Mavzu. Harakatning muskulsiz formalari reja. Ko‘ndalang-targ‘il muskullarning ultrastrukturasi va funksiyasi


Download 266.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana27.01.2023
Hajmi266.96 Kb.
#1134526
1   2   3   4
Bog'liq
HARAKATNING MUSKULSIZ FORMALARI

Muskullar ishi va mexanikasi. 
Muskullar ishi. Muskullarning kimyoviy energiyasi o„rtada 
issiqlikka aylanmay turib, qisqarishning mexanik energiyasiga aylanadi. 
Termodinamik hisoblar skelet muskuli qisqarganda foydali ish 
koeffitsianti (ko„pchilik hollarda bu koeffitsiyent 50% ga teng bo„ladi) 
muskulning issiqlik mashinasi prinsipiga muvofiq ishlay olmasligini 
ko„rsatadi. Agar muskul issiqlik mashinasi singari ishlab, yoqilg„ining 


kimyoviy energiyasi unda avval issiqlikka, so„ngra mexanik ishga 
aylanadigan bo„lganda edi, ajralib chiqadigan energiyaning atigi 30% ini 
o„zlashtirish temperaturaning shu qadar ko„tarilib ketishiga olib borar 
ediki, bunda muskulning qisqaruvchan oqsillari muqarrar denaturasiga 
uchrab qolgan bo„lur edi. Qisqarish vaqtida energiya muskul 
bajaradigan ish uchungina sarflanmasdan, balki issiqlik ajralishiga ham 
sarflanadi. Ish vaqtida muskullarning issiqlik hosil qilishi ancha 
kuchayadi va muskullarning qisqarish tezligiga bevosita bog„liq bo„ladi 
– muskul sekin qisqarganda kamroq issiqlik ajralib chiqadi.
Olib borgan tajribalari natijasida Xill muskullar qisqarganda yuzaga 
keladigan taranglik (Р) ni muskul qisqarishining tezligi (V) ga 
bog„lovchi tenlamani yaratdi:
(8.1). 
bu yerda a va b – konstantalar (turli muskullar uchun a taxminan ¼ P
max
ga b esa taxminan ¼ V
max
ga mos keladi). Bu tenglamadan izotonik 


qisqarishda yuklama ortgan sari uning tezligi giperbola bo„ylab kamayib 
boradi, degan xulosa kelib chiqadi.
Tetanus holatida muskul vujudga keltiradigan maksimal taranglikni 
Р
0
, mazkur paytdagi taranglikni esa Р deb belgilanadigan bo„lsa, u 
vaqtda 8.1-tenglama quyidagi ko„rinishga keladi: 

Download 266.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling