Mavzu: Hindistonda mustamlakachilik apparatining tuzilishi


Download 385.15 Kb.
bet3/3
Sana07.02.2023
Hajmi385.15 Kb.
#1172595
1   2   3
Bog'liq
Hindiston mustamlakasi

1818-1820 yillari inglizlar o’z hududlarini g’arb tomonga kengaytirib, Rajput rojalarining bir qator yerlarini egallab oldilar. 1826-yili inglizlar Birmaga ekspeditsiya uyushtirib, Assam, Manipur va mamlakatning shimolidagi boshqa hududlarni qo’shib oldi.

1800-1845 yillari Kompaniyaning tashqi siyosati. Ingliz-maratxlar urushi.

Uilyam Bentink general-gubernator bo’lgan yillari(1828-1835) inglizlar qurol ishlatmasdan 1831-yili Maysur davlatini anneksiya qildilar. 1835-yili Maysurga qo’shni hududda roja Kurga britaniyalik mustamlakachilarga qarshi qo’zg’olon ko’taradi. Qo’zg’olonni bostirgan inglizlar bu davlat yerlarini Kompaniya ixtiyoriga qo’shib oldilar.

Lord Oklend hukmronlik qilgan yillari(1836-1842) inglizlar qo’shini Afg’oniston va Eronning ichki ishlariga faol aralasha boshlaydilar va ularning manfaatlari Rossiyaning bu yerdagi geosiyosiy da’volari to’qnash keladi. Hindistondagi inglizlar hukumati Do’st Muhammad hokimiyatini ag’darish uchun Afg’onistonga yurish qiladilar. Ekspeditsiya muvaffaqiyatli yakunlandi va inglizlar afg’on taxtiga Shoh Shudjani o’tqazib, ikki yil mintaqada nazorat o’rnatishga erishdilar. General Kin Kobulda ingliz rezidentini qoldirib, o’zi Hindistonga qahytib keldi. Biroq 1841-yili qishda afg’onlar qo’zg’olon ko’tarib, ingliz garnizonini deyarli to’liq qirib tashladilar. Kobuldan qochishga faqat 95 kishi muvaffaq bo’ldi.

Ingliz-sikx urushlari

Sikxlar davlati Hindiston hududidagi oxirgimustaqil davlat bo’lib qolayotgan edi. Birinchi marta ingliz-sikx urushi(1845-1846) Satlej daryosi bo’yidagi chegara mojarosidan boshlandi. Urush davomida sikxlar armiyasi mardonavor kurashganiga qaramasdan 1846-yil 20-fevralda inglizlar sikxlar poytaxtiini egalladilar. Ammo urushni davom ettirishga tayyor turgan ko’p ming kishilik armiyani hisobga olib, ular Panjobni anneksiya qilishni keyinga qoldirdi. Sikxlar bir qator muhim viloyatlaridan ayrildi va ancha kuchsizlanib qoldi.

Ikkinchi ingliz-sikx urushi(1848-1849) inglizlar Panjobning Mo’lton provinsiyasi noibini ag’darishga va u yerga o’z qo’shinlarini kiritishga uringanidan keyin boshlandi. Sikxlar Afg’oniston hukmdori Do’st Muhammad bilan kelishib, unga Peshovarni qaytarish evaziga inglizlarga qarshi urushda uning yordamiga erishdilar. Natijada Chilianval jangida inglizlar yengildi va ikki yarim ming qo’shinidan ayrildi. Ammo Gujorat yonidagi keyingi jangda inglizlar sikxlar ustidan batamom g’alabaga erishdilar. Inglizlar keyin afg’onlardan Peshovarni tortib oldi. Panjob anneksiya qilindi. Bir necha qo’shni mayda feodal davlatlar, jumladan, Jamma va Kashmir Kompaniyaning vassallariga aylandilar.

Ingliz-sikx urushlari

XIX asrning o’rtalariga kelib, Britaniya Hindistoni hududida formal bitta mustaqil knyazlik – Aud qolgan edi. 1856-yili uning bo’ysundirilishi bilan inglizlarning Hindistonni zabt etish jarayoni yakunlandi. Hindiston Angliyaning Osiyodagi siyosiy tayanchiga aylandi.


Download 385.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling