Mavzu: Hindistonda mustamlakachilik apparatining tuzilishi


-1845 yillari Kompaniyaning tashqi siyosati. Ingliz-maratxlar urushi


Download 385.15 Kb.
bet2/3
Sana07.02.2023
Hajmi385.15 Kb.
#1172595
1   2   3
Bog'liq
Hindiston mustamlakasi

1800-1845 yillari Kompaniyaning tashqi siyosati. Ingliz-maratxlar urushi.

Ikkinchi ingliz-maratx urushiga(1803-1805) 1802-yili yettinchi peshvo Badji Rao II(1795-1817) bilan Ost-Indiya kompaniyasi o’rtasida tuzilgan Basseyn subsidiar sulhi muqaddima bo’ldi. Sulhni peshvo Maratxlar Konfederatsiyasining shimoliy qismidagi Indor rojaligi (Xolkarlar sulolasi) cheksiz kuchayib ketayotganligidan qo’rqib imzolagan edi. Shartnomaga binoan, maratxlar o’zlarining Surat shahriga bo’lgan da’volaridan voz kechdilar, peshvo ingliz qo’shinlarini o’z hududiga kiritdi va ularning ta’minoti uchun 2,6 mln rupiya pul ajratdi. Bu kelishuvdan norozi bo’lgan Gvalior, Nagpur va Indor hukmdorlari o’zaro kelishmovchiliklarni unutib zudlik bilan ushbu shartnomaga qarshi birlashdilar va navbatdagi ingliz-maratx urushi boshlandi.

Maratxlarga qarshi jangga inglizlar Artur Uellesli qo’mondonligidagi janubiy armiyani tashladilar. U Hindistondagi inliz yerlari general-gubernatori Richard Uelleslining ukasi bo’lib, keyinchalik gersog Vellington nomi bilan mashhur bo’lgan. Uellesli o’zining 24 ming kishilik qo’shini bilan Ahmadnagarni olishga, Asai yaqinida son jihatdan ko’p bo’lgan dushmanni yengishga erishdi. 1803-yili Argaon yonidagi jangda Nagpur armiyasi batamom tor-mor qilindi.

1800-1845 yillari Kompaniyaning tashqi siyosati. Ingliz-maratxlar urushi.

1814-1816-yillari olib borilgan ingliz-nepal urushi ham inglizlar g’alabasi bilan yakunlanadi. 1816-yilgi Segaul shartnomasiga binoan Nepal Ost-Indiya kompaniyasiga Sikkim, Kumaon, Garxval va boshqa bir qator hududlarni berishga majnbur bo’ladi. Shartnomaning muhim siyosiy bandi Katmanduga ingliz rezidentining joylashuvi va Nepal tashqi siyosatining inglizlar nazoratiga o’tishi bo’ldi.

1817-1818-yillardagi uchinchi ingliz-maratx urush maratx rojaliklarining to’liq tor-mor etilishi bilan yakunlandi. Urush natijasida Maratxlar Konfederatsiyasi amalda o’z faoliyatini tugatdi. G’arbiy Hindistonning katta qismi: Maxarashtra, Gujorat, qisman Rajaston va Hinduston viloyatlari Ost-Indiya kompaniyasi ixtiyoriga o’tdi.


Download 385.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling