Мавзу: хфхга тегишли хукукий ва меъёрий хужжатлар


Download 16.9 Kb.
bet1/4
Sana17.11.2023
Hajmi16.9 Kb.
#1782503
  1   2   3   4
Bog'liq
маруза 2

2-MA’RUZA. FUQAROLARNI FVLARDAN MUHOFAZA QILISHNING QONUNLARI.

Reja

  • Reja
  • 1. Respublikamizda aholi va hududlar xavfsizligini ta'minlashning huquqiy asoslari
  • 2. Fuqaro muhofazasiga oid qonun va qoidalar tizimi xaqida asosiy ma’lumotlar.
  • 3. Aholi va hududlar xavfsizliginni ta’minlashga doir amalga oshirilayotgan tadbirlar tasnifi
  • Respublikamizda aholi va hududlar xavfsizligini ta'minlashning huquqiy asoslari.
  • Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini…
  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari,
  • O’zbekiston Repsublikasi qonunlari,
  • Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligining ko’rsatmasi va buyruqlari tashkil etadi.
  • Fikrimizning to’laligini quyida keltirilgan mavjud huquqiy va me'yoriy hujjatlarning umumiy turlaridan ko’rish mumkin.
  • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 11 sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.
  • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Respublika fuqarolari sog’lig’ini muhofaza qilish huquqiga ega. Konstitutsiya asosiy qonun bo’lib, 26 bob, 128 moddadan iborat. 26 chi bob bevosita «Mudofaa va xavfsizlik» deb ataladi. Insonning hayoti, yashashga bo’lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.
  • Har qanday mustaqil davlat singari, O’zbekiston o’z xavfsizligini ta'minlashi muhim masala ekanligini hech qachon unutmaydi. Davlat o’z xavfsizligini ta'minlash bilan xalq xavfsizligini o’ylaydi. 125 moddaga asosan O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari, O’zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. 126 moddada O’zbekiston Respublikasi o’z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada qurolli kuchlarga ega, deb ko’rsatilgan.
  • Asosiy qomusimiz bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy mazmuni ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligini saqlash, huquqiy jihatdan himoyalash, yurtimiz tinchligini ta'minlash masalalari tashkil etilgan.
  • Insonning hayoti, yashashga bo’lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.
  • Asosiy qomusimizda hayot faoliyati xavfsizligi, fuqarolar muhofazasi masalalariga ham alohida o’rin berilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasida shunday deyiladi: “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (Ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiya) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashni ko’zlab, O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida Oliy Majlisning tasdiqiga kiritadi. Oliy majlisning vakolatlariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e'lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to’xtatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi (78-modda).
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 Farmoniga asosan FVV (favqulodda vaziyatlar vazirligi) tashkil etildi. Ushbu farmonga muvofiq O’zbekiston Respublikasi FVV aholi va hududlarni turli tusdagi FVlardan muhofaza qilish, sodir bo’lgan taqdirda oqibatlarini bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma'naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda FVlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish vazirlikning asosiy vazifalari sifatida belgilanadi.

Download 16.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling