiga ega boʻlgan uchi bu holatda atf ning faol markazi turgan asosga yaqinlashadi. Bu faol markaz taʼsirida atf parchalanadi va natijada aktomiozin bogʻlanish yoʻqoladi. Soʻngra kretinfosfat gidrolizlanishi koʻprikchada atf ning qaytadan sintezlanishiga va uning uchida manfiy zaryad hosil boʻlishiga olib keladi. Bu zaryad taʼsirida fiksatsiyalangan manfiy zaryaddan koʻprikchaning asosida itarilib, α-spiralning choʻzilishiga olib keladi. Soʻngra aktin tolasining keyingi qismi bilan yangi taʼsir uchun sharoityaratadi.
Shu bilan birga muskullar qisqarish mexanizmini faqat sirpanuvchi tolalar nazariyasi bilan tushuntirib boʻlmasligini koʻrsatuvchi ilmiy qarashlar ham mavjud. Masalan, G.M. Frank tomonidan qisqarish jarayonida muskul tolasida aktin va miozin tolalari oʻzaro sirpanishi bilan birga oʻzlari ham faol qisqarish xususiyatiga ega ekanligi koʻrsatib berilgan. Muskullar qisqarishi va boʻshashishi jarayonida bu jarayonlar amalga oshishini taʼminlovchi omil mavjudligi marsh tomonidan taʼkidlanadi. Marshning boʻshashtiruvchi omili muskul tolasi qisqarish jarayonida hujayra sarkoplazmasida sa2+ ionlari miqdorining koʻpayishi taʼsirida faoliyatinini susaytiradi, soʻngra faollashishi natijasida sa2+ ionlarining sarkoplazmatik retikulum sisternalariga yigʻilishini taʼminlaydi. Shuningdek bu omil muskul tolalari boʻshashish boskichida atf aza fermenti faoliyatini susaytiruvchi taʼsir koʻrsatishi taʼkidlangan. Muskul qisqarishi - normal nerv impulsiga javoban muskulning kalta tortishi, muskullarning asosiy fiziologik xossalaridan biri. Qisqarish muskulning kaltalanishi yoki taranglanishida namoyon boʻladi. Muskul qisqarishi, odatda, biror ish bajarilishini taʼminlaydi. Muskul qisqarishida miofibrillar tarkibiga kiruvchi oqsillar: miozin va aktin ishtirok etadi. Muskul qisqarishi chogʻida har ikki oqsil oʻzaro taʼsir etib, aktomiozin kompleksini hosil qiladi. Muskul qisqarishi uchun zarur energiya, aktomiozin va adenozintrifosfat kislotattt oʻzaro taʼsirlashuvidan yuzaga keladi.. Asab tizimidan kelgan xabarlar bu mushaklarning qisqarishiga sabab bo'ladi. Butun jarayon mushaklarning qisqarish mexanizmi deb ataladi va uni uchbosqichdaumumlashtirishmumkin:
(1) xabar asab tizimidan mushak tizimiga o'tib, kimyoviy reaktsiyalarni qo'zg'atadi.
(2) kimyoviy reaktsiyalar mushak tolalarini mushaklarni qisqartiradigan tarzda o'zlarini qayta tashkil qilishiga olib keladi - bu qisqarishdir.
(3) asab tizimining signali yo'qolganda, kimyoviy jarayon teskari bo'lib, mushak tolalari qayta joylashadi va mushak bo'shashadi.
Keling, mushaklarning qisqarish mexanizmidagi bosqichlarni biroz batafsilroq ko'ribchiqaylik.Mushaklar qisqarishi asab tizimi signal hosil qilganda boshlanadi. Signal, harakat potentsiali deb ataladigan impuls, vosita neyroni deb ataladigan nerv hujayralarining bir turi bo'ylab harakatlanadi. Nerv-mushak birikmasi - bu vosita neyroni mushak hujayrasiga etib boradigan joyning nomi. Skelet mushak to'qimasi mushak tolalari deb ataladigan hujayralardan iborat. Asab tizimining signali nerv-mushak birikmasiga etib kelganida, vosita neyron tomonidan kimyoviy xabar chiqariladi. Kimyoviy xabar, atsetilxolin deb ataladigan neyrotransmitter mushak tolasining tashqi qismidagi retseptorlarga bog'lanadi. Bu mushak ichidagi kimyoviy reaktsiyani boshlaydi. Mushak tolasi ichidagi ko'p bosqichli molekulyar jarayon atsetilxolin mushak tolasi membranasidagi retseptorlarga bog'langanda boshlanadi. Mushak tolalari ichidagi oqsillar bir-biri bilan o'zaro ta'sir qila oladigan, qisqartirish va bo'shashish uchun qayta tashkil etilishi mumkin bo'lgan uzun zanjirlarga bo'lingan. Atsetilxolin mushak tolalari membranalaridagi retseptorlarga yetganda, membrana kanallari ochiladi va bo'shashgan mushak tolalarini qisqarish jarayoni boshlanadi:
ochiq kanallar mushak tolasi sitoplazmasiga natriy ionlarining kirib kelishiga imkon beradi.natriy oqimi ham mushak tolasi ichida saqlangan kaltsiy ionlarini chiqarishni boshlash uchun xabar yuboradi.kaltsiy ionlari mushak tolasiga tarqaladi.mushak hujayralari ichidagi oqsillar zanjirlari orasidagi munosabatlar o'zgaradi, bu esa qisqarishga olib keladi.
Mushak tolalarini impuls bilan ta'minlovchi vosita neyronining stimulyatsiyasi to'xtaganda, mushak tolalari oqsillarining qayta joylashishiga olib keladigan kimyoviy reaktsiya to'xtaydi. Bu mushak tolalaridagi kimyoviy jarayonlarni o'zgartiradi va mushak bo'shashadi.
Elektron mikroskopda olingan fotosuratlarda yo‟g‟on va ingichka
iplarning o‟zaro qat‟iy bir tartib bilan joylashganligi, har bir yo‟g‟on ipning
ta ingichka ip bilan o‟ralib turishi ko‟zga tashlanadi. Ayni vaqtda ikkita qo‟shniyo‟g‟on ip o‟rtasida bir juft ingichka ip bo‟ladi (qo‟shaloq geksoganal panjara).Miozin va aktin iplarida ko‟ndalang ko‟prikchalar ko‟rinishida ion
birikmalar bor, bular orasi taxminan 60-70 a0 keladigan miozin iplari
o‟simtalaridan hosil bo‟lgan. O‟sha ko‟prikchalar yo‟g‟on ipni qo‟shni oltita
ingichka ipning har biri bilan birlashtiradi va o‟ramlari har 400 a0 dan keyin
takrorlanadigan spiral bo‟ylab joylashadi, shu narsa miofibrillarning struktura jihatdan yaxlit bo‟lishini ta‟minlab beradi.
Tinch holatdagi muskulda ko‟prikchalar aktin bilan o‟zaro ta‟sirlashmaydi.
Muskul qisqarganda i disk torayadi. A-disk uzunligi o‟zgarmaydi,
-disklar birbiriga qarab harakatlanadi. Natijada i disklar umuman yo‟qoladi. Sarkomer hajmi qisqarishda kam o‟zgaradi, demak, u qalinlashadi. Sarkomerdagiyo‟g‟on iplar ingichka iplar orasiga sirg‟alib kira boshlaydi, bu sirg‟aluvchan iplar nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‟ra ingichka va yo‟g‟on iplar ko‟prikchalar vositasida ro‟y beradi. Tinch holatdagi muskulda ko‟prikchalarmuskul izometrik qisqarishda hosil qiladigan kuch qiymati sarkomeruzunligiga bog‟liqdir. Sarkomer cho‟zilishida kuch iplar ustma-ust tushishzonasi o‟zgarishiga chiziqli holda kamayadi, ya‟ni kuch aktin va miozinning kontaktlari soniga proporsionaldir.
Shunday qilib, miozin ko‟prigi bilan aktinning bog‟lanishi kuch paydo
bo‟lishiga olib keladi, muskul qisqarsa ko‟prik kuchi nolgacha kamayguncha
iplar sirg‟alishi vujudga keladi. Sirg‟aluvchi iplar modelida har bir ko‟prik siklikishlaydi. Ko‟prik kuch hosil qiladigan yo‟lni ishchi yurish deb, keyingi
harakatini ko‟prikning teskari yurishi deb qarash mumkin. Ushbu sikl davomidaatf sarf bo‟ladi. Ishchi yurish davomida ko‟prik atf gidrolizining erkinenergiyasini mexanik ishga aylantiradi. Teskari yurishda ko‟prik holatining o‟zgarishiga atf energiyasining bir qismi sarf qilinad
muskul qisqarishida atf ikki xil rol o`ynaydi. U aktimiozin aktin va
miozinga dissosiasiyalanishiga sabab bo‟ladi va ayni vaqtda miozinning
adinozintrifosfataza xossalari ta‟siri bilan o‟zi parchalanibmuskulning
qisqarishi uchun zarur energiyani ajratib chiqaradi. Muskuldagi qisqaruvchan
oqsillarning makromolekulalari kooperativ tizimlarga misol bo‟la oladi. Bunga
sabab shuki, ularning atvori o‟zlarini hosil qiluvchi elementlarining o‟zaro
ta‟siriga bog‟liq. Muskul qisqarishi kooperativ xarakterga ega, chunki muskul
ishi qisqaruvchi oqsillar konfigurasiyasining o‟zgarishiga bog‟liq. Bu hodisalarketma-ket bo‟lib o‟tadigan bir qancha fazalar bilan yuzaga chiqishi mumkin.Bufazalar bir-biriga bog‟liq bo‟lib, bir-birini taqozo etishi muskul reaksiyasini ta‟minlaydi.
to‟qimalar kundalang strukturalar bo‟lgan z-plastinkalar bilan bir xil
qismlar-sarkomerlarga bo‟lingan, ularning tinch holatdagi muskulda uzunliklari 2,2 mkmni tashkil etadi. To‟qimalarning bo‟shashgan holatdan aktiv-holatga o‟tish nerv impulsi ta‟sirida sarkoplazmatik retikulumdan ca 2ionlarining chiqishi tufayli ro‟y beradi. Aktivlashish tugagandankeyinca2konsentrasiyasikamayadi.Muskullar aktivlashishi tufayli qisqaradi yoki uzunligi o‟zgarmagan holda kuchlanish hosil
qiladi (izometrik qisqarish). Aksincha izotopik qisqarishda muskullar doimiy
kuchlanishda qisqarib, ish bajaradi. Muskullarning mexanik va energetik
xossalari haqidagi ko‟pchilik ma`lumotlar a.xill tomonidan 1930-1964 yillarda aniqlangan. Xill tenglamasiga ko‟ra muskullar qisqarish tezligi va hosil bo‟ladigan kuch orasidagi bog‟lanish giperbolik grafik bilan xarakterlanadi sirpanuvchi filament nazariyasi mushaklarning qisqarish mexanizmini harakat hosil qilish uchun bir-birining yonidan siljishiga asoslangan mushak oqsillari asosida tushuntiradi.11] sirpanuvchi filament nazariyasiga ko'ra, mushak tolalarining miyozinlari (qalin filamentlari) harakat paytida aktin (ingichka filamentlar) yonidan siljiydi. Mushaklar qisqarishi, filamentlarning ikki guruhi nisbatan doimiy uzunlikda qoladi.
Nazariya 1954 yilda ikkita tadqiqot guruhi tomonidan mustaqil ravishda kiritilgan, ulardan biri kembrij universitetidan endryu xaksli va rolf nidergerke, ikkinchisi esa massachusets texnologiya institutidan xyu xaksli va jan xanson. Dastlab 1953 yilda xyu xaksli tomonidan ishlab chiqilgan. Endryu xaksli va nidergerke uni "juda jozibali" gipoteza sifatida kiritdilar. 1950-yillarga qadar mushaklar qisqarishi bo'yicha bir nechta raqobatdosh nazariyalar mavjud edi, ular orasida elektr tortishish, oqsillarni katlama va oqsillarni o'zgartirish. Yangi nazariya to'g'ridan-to'g'ri o'zaro faoliyat ko'priklar nazariyasi deb ataladigan yangi tushunchani kiritdi.sirpanish filamentining molekulyar mexanizmini tushuntiradi. O'zaro ko'prik nazariyasi aktin va miyozin ekanligini ta'kidlaydi. Miyozin boshini aktin filamentiga biriktirish orqali oqsil kompleksini (klassik ravishda aktomiozin deb ataladi) hosil qiladi va shu bilan ikki filament o'rtasida qandaydir o'zaro ko'prik hosil qiladi.silma filament nazariyasi mushaklarning qisqarishi asosida yotgan mexanizmning kengqabulqilinganizohidir.
Turli kimyoviy tajribalarni bajarishda, maxsus yupqa yoki qalin shishadan yasalgan idishlar ishlatiladi. Yupqa shishadan yasalgan idishlar temperaturaning o'zgarishiga chidamli va ularda qizdirish bilan bog'liq bo'lgan turli kimyoviy jarayo
nlar bajariladi.
Xulosa:
Ko‘ndalang targ‘il qisqarishi. Skeletni qoplab turgan muskullar ko‘ndalang targil muskullar deb ataladi. Ularga qo‘l, oyoq, gavda, nafas olish muskullari kiradi. Ular tez qisqaradi. Organizmdagi muskullarning qisqaruvchi qismi tanasi va passiv qismi – paylari bor. Skelet muskullari shakliga qarab uzun, kalta, serbar bo‘ladi. Uzun muskullar duk shaklida bo‘lib, qo‘l va oyoqda joylashgan. Skelet muskullari organizmda ma’lum shakl berib turadi.Skelet muskullari nerv tolasidan kelayotgan qo‘zg‘alish impul’si qisqarish bilan javob beradi. Muskulga bitta qisqarish kelsa yakka qisqarish ro‘y beradi. Organizmdagi muskullarning qisqarishi yakka qisqarishlar yig‘indisidan asbob yozib olishi mumkin. Muskullarga markaziy nerv sistemasidan doimo impul’slar uzoq qisqarib turadi. Muskullar bu impul’slarga uzoq qisqarib muskulning shu tetonik qisqarish yoki tetanus deb ataladi. Tetanus ikki xil bo‘ladi: tishchali va silliq tetanus.Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko‘ndalang-targ‘il va silliq muskullarga bo‘linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo‘lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol harakat qilishini ta’minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq muskullardan tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning faoliyati bilan bog‘liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo‘ylab harakati, qon tomirlarining kengayib-torayishi va hokazo.Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi ko‘ndalang targ‘il muskul skelet va yurak muskul to‘qimasiga bo‘linadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul deyishiga sabab, elektron mikroskop ostida ko‘rilganda, uning och va to‘q rangdagi guruh bo‘lib joylashgan. Muskul hujayralaridagi juda to‘g‘ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar va ularning qismlari (aktin va miozin tolalari) dir. Elektron mikroskopida ko‘rilganda ko‘ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks taqsimlanganligi bilan farq qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Qodirov e.q. Gistologiya. Toshkent. «o’qituvchi». 1994 y.
2. Zufarov k.a. Gistologiya. Toshkent. «medisina». 1991 y.
3. Zavarzin a.a. Osnova sravnitelnoy gistologii. Uchebnoe posobie. Leningrad. Lgu. 1985 g.
4. Kuznesov s.l., mushkambarov n.n., goryachkina v.l., atlas po gistologii, sitologii i embrionologii. "medisinaskoe informativnoe agentstvo». Moskva 2002 g.
5. Алимов д.а. Гистология ва эмбриология. «ўқитувчи» - 1966.
6. Антипчук ю.п. Гистология с основами эмбриологии. М. Просвешение, 1983.
7. Бадалхўжаев гистологиядан амалий машғулотлар. (ўқув қўлланма), андижон-2006.
Download 23.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling