Mavzu: Hayol haqida tushuncha


Savol bayoni. Badiiy va ilmiy ijodiyotda fantaziya


Download 53.63 Kb.
bet4/16
Sana24.01.2023
Hajmi53.63 Kb.
#1117925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
mustaqil ish1

10.4. Savol bayoni. Badiiy va ilmiy ijodiyotda fantaziya.
Hayolning asosiy shakli hayolot yoki fantaziya deb nomlanadi, lekin chet el psixologiyasida hayolning sinonimi sifatida qo’llaniladi. Fantaziya inson ongida in’ikos etila boshlagandan e’tiboran borliqning qiyofasini o’zgartirishga yo’nalgan bo’ladi, voqelikning unsurlari o’rin almashtirish xususiyatiga ham egadir. Shuningdek, fantaziya insoniyat dunyosi uchun ma’lum bo’lgan omillarga nisbatan yangi nuqtai nazar topishga va shu yo’sinda yondashishga imkon beradi hamda badiiy, ilmiy bilish qadriyatlarni o’zida mujassamlashtiradi.
Fantaziya real voqeylikni yangi ,kutilmagan hamda odatdan o’zgacha qo’shilish va bog’lanishlarda aks etirishdan iboratdir.
Badiiy va ilmiy ijodda fantaziyaning o’rni to’g’risida muayyan darajada ishlar qilgan, chunki sanьat va adabiyot ijodiy faoliyatining zaruriy unsuri sifatida xizmati baholangan. Ma’lumki, rassom hamda yozuvchining ijodiy faoliyatida ishtirok etuvchi hayol obrazlarining muhim xususiyatlari — bu uning emotsional kechinmalar histuyg’ular bilan mujassamlashganidir. Hozirgi davrda: 1) badiiy ijodiyot; 2) badiiy tarjima; 3) ilmiy ijodiyot psixologiyasi; 4) adabiy qobiliyat va iste’dod psixologiyasi singari maxsus sohalarda hayol turlari, jarayonlari, shakllari kabilarga asoslangan holda tadqiqot ishlari olib borilmokda.
XOTIRA
REJA:
1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari.
2. Xotiraningpsixologik nazariyalari.
3 Xotira jarayonlari va turlari.
4.Xotiranio`rganishmetodlarivaamaliytavsiyalar.

1.Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari.

Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi».[1]
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shundaynazariyalardanengmuhimimolekulalarningo’zgarishibilanbog’liqbo’lganbioximiknazariyadir. Bu nazariyagako’rabirornarsaniesdaolibqolishvaesdasaqlabturishmaxsustuzilishnio’zgarishibilanbog’liqdir. O’tkazilgantekshirishlargako’ra, birornarsaesdaolibqolinganda, asosannervhujayralarining (neyronlarning) dendritshoxlaritarkibidao’zgarishyuzagakeladi. Ularqandaydirboshqacharoqtuzilishgakiriboladilar.Dendritlartuzilishidagihosilbo’lgano’zgarishdarrovo’tibketadiganbo’lmay,anchamustahkambo’ladi.Shusababliesdaolibqolgannarsauzoqvaqtxotiradasaqlanibturadi.[1]


Download 53.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling