Mavzu: Hayotning molekulyar asoslar


Download 55.49 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi55.49 Kb.
#154736
Bog'liq
mustaqil ish biokimyo


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakulteti, biologiya yo’nalishi II kurs 203-guruh talabasining ‘’Biokimyo va malekulyar biologiya ‘’ fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Hayotning molekulyar asoslar. D vitamini

Bajardi: Suvonov Bekzod

Tekshirdi: Qo'ziyev Sherali

Reja :


  1. Vitaminlar haqida umumiy tushuncha ularnining o'rganilish tarixi

  2. D vitamining tuzilishi, manbalari va ishlatilishi.

  3. D vitamining biokimyoviy funksiyalari

4. Qishloq xoʻjaligidagi vahamiyati.

5. Xulosa

1. Vitaminlar haqida umumiy tushuncha. Vitaminlar haqidagi ta’limot – vitaminologiya hozirgi vaqtda mustaqil fan tarmog’idir. Vaholanki, bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod va yog’lar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar. Lekin amaliyot va tajribalarning ko’rsatishicha, organizmning normal rivojlanishi va o’sishi uchun bu moddalarning o’zi yetarli emas ekan. Ovqat tarkibida qandaydir moddalarning yetishmasligi bilan sodir bo’ladigan kasalliklar epidemik xarakterga ega bo’lgan. XIX asrda singa kasalligidan letal holatlar 70-80% ga yetgan. Ayni shu vaqtda “beri-beri” kasalligi Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaponiya davlatlarida keng tarqaldi. Yaponiyaning 30% ga yaqin aholisi shu kasallikka chalingan.Yapon shifokori K.Takaki go’sh, sut va yangi sabzavotlarda “beri-beri” kasalligini oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik golland shifokori K.Eykman Yava orolida ishlab, u yerning aholisi asosan tozalangan guruch bilan ovqatlangani, tovuqlarga ham tozalangan guruch berilganda odamlardagi kabi “beri-beri” kasaliga o’xshagan turining rivojlanishini ko’rsatib bergan.

K.Eykman tovuqlarni tozalanmagan guruch bilan boqishganda, ularning sog’ayishini kuzatgan. Bu ma’lumotlar asosida guruch po’stlog’ida davolash xususiyatiga ega bo’lgan noma’lum modda bor degan xulosaga kelgan. Haqiqatan ham, guruch po’stlog’ida odan organizmidagi normal hayotni ta’minlaydigan moddalar borligini isbotlab berdi.

Vitaminlar haqidagi ta’limotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan ham bog’liqdir. Olim ovqat tarkibida oqsil, uglevod, yog’, tuz va suvdan tashqari hayot uchun zarur bo’lgan almashtirib bo’lmaydigan qandaydir noma’lum modda bor, degan xulosaga kelgan. K.Funk birinchi bo’lib kristall holda ajratib olingan “beri-beri” kasalligi rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va o’z tarkibida aminoguruhlarni saqlagani uchun bu noma’lum moddalarni “Vitaminlar” deb atashni taklif etgan (lat. vita – hayot deganidir). Darhaqiqat, vitaminlarning ko’pchiligi o’zining tarkibida aminoguruhlarni saqlamasa ham “vitaminlar” deb nomlanishi biologiya va tibbiyotda mustahkam saqlanib qolgan.

Vitaminlar shartli ravishda vitaminlar va vitaminsimon moddalarga bo’linadi. Vitaminsimon moddalar biologik xossalari bilan vitaminlarga o’xshaydi, lekin odatda ko’p miqdorda talab etiladi. Hamma organizmlar uchun bir birikmaning o’zi vitamin bo’lib hisoblanmaydi. Masalan, askorbin kislotasi odam va dengiz cho’chqasi uchun vitamin hisoblanadi, chunki ularda sintezlanmaydi, kalamush quyon va itlar uchun esa askorbin kislotasi vitamin hisoblanmaydi, chunki u bu hayvonlarning to’qimalarida sintezlanadi.

Odam organizmida ovqat va ichak bakteriyalari vitaminlar manbai hisoblanadi. Ichak bakteriyalari ko’p vitaminlarni o’zlari sintezlaydilar va vitaminlarning organizmga tushishida muhim manba hisoblanadi.

Ba’zi aminokislotalar, bir nechta yuksak to’yinmagan osimlik yog’ kislotalari (linolat – 2 ta, linoleat – 3 ta, araxidonat – 4 ta qo’shbog’i bor) odam uchun vitaminlar kabi almashinmaydigan ozuqa komponenti hisoblanadi, ammo organizmda yetarli miqdorda sintez qilinmaydi va ular organizmga tashqaridan kiritilishi kerak. Lekin ularni funktsiyalariga ko’ra vitaminlar qatoriga kiritib bo’lmaydi. Vitaminlarni bunday moddalardan ajratib turuvchi ikkita xarakterli belgilari bor: 1) ular to’qima strukturalari tarkibiga kirmaydilar; 2) energiya manbai sifatida xizmat qilmaydilar.

Boshqa ozuqa moddalaridan farqli ravishda vitaminlar kofermentlarning hosil bo’lishida ishtirok etadi, ularsiz fermentlar o’z funktsiyalarini yoki biokimyoviy jarayonlarning boshqarilishini me’yorda bajara olmaydi.

Bundan 130 yil ilgari odam va xayvonlar organizimini me’yor chegarada hayot kechirishi uchun organizmga karbonsuvlar, yog’lar, oqsillar va mineral moddalar va suv kirib kelsa kifoya degan fikr xukm surar edi. Lekin biroz keyinroq, bu moddalardan tashqari juda kam miqdorda bo’lsada, organizm uchun zarur bo’lgan va fanga no’malum bo’lgan boshqa moddalar ham kerakligi aniqlandi.

Shu bilan birgalikda qadim zamonlardan boshlab oziqa tarkibida ayrim komponentlarning yetishmasligi tufayli har xil kasalliklarning kelib chiqishi ham ma’lum edi.

Ma’lumki, qadimgi Xitoyda guruch kepagi bilan davolanib ketadigan «beri-beri» kasalligining (beri–singal tilida-nimjonlik) uchrashi to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud edi. Bu kasallikda mushaklar atrofiyasi, yurak-tomir tizimini izdan chiqishi kuzatilar edi.

Qadimgi xitoy yozuvlarida «Shapko’rlik» kasali to’g’risida ham ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, bu kasallikni jigar iste’mol qilish yo’li bilan davolash mumkinligi ham ma’lum edi.

Singa kasalini belgilari to’g’risidagi ma’lumotlar dastlab eramizdan oldin yashab o’tgan buyuk mutafakkir, tabib, faylasuf Gippokrat qalamiga mansubdir. ma’lumotlariga muvofiq bu kasallikda nimjonlik, mushak-bo’g’imlar og’rig’i, milklarni qonashi, tishlarning tushishi yuz berishi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

O’rta asrning buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sino tibbiyot fanida burulish yasagan siymo hisoblanib, o’z asarlarida har xil kasaliklarni davolash yo’l-yo’riqlarini batafsil keltirib o’tgan. Uning asarlarida to’la qimmatli ovqatlanish ko’p kasalliklarni oldini olish garovi ekanligi qayd qilingan bo’lib, vitaminlarning ochilishidan to’qqiz asr oldin ularning ahamiyati to’g’risidagi fikrlar bashorat qilingan. Singani davolashga qaratilgan izlanishlar olib borish buyuk geografik kashfiyotlar davriga, ya’ni, XVI-XVII asrlarga to’g’ri keladi. 1601 yil Dj. Lankaster ingliz xarbiy dengiz floti askarlarini oziqa rasioniga limonni kiritishni taklif etdi. Shuning uchun bu askarlarni keyinchalik «Limon xo’rlar» deb nomlay boshladilar. Biroz keyinroq ingliz shifokori Dj. Lind o’zining «Singa haqida qissa» asarida (1757 y). «Organizmni singaga chalinishdan saqlaydigan omil meva va sabzavotlardir» deb e’tirof etdi. XVIII asrda raxitni davolash uchun shifokorlar triska balig’i yog’idan foydalanishgan. Shu davrda Ispaniya kiroli Filipp V ning shifokori G.Kazal (1735 y.) pellagra (italyancha-pella agrako’chadigan-po’st tashlaydigan teri) to’g’risida ma’lumot berdi. Bu kasallikda oldin teri shikastlanadi, so’ng til, oshkozon–ichak yo’lining sillik pardasi yallig’lanadi va yana keyinroq asab-ruxiy shikastlanish paydo bo’ladi. 1816 yilda frantsuz fiziologi F. Majandi birinchilar qatori fiziologiyada eksperimental tafsifli ishlarni taklif kildi, hamda eksperimental hayvonlarni sun’iy ravishda tuzilgan ratsion bilan oziqlantirdi.

Bu olimning eksperimental tadqiqot olib borish uslublaridan foydalanish asosida hayvonlarning oqsil, karbonsuv, yog’lardan tashkil topgan ratsion qabul qilganida, ular ayrim kasalliklarga uchrashi mumkin ekanligi isbotlandi. XIX asrda singa (yoki skorbut) kasalligi juda ham keng tarqalgan bo’lib, bu kasallikdan «yostig’i qurigan» kishilar 70-80% gacha yetib bordi. Taxminan shu davrda Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yaponiyada «beri-beri» nomi bilan yuritiladigan kasallik ham keng tarqalgan edi. Yaponiya aholisini deyarli 30% shu kasallikka chalingan edi. 1882 yilda Takaki degan yapon hakimi ekipajida taxminan 300 nafardan dengizchisi bo’lgan ikkita kemadagi odamlarning holatini kuzatdi. Kemalar 9 oy davomida dengizda suzib yurishgan bo’lib, birinchi kema dengizchilari shu paytda dengizchilar uchun odatdagi oziq-ovqat maxsulotlarini istye`mol qilishgan bo’lsa, ikkinchi kema dengizchilari ovqatlari tarkibiga sof sabzavot maxsulotlari ham kiritilgan edi. Bunda birinchi kema dengizchilaridan 170 nafari beri-beriga chalingan bo’lib, 25 nafari vafot etdi. Ikkinchi kemada esa kasallikning faqat yengil shakli 14 nafar dengizchida kuzatildi va bu kasa



2.Organizmda D vitamini hujayra membranasidan kalsiy va fosfor ionlarini o'tishini ta'minlaydi. Agar bu vitamin yetishmasa, suyak to'qimasida kalsiy fosfat hosil bo'lish jarayoni buzilib, raxit kasalligi kelib chiqadi. Bunda suyaklar yumshoq bo'lib, gavda og'irligini ko'tara olmaydi. Organizm uchun D vitamini ozuqa orqali ta’minlanadi. U ayniqsa baliq mahsulotlarida, saryog'da, tuxum sarig'ida ko'p bo'ladi. Biroq organizmda uning asosiy qismi, quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida sterollaming hosilalaridan sintezlanadi.

vitaminni ko'p iste’mol qilinsa, yoshi katta odamlarda va yosh bolalarda bu vitaminning intoksikatsiyasi boshlanadi. Qonda kalsiy va fosfor miqdori oshib, ichki a'zolarida (o'pka, buyrak, tomirlarda) kalsifikatsiya boshlanib, suyaklarda esa dimineralizatsiya sodir bo'ladi

3.Vitamin D – kalsiferol va antiraxitik vitamin Uning eng muhim vakillari D2

va D3 O‘simlik mahsulotlarida vitamin Dning miqdori ko‘p emas. Hayvon mahsulotlaridan jigar, tovuq tuxumi, baliq, sut, sariyog‘da ko‘p saqlanadi. Vitamin D3 ning organizmdagi eng asosiy vazifasi kalsiy va fosfor gomeostazini saqlash, suyakning minerallanishi va qayta tiklanishini ta’minlashdir. Vitamin D ingichka ichakdagi o‘t kislotalari ishtirokida so‘riladi, keyin jigarga tashiladi va u yerda NADN va molekulyar kislorod ishtirokida ishlovchi mitoxondriyalar sistemasi ta’sirida 25-oksiholekalsiferolga aylanadi. 25-oksiholekalsiferol buyraklarda gidroksillanadi, natijada gormonal xususiyatga ega bo‘lgan 1,25 dioksiholekalsiferol hosil bo‘ladi. Bu reaksiya parat gormonlar bilan boshqariladi. 1,25 dioksiholekalsiferol ichakda Ca tashilishini kuchaytiradi. Uning ta’sirida ichak shilliq qavati hujayralarining tegishli oqsillari kalsiy biriktirgan oqsilga aylanadi. Bu birikma ichak mikrovorsinkalarida faoliyat ko‘rsatadi. Vitamin Dning tuzilishi Yuqoridagi oqsil va Ca bog‘liq ATFaza Ca tashilishida qatnashadi, bu jarayon Na ham bog‘liq. Juda ko‘p a’zolarning hujayralarida, T, B-limfotsitlarda 1,25-dioksiholekalsiferol retseptorlarining topilishi vitaminning hujayralar, jumladan fagositlar, limfotsitlarningdifferensirovkasi va faoliyatidagi katta ahamiyatini ko‘rsatadi.Vitamin D bilan davolab bo‘lmaydigan raxit kasalligining sababi buyraklar 1,25-degidroksiholekalsiferolning adekvat miqdorini sintezlay olmasligidadir. Bu birikmani 2,5-5 mkg/sutka miqdorda qabul qilib turish ichaklarda Ca me’yorida so‘rilishini ta’minlaydi. Vitamin D yetishmaganida faqat suyak to‘qimasi emas, balki butun organizm zarar ko‘radi, qon bilan a’zolarga Ca yetarli bormasligi natijasida ikkilamchi o‘zgarishlar yuzaga keladi. Vitamin D tanqisligida ingichka ichakning shilliq qavatida distrofik o‘zgarishlar yuz beradi, bu esa ichakning faoliyatini ayniqsa, so‘rish qobiliyatini pasaytiradi. D-gipovitaminozda lipidlar almashinuvi buziladi (qonda umumiy holesterin, erkin yog‘ kislotlari va fosfatidiletanolaminlarning miqdori jigarda lipidlar almashinuvi buzilishi natijasida ortadi). Dgipovitaminozda organizmdagi oqsil almashinuvida o‘zgarishlar kuzatiladi. Taloqda va timusda parchalanishini ortishi bilan uning sintezi pasaygan. Shunday hollarda bolalar va kattalarda suyaklarning demineralizatsiyasi yuz beradi, uncha kuchli bo‘lmagan ta’sirlar suyaklar sinishiga olib keladi. Qon zardobida Ca va P miqdori ortishi hisobiga yumshoq to‘qimalarda Sa yig‘iladi va buyraklarda tosh hosil bo‘ladi. Vitamin D2 prooksidant xususiyatiga ega bo‘lib kislotalarini, hujayra membranalarining fosfolipidlarini oksidlanishidan saqlaydi. Vitamin D yetishmasligining organizmdagi modda almashinuviga salbiy ta’siri immun sistemada ham o‘z aksini topadi

4.Vitamin D(kalsiferol).Organizmda mineral moddalar almashinuvini nazorat qiladi. Ushbu vitamin yetishmasligi yosh qishloq xo'jalik hayvonlarida raxit kasalligini keltirib chiqaradi, oyoqlari qiyshayib, bo'g'inlar shishadi; voyaga yetgan hayvonlarda esa osteomolyatsiya va osteoroz kasalliklari ro'y beradi, qonda kalsiy va fosfor miqdori keskin kamayib ketadi. Hayvonlarning ishtahasi pasayadi, mahsuldorligi kamayadi, yurishi qiyinlashadi, jinsiy faoliyat buziladi, qisir qoladi, tug'ishdan keyingi asoratlar, tuyoqning buzilishi, tishlar qimirlashi, qiyin kechganda naysimon suyaklarning sinishi kuzatiladi. Parrandalarga D vitamini yetishmasligi raxitga sabab bo'lib, to'sh suyagi qiyshayadi, bo'g'inlari shishib ketadi; tuxum po'chog'i yuqalashadi, uning sarig'ida D vitamini kamayib, inkubatsiya sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi; bunday tuxumdan chiqqan jo'jalar hayotchanligi past bo'lib, turli xil kasalliklarga chalinuvchan bo'ladi. Oziqalarda vitamini uchramay u ergosterin-provitamini(o'simlik moylari, achitqilar) bo„lib va 7-degidroxolesterin (hayvonlar terisining ostki qatlamlari va hayvon yog'larida ) tabiiy yoki suniy ultrabinafsha nurlatish natijasida biologik aktiv D2 vaD3 vitaminlariga aylanadi. Sut emizuvchilarga vitamin D2 va D3 bir xil qiymatga ega, parrandalar uchun esa D3,D2 vitaminiga nisbatan 30 barobar faol hisoblanadi. Shu bois parrandalar uchun sun‟iy ravishda hayvon mahsulotlari sterinlaridan 7-degidroxolesterin ishlab chiqariladi. Halqaro birlik qilib 0,025 mkg D2- kalsiferol vitamini qabul qilingan. Yoz paytida barcha qishloq xo„jalik hayvonlarining D vitaminiga bo„lgan talabi ular yaylovlarda yoki ochiq maydonchalarda saqlanganda to'liq qondiriladi. Ba'zan ushbu hayvonlarda uning zaxiralari paydo bo'lib jigarda to'planadi. Agarda hayvon yoki parrandalar yil bo'yi yopiq binolarda saqlansa, ular oziqalar bilan kerakli D vitaminini qabul qilishi yoki suniy ravishda ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirishi kerak. D vitamini quyosh nurida quritilgan pichanda, senajda ko'p bo„lib, suniy quritilgan pichanda, silosda, sutga nisbatan o'giz sutida kamroq bo'ladi. Qoramollar va cho'chqalarda D2 vitaminiga bo'lgan talabni nurlatilgan achitqilar berish bilan qondirish mumkin; 1g nurlatilgan achitqida 4000 XB D2 vitamin bor; 1 kg achitqi 3-4 tonna qoramol yoki cho'chqa omixta yemiga qo'shish uchun yetadi. Parrandalarga esa kazein konsentrati shaklidagi D3 vitamini preparati qo'llash yaxshi natijalar beradi. Gipervitaminoz D ham gipovitaminoz D ham hayvonlar uchun zararli; uning me'yordan ko'p bo'lishi kalsiyning ajralishini kuchaytirib, u buyrak va qon tomirlariga o'tirib qoladi; gipervitaminoz ko'pincha ovqat hazm qilishni buzilishda namoyon bo'ladi



500- 550 kg tirik vazndagi sigirlar o‘stirish uchun urg‘ochi naslli tanalarni oziqlantirish D vitaminining meyori.

Ko'rsatkichlar

Yoshi,oylik

7

9

12

18

Vitamin D (kalseferol)


2.5

2.8

3.5

5.1

Xulosa

Inson organizmidagi biokimyoviy fiziologik jarayonlarning normal kechishida, butun modda almashinishining boshqarilishida iste’mol omillari hisoblangan va juda kam miqdorda uchrovchi vitaminlarning ahamiyati kattadir. Modda almashuvining buzilishi ko’pincha organizmga vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bo’lmaslgi yoki ularning organizmda hazm bo’lishi, bilan bog’liqdir. Vitaminlar modda almashuvini bevosita boshqarmasdan, bilvosita tarkibiga kiradigan fermentlar orqali boshqaradilar. Vitaminlarning zamonaviy tasnifi tugallanmagan: u fizik kimyoviy xususiyatlar, xususan eruvchanligi, kimyoviy tabiati harf bilan belgilanishiga asoslangan. Vitamin D yetishmaganida faqat suyak to’qimasi emas, balki butun organizm zarar ko’radi, qon bilan a’zolarga Ca yetarli bormasligi natijasida ikkilamchi o’zgarishlar yuzaga keladi. Raxit kasalligini davolashda vitamin D preparatlarini berish va ovqatlanish ratsionini to’g’ri tuzish uglevodga boy va hamirli ovqatlardan cheklanish chunki uglevodli moddalar atsedozni kuchaytiradi. Sabzavot mevalar sharbatini ichish kerak. Ovqatda yetarli miqdorda oqsil bo’lishi lozim chunki oqsil kamayganda Ca va P so’rilishi kamayadi. Oqsil manbalari ( tuxum sarig’i, jigar, buyrak, baliq.) Hozirgi kunda raxit kasalligi uchun qo'llanilgan asosiy preparatlardan AKVADETRIM, ALFAD3TEVA va yana biri CaD3 NIKOMED hisoblanadi.



Foydalanilgan adabiyotlar

1 O.O.Obidov, A.A.Jurayeva, G.YU.Malikova. Biologik kimyo (315-3166) betlar Toskent-2011

2.MAQSUDOV ILHOMJON, JORAEV JOMUROD YANGIBOEVICH, AMIROV SHAVKAT QO”ZIBOEVICH (63-64 betlar)

.3. https:// ru.m.wikipedia.org



4. R.A. Sobirova, O.A. Abrorov F.X. Inoyatova, A.N.Aripov "Biologik kimyo 142-143betlar)

5.Valixonov Biokimyo (127-bet).
Download 55.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling