Harbiy xizmatchilarning turmush tarzi.
Ijtimoiy munosabatlar individni bir holatdan ijtimoiy individga aylantiradi, uning hayotiy turmush-tarzi esa – ijtimoiy turmush tarziga. Aynan shu asosda shaxsning yuzaga kelishi, shakllanishi, rivojlanishi va ishlashi (harkatlanishi) sodir boʻladi va odamning muayyan turmush tarzini aks ettiradi.
Turmush tarzi – bu barqaror, ma‘lum bir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda shakllangan odamlarning konkret individual va guruhiy hayotiy faoliyatining (turumsh tarzining) usuli boʻlib ma‘lum bir ijtimoiy munosabatlar tizimida ijtimoiy (huquqiy va axloqiy) me‘yorlar va qadriyatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzining mohiyatiga koʻra ushbu qarash jamiyatni sotsiologik tahlil qilish doirasida muayyan (konkret) munosabatlarni aks etadi va individlarning munosabati va aloqa qilishi, ularning xatti-harakati va fikrlash xususiyati me‘yorlarida namoyon boʻladi.
Harbiy xizmatchining turmush tarzini oʻrganish vaqtida, har qanday ijtimoiy guruhlar va jamiyat jamoalari vakilini oʻrgangandek, birinchi navbatda hayotiy turumush tarziga e‘tibor qaratiladi.
Hayotiy turumush tarzi – bu muayyan (konkret) ijtimoiy sharoitlarda sodir boʻladigan va faoliyatning ma‘lum bir turi va shaklli tizimlari bilan tavsiflanuvchi hamda butun borliqni oʻzlashtirish va oʻzgartirish usuli sifatida ijtimoiy sub‘ektning real hayotiy jarayonidir.
Umumiy koʻrinishda harbiy xizmatchining hayotiy faoliyati oʻz ichiga quyidagilarni qoʻshadi:
yashash uchun zaruriy vositalarni yaratish maqsadidagi mehnat, moddiy va ma‘naviy qadriyatlarni ishlab chiqish;
jamiyat va ijtimoiy guruhning hayotiy faoliyatida ishtirok etish; shaxsiy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan faoliyat;
oilada va kundalik turmushdagi faoliyatning har xil shakllari;
xususiy erkin faoliyatni tashabbuskorlik va oʻzini-oʻzi rivojlanish shaklining aks etganligi kabi;
sport, badiiy havaskorlik bilan shugʻullanish, shuningdek, suhbatlashish, dam olish va x.k.
Harbiy xizmatchining hayotiy faoliyatining (turmush tarzini) har xil shakllarini shartli ravishda turtta asosiy harbiy faoliyat usullariga qoʻshish mumkin:
1. Iste‘mol qilish;
2. Qayta oʻzgartirish (oʻzgartirish);
3. Bilish;
4. Munosabat (aloqa qilish).
Do'stlaringiz bilan baham: |