Mavzu: Hayvon psixologiyasining rivojlanishi Reja
Download 17.37 Kb.
|
Mavzu Hayvon psixologiyasining rivojlanishi Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro`yxati.
Ong haqida tushuncha
Ob`ektiv borliq inson miyasida turli xil darajada aks etadi. Ong psixikaning eng yuksak darajasi bo`lib, u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy-tarixiy sharoitda, mehnat faoliyatida boshqa odamlar bilan til yordamida munosabatda bo`lishi natijasida shakllangan. Ontogenetik taraqqiyot jarayonida ham ong ijtimoiy muhit ta`siri ostida faoliyat va muloqot jarayonida shakllanadi. Ongning mohiyatini to`g`ri tushunish uchun uning tuzilishini ko`rib chiqish lozim. Ong quyidagi to`rt muhim psixologik xarakteristika bilan aniqlanadi. I. Ongning birinchi xarakteristikasi uning nomida aks ettirilgan: ong, anglash. Inson ongi tevarak-atrof, tashqi va insonning o`zining ichki dunyosiga oid bilimlar to`plami, yig`indisidan iboratdir. Agar inson tashqi olam va o`zi ichki dunyosi haqida bilimlarni o`zlashtirish va anglashdek muhim xususiyatdan mahrum bo`lganda, unda hech qanday bilim va ong shakllanmagan bo`lar edi. Bizning bilimlarimiz ongning birlamchi asosini tashqil qiladi. Bilimlar turli psixik jarayonlar (bilimlar sezgi, idrok, diqqat va h.k. yordamida o`zlashtiriladi, xotirada saqlanadi, tafakkur jarayonida tahlil qilinadi) yordamida o`zlashtiriladi va boyitib boriladi. Bilish jarayonlaridan birining buzilishi, kasallanishi (batomom ishdan chiqishi haqida gapirmasak ham bo`ladi) ongning buzilishiga olib keladi. II. Ongning ikkinchi xarakteristikasi - unda sub`ekt va ob`ekt o`rtasidagi farq o`z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda inson o`zini boshqalardan va tashqi olamdan farqlaydi, unda "men" va "men emas" tushunchasi mavjud. Odam organiq olam tarixida birinchi marta undan ajralib chiqdi va o`zini tashqi olam, tevarak-atrofdagi muhitga qarshi kuydi. Bunday xususiyatning paydo bo`lishining natijasi insonning o`z-o`zini bilishi va uzligini anglashida, o`z-o`zini baholashida aks etadi. Insongina o`zining tashqi olamdan, predmetlardan, boshqa kishilardan farqini, ustunligi va kamchiliklarini anglay oladi. Shunday anglash va taqqoslash kishining shaxs sifatida rivojlanishining asosini tashqil qiladi. Nafaqat alohida shaxsning, balki millatning, xalqning rivojlanishi ham uning uzligini anglashi bilan bog`liq. III. Ongning uchinchi xarakteristikasi - maqsad quyish va maqsadga yo`nalganlik bilan belgilanadi. Har qanday faoliyat maqsadini aniqlash ongning funktsiyasi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishda maqsad kuyiladi, faoliyat motivlari yuzaga keladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo`llari ishlab chiqiladi va sharoitni hisobga olgan holda zaruriy tuzatishlar kiritib boriladi. Ma`lum sabablar ta`sirida maqsad ko`zlash yoki uni boshqarish, koordinatsiya qilishdagi buzilishlar ongning buzilishiga olib keladi. IY. Ongning to`rtinchi xarakteristikasi - unda odamning ma`lum munosabatlari aks etishida. Inson o`z atrofida bo`layotgan voqealarga, ob`ektiv borliqqa, o`z faoliyati va uning natijalariga adekvat munosabatda bo`ladi. Bu munosabat uning his-tuygularida nomoyon bo`ladi. His-tuygular va munosabatlarning o`zgarishi, noadekvatligi ongning buzilishidan darak beradi. Til, o`zaro munosabatlar, faoliyat ongning yuqorida ko`rsatilgan barcha sifatlarining tarkib topishining zaruriy sharoiti hisoblanadi. Psixologiya fanida "ong" tushunchasi bilan bir qatorda "ongsizlik", "ong osti" tushunchalari ham o`rganiladi va tahlil qilinadi. Ongsizlik psixikaning kuyi darajasi bo`lib, bunda qilinayotgan ishlarga hisobat berilmaydi, xulq-atvor va hatti-harakatlar ongli ravishda boshqarilmaydi. Ongsizlik sohasiga quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqi holatidagi hodisalar (tush ko`rish); ilgari ongli bajarilgan, ammo ko`p takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan hatti-harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo anglanmaydigan mayllar va h.k. Kasal odam psixikasida yuzaga keladigan ba`zi patologik holatlar ham ongsizlik hodisalari jumlasiga kiradi: alahlash, gallyutsinatsiya va shu kabilar. Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro`yxati. Internet manbalaridan foydalandi. http://fayllar.org Download 17.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling