Mavzu: Haroratni òzgarshi sababli òlchash asbobda kelib chiqadigan xatolikni aniqlash Reja
Download 1,09 Mb. Pdf ko'rish
|
R
t = R 0 [ 1 + At + Bt 2 + Ct 3 (t - 100)], (2.7) 0 dan +630°C gacha oraliqda esa, R t = R 0 (1+At + Bt 2 ) (2.8) tarzida ifodalanadi, bunda R t va R 0 moc ravishda t va 0°C temperaturalarda platina qarshiligi; A, V, S — o`zgarmas koeffisientlar bo`lib, ularning qiymati termometrni darajalashda kislorod, suv va oltingugurtning qaynash nuqtalari 13 bo`yicha aniqlanadi. Standart qarshilik termometrlarida qo`llaniladigan PL-2 markali platina uchun (4.3) va (4.4) tenglamalardagi koeffisientlar kuyidagi qiymatlarga ega: A = 3,96847 ⋅10 -3 1/°C; V = - 5,847 ⋅10 -7 1/°C; S= - 4,22 ⋅10 -12 1/°C. Texnik termometrlarni tayyorlashda ishlatiladigan PL-2 markali platina uchun R 100 /R 0 = 1,391. 0°C da platinali qarshilik termometrlari quyidagi qarshiliklarga ega bo`lishi mumkin: 1, 5, 10, 50, 100 va 500 Om (amalda R 0 = 46 Om li termometrlar ishlatiladi). Bu qarshilik termometrlari uchun o`zgartishning nominal statistik xarakteristikasiga quyidagi belgilashlar kiritilgan: 1P, 5P, 10P, 50P, 100P va 500P (R 0 = 46 Om qarshilikli termometrlar Gr21 deb belgilangan). Platinaning kamchiliklaridan biri uning tiklovchi muhitda metall bug`lari, uglerod oksidi va boshqa moddalar bilan ifloslanishidir. Bu ayniqsa yuqori temperaturalarda namoyon bo`ladi. Nikelli va temirli qarshilik termometrlari —60 dan +180°C gacha temperaturalar oralig`ida chiqariladi. Ular III klassda chiqariladi. Nikel va temir elektr karshilikning nisbatan katta temperatura koeffisientiga ega: α Ni = (6,21 - 6,34) ⋅ 10 -3 K -1 ; α G`e = (6,25 - 6,57) ⋅ 10 -8 K -1 va solishtirma qarshiligi nisbatan katta. δ Ni = 1,18- 1,38 ⋅10 -7 Om ⋅m; δ G`e = 0,55 - 0,61 ⋅ 10 -7 Om ⋅m. Ammo bu metallar quyidagi kamchiliklarga ega: ularni sof holda olish qiyin, bu esa bir-birini almashtira oladigan qarshilik termometrlari tayyorlashda kiyinchilik tug`diradi; temir va, ayniqsa, nikel qarshiligining temperaturaga bog`liqligi oddiy empirik formulalar bilan ifodalanadigan egri chiziqlardan iborat emas; nikel va ayniqsa, temir nisbatan past temperaturalarda ham osongina oksidlanadi. Bu kamchiliklar qarshilik termometrlarini tayyorlashda nikel va temirni qo`llanishni cheklab qo`yadi. 2.7-rasmda solishtirma elektr qarshilikning yuqorida ko`rilgan metallar temperaturasiga bog`lanishi berilgan. Qarshilik termometrlarini (termistorlarni) tayyorlash uchun yarim o`tkazgichlar (ba`zi metallarning oksidlari) ham ishlatiladi. Yarim o`tkazgichlarning muhim afzalligi ularning temperatura koeffisientining kattaligidir. Termoqarshiliklar tayyorlashda titan, magniy, temir, marganec, kobalt, nikel, mis oksidlari yoki ba`zi metallarning (masalan, germaniy) kristallari turli aralashmalar bilan birgalikda qo`llaniladi. 14 Yarim o`tkazgich termometr qarshiligi (termorezistor qarshiligi) bilan temperatura orasidagi bog`lanish quyidagicha ifodalanishi mumkin: Download 1,09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling