Hayot sifati – bu hayot tarzi tavsifi, ya‘ni uning mazmunini, oʻziga xos xususiyatlarini, afzalliklarini va kamchiliklarini yoritib (ochib) beruvchi.
Sotsiologik fanda u odamlarning moddiy va ma‘naviy extiyojlarini qondirish sifatini aks ettiruvchi tushuncha sifatida ishlatiladi: ovqatlanish sifati, kiyinish sifati va uning modaga mos kelishi, uyning komfortligi (qulayligi, shinamligi), sogʻliqni saqlash, ta‘lim, axoliga xizmat qilish sohalarida sifat tavsiflari, xordiq chiqarish tizimining sifatliligi, ahloqiy muhit, odamlarning kayfiyati, mazmunli munosabat qilish, bilim olish, ijodiy mehnat qilish, joylashtirish va b. extiyojlarida qoniqish darajasi.
Harbiy xizmatchilar hayotining oʻzaro bogʻlanganlik sifati va darajasi tavsifi sifatida harbiy xizmatchilarning madaniy hayot tarzi namoyon qiladi. Uning asosiy tarkibiy qismi quyidagilar:
harbiy mehnat va turmush madaniyati;
koʻp darajali ijtimoiy tizimda harbiy-ijtimoiy munosabatlar madaniyati;
harbiy xizmatchining tabiat bilan oʻzaro munosabati madaniyati, ya‘ni tabiiy yashash muhitda;
harbiy xizmatchilarning asosiy hayotiy extiyojlarini toʻliq (maksimal darajada) qondirish;
harbiy xizmatchilarning ma‘naviy-ruhiy hayotining boyligi;
madaniy me‘rosni saqlash va koʻpaytirish toʻgʻrisida tashvishlanish, qaygʻurish;
harbiy xizmatchi tomonidan imkon qadar maksimal ravishda harbiy jamoa, jamiyat, umuman insoniyat ishlab chiqqan barcha boyliklarni egallash;
ilm, fan va san‘atning, shu jumladan harbiyni ham taraqqiy etishi;
jamiyatning yuqori qadr-qimmati sifatida harbiy xizmatchini har tomonlama rivojlantirish;
harbiy xizmatchining asl insoniylik, odamgarchilik hayot tarzini tasdiqlash.
Hayot uslubi (yoʻnalganlik) – bu muayyan ijtimoiy sharoitlarda, ijtimoiy sub‘ekt tomonidan ichki xohishlarni, oʻzining hayot faoliyatining maqsadi va oʻz tushunchalari ma‘nosini anglab amalga oshirish asosida shaxsni (ijtimoiy guruhni) ijtimoiy xatti-harakatining tavsifi.
Xulosa
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, harbiy hayotdagi ijtimoiy o’zaro munosabatlar nafaqat ayrim askarlar, balki butun boshli armiyaning ham ijtimoiy holatini belgilab beradi. Armiyadagi norasmiy munosabatlarning izga qo’yilganligi, armiya ichki holatining barqarorligi, tartib qoidalarga to’laqonli amal qilish armiyaning kuch-qudratidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati;
Aliеv B., Mullajonova M. «Sotsiologiya» Darslik. T. 2011. 11-b.
Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumxarbiy Nizomlari. – T.: 1996y
Do'stlaringiz bilan baham: |