Mavzu: Havoni konditsiyalash tizimining prinsipial sxemalari Reja
Download 31.16 Kb.
|
Havoni konditsiyalash tizimining prinsipial sxemalari
27-chizma.
Turli chorvachilik inshootlarida mikroiqlimni tashkil etish tizimlari: a–qoramollarni bog‘lab va bog‘lamay boqish tizimlarida; b–go‘ngni pol ostida saqlash chorva inshootida; d–24 ming boshga mo‘ljallangan cho‘chqachilik kompleksida; e–108 ming bosh cho‘chqachilik kompleksida; 1–kalorifer; 2–havo kiritish ventilyatori; 3–havo quvuri; 4–so‘rish shaxtasi; 5–darcha; 6–so‘rish kanali; 7–so‘rish ventilyatori; 8–so‘rish tizimidagi havo quvuri; 9–ventilyatorli so‘rish shaxtasi; 10–so‘rish kanallari; 11–shamollatash-isitish agregatlari. 42
simlovchi quvurlarni arzon sin- te tik materiallardan tayyorlash maq sadga muvofiq sanaladi. Qishki mavsumda bino ichiga kirayotgan havo oqimini isitish uchun elektrokalorifer, suv kalo- riferi va issiqlik generatorlaridan foydalanish tavsiya etiladi. 5. Havo haroratiga qarab sha- mollatish tizimini rejimini o‘zgar- tirish imkoni bo‘lishi kerak. Tabiiy shamollatish ichki va tashqi havoning harorati farqi va havo zichligini o‘zgarishi natijasida amalga oshiriladi (28-chizma). Tabiiy ventilyatsiya havoning tortilishiga qarab quvurli yoki quvur- siz bo‘ladi. Quvursiz ventilyatsiya oddiy – oyna, darcha va dera- zalarni ochilishi asosida amalga oshiriladi. Quvurli ventilyatsiya havoning kirishi, so‘rib chiqarilishida ham ishlaydi. Bu ventilyatsiya tashqi havo harorati 286 K bo‘lganda, sa- marali ishlaydi. Mamlakatimizda havo almashinishini ta’minlash uchun tashqaridagi havoni ichkariga kiritish uchun ventilyatorlar- dan foydalaniladi. Mexanik holda isitilgan havo bilan shamollatish tizimi Mexanik holda shamollatish tabiiy tizimga nisbatan samaralir- oq hisoblanadi. Bu tizimdan yirik chorvachilik fermalarida foyda- lanish, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Toza havoga markazlashgan holda mexanik tarzda ishlov berila- digan (isitish yoki sovutish) va havo quvurlari orqali teng taqsimla- nadigan tizim quyidagicha bo‘ladi (29-chizma, a, b): a–tizimi qora- molchilik fermalarida, b–tizimi parrandachilik va cho‘chqachilik fermalarida foydalanilishi tavsiya etiladi. Markazdan qochma holda mexanik shamollatish tizimi (29-chizma d, e) quyidagicha bo‘ladi: d–tizimi asosan, cho‘chqachilikda va e–tizimi cho‘chqachilik va qoramolchilikda foydalaniladi. 28-chizma. Mo‘ri orqali tabiiy shamollatish shakli. 43
Mexanik ta’sir hamda havoni isitish yordamida shamollatish tizimlari: a–havoni markazlashgan holda kiritish va tabiiy so‘rib chiqarish tizimi; b–o‘qbo‘ylab yo‘nalgan ventilyatorlar yordamida markazlashgan holda havoni kiritish va so‘rish tizimi; d–kiritish-so‘rish qurilmalari yordamida markazlashmagan tizim; g–elektrokalorifer agregatlar yordamida havoni markazlashmagan holda kiritish va so‘rib chiqarish; 1–so‘rish shaxtasi; 2–havo kiritgich; 3–go‘ng ariqlaridan havoni so‘rish; 4–deraza orqali havo kirishi; 5–havo kirish shaxtasi; 6–so‘rish o‘h ventilyatori; 7–kiritish-so‘rish qurilmasi; 8–elektrokalorifer agregati; 9–kiritish ko‘ndalang havo yo‘li. Ventilyator qurilmalari va ventilyatorlar Ventilyator qurilmalari tarkibiga ventilyator, ventilyatsiya quvur- lari (so‘ruvchi va haydovchi), havo qabul qiluvchi kiradi. Ventilyator – havoni majburiy siljituvchi mashina bo‘lib u kor- pusga o‘rnatilgan ishchi g‘ildirak va harakatga keltiruvchi elektr- yuritgichdan tashkil topgan. G‘ildirakka kurakchalar o‘rnatilgan. Aylanish davrida kuraklar havoni so‘rilishi va haydalishini ta’minlab beradi. Ventilyatorlar markazdan qochma va o‘q yo‘nalish turlariga bo‘linadi. O‘q ventilyatorlarning ishchi g‘ildiragi silindrik korpus ichida joylashgan. G‘ildirak aylanganda uning kurakchalari havo- ni so‘rib, o‘q yo‘nalishida zo‘riqtirib haydaydi. O‘q ventilyatorlari 490–500 Pa bosimda 120000 m 3 /soat hajmida havoni haydaydi. Markazdan qochma ventilyatorlar ko‘p hollarda so‘rish-isitish- shamollatish tizimlarida qo‘llaniladi. Aralash shamollatish tizimida ventilyator orqali so‘rilgan tashqi 44
shamollatish tizimiga uzatiladi, shamollatish tizimida havo yig‘gich orqali kelayotgan sovuq havo bilan aralashib, oxurlar tagida joy- lashgan darcha orqali binoga kiradi. So‘ruvchi ariqlar go‘ng o‘tish joyida joylashgan. Download 31.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling