Mavzu: Havoni konditsiyalash tizimlarini sovuqlik bilan ta’minlash Reja


Download 31.32 Kb.
bet2/3
Sana01.11.2023
Hajmi31.32 Kb.
#1737130
1   2   3
Bog'liq
Havoni konditsiyalash tizimlarini sovuqlik bilan ta’minlash

27-chizma. 
Turli chorvachilik inshootlarida mikroiqlimni tashkil etish 
tizimlari:
a–qoramollarni bog‘lab va bog‘lamay boqish tizimlarida; b–go‘ngni 
pol ostida saqlash chorva inshootida; d–24 ming boshga mo‘ljallangan 
cho‘chqachilik kompleksida; e–108 ming bosh cho‘chqachilik kompleksida; 
1–kalorifer; 2–havo kiritish ventilyatori; 3–havo quvuri; 4–so‘rish shaxtasi
5–darcha; 6–so‘rish kanali; 7–so‘rish ventilyatori; 8–so‘rish tizimidagi havo 
quvuri; 9–ventilyatorli so‘rish shaxtasi; 10–so‘rish kanallari;
11–shamollatash-isitish agregatlari.

42
Kirayotgan havo oqimini taq-


simlovchi quvurlarni arzon sin-
te tik materiallardan tayyorlash 
maq sadga muvofiq sanaladi.
Qishki mavsumda bino ichiga 
kirayotgan havo oqimini isitish 
uchun elektrokalorifer, suv kalo-
riferi va issiqlik generatorlaridan 
foydalanish tavsiya etiladi.
5. Havo haroratiga qarab sha-
mollatish tizimini rejimini o‘zgar-
tirish imkoni bo‘lishi kerak.
Tabiiy shamollatish ichki va tashqi havoning harorati farqi va 
havo zichligini o‘zgarishi natijasida amalga oshiriladi (28-chizma). 
Tabiiy ventilyatsiya havoning tortilishiga qarab quvurli yoki quvur-
siz bo‘ladi. Quvursiz ventilyatsiya oddiy – oyna, darcha va dera-
zalarni ochilishi asosida amalga oshiriladi.
Quvurli ventilyatsiya havoning kirishi, so‘rib chiqarilishida ham 
ishlaydi. Bu ventilyatsiya tashqi havo harorati 286 K bo‘lganda, sa-
marali ishlaydi. Mamlakatimizda havo almashinishini ta’minlash 
uchun tashqaridagi havoni ichkariga kiritish uchun ventilyatorlar-
dan foydalaniladi.
Mexanik holda isitilgan havo bilan shamollatish tizimi
Mexanik holda shamollatish tabiiy tizimga nisbatan samaralir-
oq hisoblanadi. Bu tizimdan yirik chorvachilik fermalarida foyda-
lanish, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Toza havoga markazlashgan holda mexanik tarzda ishlov berila-
digan (isitish yoki sovutish) va havo quvurlari orqali teng taqsimla-
nadigan tizim quyidagicha bo‘ladi (29-chizma, a, b): a–tizimi qora-
molchilik fermalarida, b–tizimi parrandachilik va cho‘chqachilik 
fermalarida foydalanilishi tavsiya etiladi. Markazdan qochma holda 
mexanik shamollatish tizimi (29-chizma d, e) quyidagicha bo‘ladi: 
d–tizimi asosan, cho‘chqachilikda va e–tizimi cho‘chqachilik va 
qoramolchilikda foydalaniladi.
28-chizma. 
Mo‘ri orqali tabiiy
shamollatish shakli.

43
29-chizma. 


Mexanik ta’sir hamda havoni isitish yordamida
shamollatish tizimlari:
a–havoni markazlashgan holda kiritish va tabiiy so‘rib chiqarish tizimi; 
b–o‘qbo‘ylab yo‘nalgan ventilyatorlar yordamida markazlashgan holda 
havoni kiritish va so‘rish tizimi; d–kiritish-so‘rish qurilmalari yordamida 
markazlashmagan tizim; g–elektrokalorifer agregatlar yordamida havoni 
markazlashmagan holda kiritish va so‘rib chiqarish; 1–so‘rish shaxtasi;
2–havo kiritgich; 3–go‘ng ariqlaridan havoni so‘rish; 4–deraza orqali havo 
kirishi; 5–havo kirish shaxtasi; 6–so‘rish o‘h ventilyatori; 7–kiritish-so‘rish 
qurilmasi; 8–elektrokalorifer agregati; 9–kiritish ko‘ndalang havo yo‘li.
Ventilyator qurilmalari va ventilyatorlar
Ventilyator qurilmalari tarkibiga ventilyator, ventilyatsiya quvur-
lari (so‘ruvchi va haydovchi), havo qabul qiluvchi kiradi.
Ventilyator – havoni majburiy siljituvchi mashina bo‘lib u kor-
pusga o‘rnatilgan ishchi g‘ildirak va harakatga keltiruvchi elektr-
yuritgichdan tashkil topgan. G‘ildirakka kurakchalar o‘rnatilgan. 
Aylanish davrida kuraklar havoni so‘rilishi va haydalishini ta’minlab 
beradi.
Ventilyatorlar markazdan qochma va o‘q yo‘nalish turlariga 
bo‘linadi. O‘q ventilyatorlarning ishchi g‘ildiragi silindrik korpus 
ichida joylashgan. G‘ildirak aylanganda uning kurakchalari havo-
ni so‘rib, o‘q yo‘nalishida zo‘riqtirib haydaydi. O‘q ventilyatorlari 
490–500 Pa bosimda 120000 m
3
/soat hajmida havoni haydaydi. 
Markazdan qochma ventilyatorlar ko‘p hollarda so‘rish-isitish-
shamollatish tizimlarida qo‘llaniladi.
Aralash shamollatish tizimida ventilyator orqali so‘rilgan tashqi 

44
havo (30-chizma) elektrokalorifer orqali o‘tib, havo quvuri orqali 


shamollatish tizimiga uzatiladi, shamollatish tizimida havo yig‘gich 
orqali kelayotgan sovuq havo bilan aralashib, oxurlar tagida joy-
lashgan darcha orqali binoga kiradi. So‘ruvchi ariqlar go‘ng o‘tish 
joyida joylashgan.



Download 31.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling